Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti kengashining 25 sentyabr 2014 yilda “Axborot xavfsizligi” kafedrasi tashkil etildi, 2016 yil 25 mayda “Hisoblash texnologiyalari va axborot tizimlari” va “Axborot xavfsizligi” kafedralari birlashib “Matematik modellashtirish va kriptoanaliz” nomi bilan faoliyat yuritdi.
2018 yil 26 sentyabrdagi O‘zMU Kengashining №2 sonli qarori bilan “Axborot xavfsizligi” kafedrasi qayta tashkil etildi.
“Axborot xavfsizligi” kafedrasiga 2014-2016 yillarda Dotsent G’.U.Jo’rayev, 2016-2018 yillarda Professor R.D.Aloyev, 2018-2020 yillarda Dotsent F.N.Ibragimov, 2020-2023 yillarda Professor G’.U.Jo’rayevlar mudirlik qildi.2023 yil 4 maydan PhD.,Dotsent Sh.T.Boltayev rahbarlik qilib kelmoqda.
Axborot xavfsizligi kafedrasi professor-o’qituvchilari axborot xavfsizligi sohasi bo’yicha zamonaviy bilim va ko’nikmalar hamda malakalarga ega kadrlar va amaliy mutaxassislarni tayyorlash, xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish va rivojlantirish, axborot xavfsizligi, kriptografiya, kiberxavfsizlik, axborot tizimlarni himoyalash, kompyuter kriminalistikasi kabi zamonaviy yo’nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari orqali universitetning respublikadagi va xalqaro miqyosida nufuzini oshirishga munosib hissasini qo’shib kelmoqda.
Mazkur ta’lim maskani nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan “Kiberxavfsizlik” va “Kompyuter tarmoqlari” o’quv-ilmiy labaratoriyalari, zamonaviy dasturiy vositalar va xalqaro hamkorlik loyihalari orqali mamlakatimizning axborot xavfsizligi ekotizimini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda
Axborot xavfsizligi kafedrasida oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va amaliyot sohalari o‘rtasida uzviy hamkorlik asosida
- 60610200–Axborot xavfsizligi;
- 60611200-Kiberxavfsizlik injiniringi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr,
- 70610301–Kriptografiya va kriptoanaliz;
- 70610302–Axborot xavfsizligi magistratura mutaxassisliklari hamda 05.01.05-Axborotlarni himoyalash usulla va vositalari. Axborot va kiberxavfsizlik (f-m.f.b);
05.01.02-Tizimli tahlil,boshqaruv va axborotni qayta ishlash (f-m.f.b) oliy o’quv yurtidan keying ta’lim (PhD, DSc) ixtisosliklari bo‘yicha fundamental va amaliy bilimga ega yuqori malakali kadrlar tayyorlab kelinmoqda.
Kafedrada malakali professor-o’qituvchilar tomonidan Kiberxavfsizlik asoslari, Kompyuter tarmoqlari, Kriptologiyaning matematik asoslari, Veb dasturlar xavfsizligi, Kriptografik usullar, Kiberxavfsizlik, Kriptotahlil elementlari, Blokcheyn texnologiyalari, Kriptografik protokollar, Diskret matematika va matematik mantiq, Kiberhuquq va kiberetika, Amaliy kriptohrafiya, Zamonafiy kriptografiya kabi mutaxassislik fanlari o’qitilmoqda.
Ushbu fanlar bo’yicha kafedra professor-o’qituvchilar tomonidan yaratilgan darslik, o’quv-qo’llanma, o’quv-uslubiy qo’llanmalar yaratilgan bo’lib ular bugungi kunda respublikaning qator oliy ta’lim muassasalarida foydalanilmoqda.


