Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Kafedra mudiri

RO‘ZIBOYEV XAYDARALI SOBIRJONOVICH
RO‘ZIBOYEV XAYDARALI SOBIRJONOVICH

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Fan nomzodi, PhD

Ilmiy unvoni:

Dotsent

Qabul kunlari:

Manzil:

Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

Kafedra tarixi

1962 yilda taniqli olim Yolqin Xolmatovich To‘raqulov tomonidan Biokimyo va biofizika kafedrasining tashkil qilinishi mamlakatimizda biofizika fani rivojlanishiga qo‘yilgan ilk qadam edi. 1962 yilda Bekjon Oybekovich Toshmuxamedov ToshDU biofizika kafedrasiga kichik ilmiy xodim, keyinchalik 1963 yilda shu kafedrada dotsent lavozimiga tayinlandi. O‘zbekistonda Biofizika maktabining yaratilishi bevosita uning nomi bilan bog‘liq. 1979 yilda Biokimyo va biofizika kafedrasi ikkita mustaqil: Biokimyo hamda Biofizika va atrof muhitni muhofaza qilish kafedralariga bo‘lindi. 1988 yilda biofizika kafedrasining biotexnologiya guruhi asosida alohida Biotexnologiya va hujayra biologiyasi kafedrasi tashkil etildi va unga professor M.M. Raximov rahbarlik qildi. Keyinchalik biofizika va atrof muhitni muhofaza qilish kafedrasi biofizika kafedrasi deb qayta nomlandi.
Kafedra tashkil etilgan vaqtdan 1986 yilgacha uni professor, keyinchalik esa O‘zR FAning akademigi B.O. Toshmuxamedov boshqardi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, B.O. Toshmuxamedov ensiklopedik bilimlarga ega, prinsipial va iqtidorli tadqiqotchi olimdir. Ular bilimdon tashkilotchi va ilmni ommalashtiruvchi serharakat fan arbobi bo‘lib, ulaning ilmiy faoliyatlarini yetishib chiqqan shogirdlari davom ettirdilar. 1985-2001 yillarda kafedrani B.O. Toshmuhamedovning shogirdi, bioenergetika va ion transporti sohasining taniqli mutaxassisi b.f.d., professor A.I. Gagelgans boshqardi. 2001-2005 yillarda biofizika kafedrasini b.f.d., professor M.V. Zamaraeva, 2005-2008 yillarda b.f.d. professor R.Z.Sabirov, 2008-2013 yillarda b.f.n., dotsent v.b. Yu.V. Leviskaya, 2013-2018 yillarda b.f.n., dotsent G.G‘. Radjabova, 2018-2019 yilda professor U.Z.Mirxodjaev boshqardilar. 2020 yil dekabrdan boshlab Biofizika kafedrasiga b.f.f.d. (PhD) X.S.Ro‘ziboev boshchilik qilmoqda.
Biofizika kafedrasida 20 dan ortiq fan doktorlari: Z.U. Bekmuxametova, A.K. Qosimov, A.I. Gagelgans, P.B. Usmonov, N.M. Mirsalixova, M.X. Gaynutdinov, M.U.To‘ychiboev, R.N.Axmerov, O.V.Krasilnikov, U.Z. Mirxodjaev, R.Z. Sabirov, D. Kalikulov, E.M. Maxmudova, I.G. Axmedjanov, B.U. Otaqo‘ziev, M.I. Asrorov, Z.Z. Gizzatulina va boshqalar, shuningdek, 50 ga yaqin fan nomzodlari yetishib chiqdi.




Oʻzbekiston Milliy universitetining Biofizika kafedrasiga shu kungacha quyidagi olimlar mudirlik qilgan


Biokimyo va biofizika kafedrasi:

1962-1979 – Y. X. To‘raqulov

Biofizika va atrof muhitni muhofaza qilish kafedrasi:

1979-1986 – M.M. Raximov

Biofizika kafedrasi:

1986-2001 – A.I. Gagelgans

2001-2005 – M.V. Zamaraeva

2005-2008 – R.Z.Sabirov

2008-2013 – Yu.V. Leviskaya

2013-2018 – G.G‘. Radjabova

2018-2019 – U.Z.Mirxodjayev

2019-2020 – G.G‘. Radjabova

2020- v.h. X.S.Ro‘ziboev

Kafedra tarkibi

Mirxodjayev Ulugbek Zakirovich

Professor

Batafsil

Pozilov Ma’murjon Komiljonovich

Professor

Batafsil

Kurbannazarova Ra’noxon Sharapovna

Professor

Batafsil

Sabirov Ravshan Zairovich

Professor

Batafsil

Komilova Nafisa Rajabovna

Dotsent

Batafsil

Gayibova Sabina Narimanovna

Dotsent

Batafsil

Bayev Artyom Yurevich

Dotsent

Batafsil

Xamidova Ozoda Joxongirovna

Dotsent

Batafsil

Fayziyev Diyor Davronovich

Dotsent

Batafsil

Gayibov Ulugbek Gapparjanovich

Dotsent

Batafsil

Muratova Dilnoza Xasanovna

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Berdiyeva Xabiba Yakubovna

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Malikova Durdona Zokirjon qizi

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil

Ilmiy faoliyat

Bir qator xorijiy davlatlarning ilmiy markazlarida faoliyat yuritayotgan kafedraning turli yillardagi bitiruvchilari bilan hamkorlik, o‘zaro ilmiy aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi “Membranafaol birikmalar ta’sirining ion mexanizmlarini o‘rganish” deb nomlangan bo‘lib,   shu mavzu asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

,,Turli xil biologik faol birikmalarning neyroprotektiv xususiyatlarini tadqiq qilish maqsadida birlamchi hujayralar kulturasini olish metodlarini ishlab chiqish va takomillashtirish” mavzusida amaliy tadqiqot loyihasi amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda biofizika kafedrasida quyidagi ilmiy seminarlar olib borilmoqda:

  • Hujayra hajmini boshqarish tizimining ion mexanizmlari

Seminar o‘tkazilish vaqti: har oyning so‘ngi juma kunida soat 14:00 da.

Lektor: b.f.d., akademik R.Z. Sabirov

  • Membranadagi ion o‘tkazuvchi strukturalar bo‘ylab ionlar transporti mexanizmlari

Seminar o‘tkazilish vaqti: har oyning birinchi payshanba kuni soat 14:00 da.

Lektor: b.f.d., professor U.Z. Mirxodjaev

Xalqaro hamkorlik

1. Kafedra O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Ilg‘or texnologiyalar markazi;
2. O‘zMU huzuridagi Biofizika va biokimyo institute
3. O‘zR FA O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti
4. Polshaning ,,Scientific Association of the European Institute of Postgraduate Education EIPOS-Kielce”;
5. Rossiyaning ФГБУ ,,НМИЦ онкологии им. Н.Н. Блохина” markazi bilan o‘zaro hamkorlik aloqalirini yo‘lga qo‘ygan.