Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Kafedra mudiri

ZOXITOVA NODIRA XUSAN QIZI
ZOXITOVA NODIRA XUSAN QIZI

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Fan nomzodi, PhD

Ilmiy unvoni:

Unvonsiz

Qabul kunlari:

Manzil:

Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

Kafedra tarixi

O‘zMU rektorining 2023 yil 3 fevraldagi 01-26-sonli buyrug‘iga asosan “Audiovizual va internet jurnalistika” kafedrasi tashkil topdi. Bir vaqtning o‘zida yangiliklar yoza oladigan, intervyu olish, rasm va videoga tushirish mahoratini egallay olgan, internet uchun materiallar tayyorlay oladigan universal jurnalistlarni yetishtirish hozirgi kunda muhim. Televideniye va radio esa OAVning asosiy o‘zagini tashkil etadi va O‘zbekiston sharoitida eng kata auditoriyaga ega OAV sanaladi. Demak, ushbu sohada faoliyat yurita oladigan kompentensiyalarga ega bo‘lgan kadrlarni yetkazib berish mazkur kafedra oldidagi muhim vazifalardan biridir Kafedra davlat va nodavlat televedeniye, radio hamda internet saytlarida ishlash uchun yetuk mutaxassislarni tayyorlaydi.
    Hozirga qadar ushbu masalada “Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorning 2-ilovasiga muvofiq O‘zMTRKda fakultet bilan hamkorlikda  “Televideniya va radio” bo‘limi tashkil qilindi. Kafedra professor-o‘iqtuvchilari tomonidan xalqaro tashkilotlar hamkorligida bir nechta o‘quv-qo‘llanmalar ham chop etildi. Jumladan, “Audiovizual jurnalistika”, “Iqtisodiy jurnalistika”, “Onlayn jurnalistikada ziddiyatli vaziyatlarni yoritish”.
    «Audiovizual va internet jurnalistika»  kafedrasi tashabbusi bilan Jurnalistika fakulteti talabalari hamda fakultet qoshida ochilgan havaskor jurnalistlar maktabi o‘quvchilari uchun 2023-yil mart oyidan «Media focus» loyihasiga start berildi. Loyihadan maqsad soha yetakchilarining tajriba va bilimlari bilan bo‘lishish orqali bo‘lajak jurnalistlarga  motivatsiya berish.

Kafedra tarkibi

Ilmiy faoliyat

Uzbek Content

Xalqaro hamkorlik

Uzbek Content