Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari

Kafedra mudiri

Kafedra tarixi

Kafedra 1971 yilda Toshkent Davlat Universitetida “Amaliy matematika va mexanika” fakultetini tashkil topishi munosabati bilan, shu fakultet qoshida akademik N.Y.Satimov rahbarligida «EHMning matematik ta’minoti» (EHMMT) nomi bilan faoliyat boshlagan.
    Fakultet va shu jumladan, EHMMT kafedrasi, o‘sha davrda Respublikamiz xalq xo‘jaligining turli sohalarida uchraydigan amaliy masalalarini modellashtirish va boshqaruv masalalarini kompyuter vositasida avtomatlashtirishni amalga oshiruvchi yuqori saviyali mutaxassislarni tayyorlashni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘ygan.
    1992 yildan boshlab kafedra «Hisoblash va avtomatlashtirilgan sistemalarning matematik ta’minoti», 2002 yildan «Programmalash texnologiyalari», 2005 yildan boshlab «Programmalash va tarmoq texnologiyalari» nomi bilan faoliyat olib borgan, 2016 yildan boshlab «Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari» nomini olgan.
    O‘tgan yillar mobaynida kafedraga rahbarlik qildilar:

  • 1971-1972 yy. ,f.-m.f.d., prof. N.Y.Satimov,
  • 1972-1997 yy., f.-m.f.d., prof. B.Kurmanbaev,
  • 1998-2010 yy., f.-m.f.d., prof. A.A.Xaldjigitov,
  • 2010-2016 yy, f.-m.f.n., dots. Sh.F.Madraximov,
  • 2016-2017 yy, t.f.n., dotsent A.X.Ishmuxamedov,
  • 2017-2022 yy, t.f.d., dotsent Sh.F.Madraximov,
  • 2023 yildan ayni paytgacha f.-m.f.n. dots. U.E.Adambayev rahbarlik qilib kelmoqda.

    Shu davrgacha kafedrada yuqori ilmiy daraja va unvonga ega mutaxassislar tayyorlangan, xususan fan doktorlari B.Qurmanbaev, I.Mirzaev, U.Y.Yuldashev, A.A.Xaldjigitov, N.A.Ignatev, A.M.Polatov, Sh.F.Madraximovlar va fan nomzodlari  M.X.Xakimov, T.T.Imamov, S.M.Gaynazarov, A.M. Ikramov, U.E. Adambaevlar, PhD D.Y. Saidov, Q.Xudoyberganov, Y.S.Yusupov, B. Haytqulovlar yеtishib chiqqan.
    Shu kungacha kafedra tomonidan minglab dasturiy ta’minot yaratuvchi mutaxassislar tayyorlangan. Ular davlat tashkilotlarida, banklar va firmalarda IT mutaxassisi sifatida samarali faoliyat olib bormoqdalar. Kafedra bitiruvchilarining aksariyati pedagogik faoliyat va ilmiy tadqiqot ishlari bilan mashg‘ul va ular orasida ko‘plab fan nomzodli va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar bor. Ular qatorida f-m.f.d., professorlar Sh.U.Nazirov, K.S.Fayazov, M.Tuxtasinov, I.Mirzaevlarni sanab o‘tishimiz mumkin.
    Kafedra iqtidorli bitiruvchilarining aksariyati pedagogik faoliyat va ilmiy tadqiqot ishlari bilan mashg’ul va ular orasida ko‘plab fan nomzodlari va doktorlari etishib chiqqan. Ular qatorida quyidagilarni sanab o‘tishimiz mumkin: f-m.f.d K.S.Fayazov, f-m.f.d. M.Tuxtasinov, f-m.f.d. Sh.U.Nazirov va boshqalar. Mazkur kafedrada ilmiy-pedagogik faoliyat olib borgan professorlar: I.Mirzaev, U.Yuldashev, B.F.Abduraximov, N.A.Ignatev, Sh.F.Madraximov, dotsentlar: V.B.Buzrukxonov, M.Ikromov, A.Sattorov, T.Imomov, T.Azlarov, N.R.Kadirova, A.A.Abduqodirovlarni faxr bilan qayd etish mumkin.

Kafedra tarkibi

Ilmiy faoliyat

Professor A.M.Polatov rahbarligida 05.01.07- “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui” sohasida ilmiy faoliyat olib boradi. Kafedrada “Tadbiqiy masalalarni yechishning matematik va sonli usullari” mavzusidagi seminar muntazam amal qilmoqda. Unda kafedra doktorantlari o‘z ilmiy natijalarini bo‘yicha ma’ruzalar qilishadi, dissertatsiyalar muhokama qilinadi.

Doktorlik dissertasiyalari himoyalari: Kurmanbaev B. (1992 y.), Ignat’ev N.A. (2005 y.), Polatov A.M. (2016 y.), Madraximov Sh.F. (2020 y.),

Nomzodlik dissertasiyalari himoyalari: Gaynazarov S.M. (1994 y.), Abduqodirov A.A. (1994 y.) Madraximov Sh.F. (1994 y.), Rasulov S. (1994 y.), Matlatipov G‘. (2001 y.), Ikramov A.M. (2005 y.), Adambaev U.E. (2008 y.), Yuldashev R. (2009 y.), Eshmurodov Sh. (2010 y.) .

PhD dissertasiyalari himoyalari: Saidov D.Yu. (2018y.), Qalandarov A.A. (2018y.), Xudaybergenov Q.Q.  (2020 y.), Yusupov U.S.(2021y.), Hayitqulov B. (2021y.).

Kafedra a’zolari Respublika va xorijiy nufuzli ilmiy jurnallarda ilmiy ishlarini chop etishadi, ilmiy anjumanlarda qannashishadi. Oxirgi yillarda chop etilgan ilmiy maqolalrdan namunalar:

  • A.A.KhaldjigitovA.Kalandarov, M.Babajanov, U.E.Adambaev, D.A.Sagdullaeva. Three-Dimensional Coupled Dynamic Thermoplastic Boundary Value Issue for a Transversely Isotropic Parallelepiped Numerical Solution. AIP Conference Proceedings 2686, 020008 (2022); https://doi.org/10.1063/5.0114004
  • A.A.Khaldjigitov, Yu.S.Yusupov, U.E.Adambaev, D.A.Sagdullaeva. Numerical Solution of Two-Dimensional Coupled Thermoplastic Problems. AIP Conference Proceedings 2637, 040007 (2022); https://doi.org/10.1063/5.0118532  «Scopus»;
  • Хайиткулов Б.Х. Complete Solution of a Class of Differential Pursuit Games with Integral Constraint and Impulse Control// Russian Mathematics. Россия. 2022. 22-29. https://link.springer.com/article/10.3103/S1066369X22030069
  • Полатов А.М. Investigation of the Amplitude-Frequency Response of a Dam-Type Viscoelastic Body with Steady-State Forced Harmonic Vibrations// The Bulletin of Irkutsk State University. Series Mathematics. Россия. 2022, vol. 39, pp. 51–61. https://doi.org/10.26516/1997-7670.2022.39.517670.2022.39.51
  • Полатов А.М. Study of the dam-type body under seismic impact // AIP Conference Proceedings. США. 2022, 8 р. https://doi.org/10.1063/5.0118686
  • Пулатов С.И. Investigation of the Amplitude-Frequency Response of a Dam-Type Viscoelastic Body with Steady-State Forced Harmonic Vibrations // The Bulletin of Irkutsk State University. Series Mathematics. Россия. 2022, vol. 39, pp. 51–61. https://doi.org/10.26516/1997-7670.2022.39.51
  • Пулатов С.И. Computer simulation of two-dimensional nonstationary problems of heat conduction for composite materials using the FEM // AIP Conference Proceedings. США. 2022. 11 p. https://doi.org/10.1063/5.0118684
  • Латипов Н.К. Influence of kinematic flow parameters on vacuum in jetters // AIP Conference Proceedings. США. 2022, 68 стр. https://aip.scitation.org/doi/abs/10.1063/5.0089505
  • Юсупов Ю.С. Математическое и численное решение двумерной связанной задачи термоупругости на основе деформацион теории // PERIODICAL, Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities ISSN NO:2720-4030, SJIF Impact Factor 2022: 5.911 Польша. 2022год. 11 стр. https://www.periodica.org/index.php/journal/article/view/244
  • Юсупов Ю.С. Numerical Solution of a TwoDimensional Dynamic Related Problem of Thermal Support // Eurasian Journal of Engineering and Technology, ISSN (E): 2795-7640, Journal Impact Factor: 7.995. Бельгия. 2022г. 10 стр.  https://geniusjournals.org/index.php/ejet/article/view/1272

Kafedra xodimlarining ilmiy natijalari quyidagi monografiyalarda o‘z aksinini topgan:

  1. Ignatьev N.A. Obobщennыe otsenki i lokalnыe metriki ob’ektov v intellektualnom analize dannыx. Monografiya. – Tashkent: Izdatelьstvo «Universitet», 2014.
  2. Madraximov Sh.F., Xurramov A.X. Umumlashgan ko’rsatkichlar va ulardan bilimlarni shakllantirishda foydalanish. Monografiya, Qarshi: Qarshi davlat universiteti, 2014.
  3. Ignatev N. A. Intellektualnыy analiz dannыx i gipoteza o kompaktnosti klassov. Merы kompaktnosti, kriterii otsenok. Palmarium Academic Publishing, Saarbryukken, 2016.
  4. Ishmuxamedov A.X Modelirovanie otsenki nadejnosti upravleniya sistemoy svyazi. LAP LAMBERT Academic Publishing RU, 2019.
  5. Polatov A.M, Kompyuternoe modelirovanie voloknistыx materialov MKE. Monografiya. LAP LAMBERT Academic Publishing RU, 2018.
  6. Ikramov A.M. Konechnoelementnoe modelirovanie trexmernыx uprugoplasticheskix zadach. LAP LAMBERT Academic Publishing RU, 2018.
  7. Ishmuxamedov A.X Modelirovanie otsenki nadejnosti upravleniya sistemoy svyazi. LAP LAMBERT Akademik Peblishshing RU-2019.
  8. Xakimov M.X. Texnologiya mnogoyazы­ko­vogo modeliruemogo kompyu­­ternogo perevodchika. LAMBERT. Akademie Publishing, 2019.
  9. Xaldjigitov A.A., Qalandarov A.A., Yusupov Yu.S. «Svyazannыe zadachi termouprugosti i termoplastichnosti», “Fan va texnologiya”, 2020.
  10. Madraximov Sh.F. Sistemы obnarujeniya skrыtыx  zakonomernostey na baze metodov vыchisleniya obobщennыx otsenok. Monografiya // Tashkent, «MUMTOZ SO‘Z» 2021.
  11. Maraximov A.R., Xudaybergenov K.K. Strukturno-parametricheskiy sintez neyrosetevыx modeley dlya zadach intellektualnogo analiza dannыx i raspoznavaniya obrazov. // Monografiya. – Tashkent: «MUMTOZ SO‘Z» 2021.
  12. Hayitqulov B.X. Algoritmы i chislennoe modelirovanie protsessa upravleniya rasprostraneniya tepla i razresheniya konflikta. 22.04.2022  O‘zbekiston milliy universiteti qoshidagi  ilmiy – texnik kengashning №4-sonli bayonnomasi. FAN ZIYOSI

 

Xalqaro hamkorlik

Kafedra mamlakatimiz va xorijiy ilmiy va ta’lim tashkilotlari bilan o‘quv-metodik, ilmiy va kadrlar mobilligi bo‘yicha hamkorlikda faoliyat olib boradi.

Horijiy oliy ta’lim muassasalari:

Evropa ittifoqining «Informatika-qo‘shimcha mutaxasisslik» 544319-TEMPUS-1-2013-1-FRTEMPUS-JPCR PROMIS xalqaro granti. Nomutaxassisliklar uchun informatika bo‘yicha magistratura ochish bo‘yicha me’yoriy, o‘quv-metodik hujjatlar tayyorlash (2013-2015 yy.).
Evropa ittifoqining– «Erasmus+ Key Action 1 – Mobility fo learners and staff – Higher Education student and staff mobility» halqaro loyihasi. Xodimlar mobilligi bo‘yicha. Koordinator: N.A.Ignatьev.(2017-2019 yy.)
Polьshaning “KATAMARAN” dasturi asosida Lyublin Texnologiyalar universiteti (professor Marek Milosh) bilan O‘zbekiston Milliy universitetida “Mobile Application Development – Joint Master Studies in English” magistraturasini ochish uchun zarur bo‘lgan me’yoriy hujjatlar, fanlar bo‘yicha o‘quv materiallarni tayyorlash va “3D DIGITALSILK ROAD” loyihasi bo‘yicha tarixiy obidalar va atrefaktlarning 3D skaner qilishni o‘rgatish (2019-2021yy.);
Qozog‘istonning Nur-Sultan shahridagi L.N.Gumilov nomidagi Evroosiyo Milliy universiteti (professor, texnika fanlari doktori Sharipboy Altinbek Amirugli) bilan O‘zbekiston Milliy universitetida ma’ruzalar o‘tkazish bo‘yicha;
Birlashgan Arab Amirligi universiteti (dotsent, PhD Sherzod Turaev) bilan O‘zbekiston Milliy universitetida ma’ruzalar o‘tkazish bo‘yicha.

Mamlakimizdagi tashkilotlar:

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali bilan tibbiyot sohasida axborot texnologiyalari bo‘yicha malakaga ega mutaxassis tayyorlash bo‘yicha;
O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi Tibbiyot bosh boshqarmasi 1-sonli Markaziy klinika (tibbiyot fanlari doktori Rozixodjaeva G.A.) bilan intellektual usullarni tibbiyot masalalari qo‘llash bo‘yicha PhD tayyorlash bo‘yicha;
«Kibera Technology» MChJ bilan Jamoaviy dasturlash malakasiga ega mutaxassis tayyorlash bo‘yicha;
O‘zFA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti bilan Mexanik jarayonlar va inshootlarni sesmik mustahkamligini tekshirish bo‘yicha dasturchi mutaxassis tayyorlash;
Qarshi Davlat universiteti («Amaliy matematika» kafedrasi) bilan ilmiy darajaga ega xodimlarni tayyorlash masalasida;
Toshkent shahar Olmazor tumani 249-o‘rta ta’lim maktabi bilan Informatika va matematika fani bo‘yicha o‘qituvchilarni tayyorlash bo‘yicha.