1962 yil. Yo.X.To‘raqulov tashabbusi bilan O‘zbekistonda ilk bor ToshDUda Biokimyo va biofizika kafedrasi tashkil etildi. 1963 yil Biokimyo va biofizika kafedrasi o‘z ishini to‘liq boshladi va kafedrada Yo.X.To‘raqulov, D.N.Saxibov, B.O.Toshmuxamedov, N.K.Mirzaeva, L.I.Kurgulsevalar faoliyat ko‘rsatishgan. Shu yili B.O.Toshmuxamedov Biokimyo va biofizika kafedrasi dotsenti lavozimiga tayinlandi. 1964 yil MGUda taxsil olishni yakunlab, Biokimyo va biofizika kafedrasiga M.N.Valixanov katta o‘qituvchi bo‘lib qabul qilingan.
Sohada olingan ilmiy-nazariy qonuniyatlar O‘zbekiston va boshqa qo‘shni Respublikalardagi azaliy buqoq kasali paydo bo‘lishiga sezilarli darajada chek qo‘yish imkonini berdi. Ko‘rsatgan yuksak hizmatlari uchun Yo.X.To‘raqulov o‘z xamkori va maslakdoshi jarrox R.K.Islombekov bilan birgalikda o‘sha davrda ilm-fandagi kashfiyotlar uchun beriladigan yuksak davlat mukofoti – Lenin mukofotiga sazovor bo‘ldi. 1965 yil Biokimyo va biofizika kafedrasi katta o‘qituvchisi M.N.Valixanov “Фосфорный обмен при прорастании семян хлопчатника” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va kafedra dotsenti sifatida faoliyatini davom ettirdi. 1966 yil Yo.X.To‘raqulov O‘zRFA xaqiqiy a’zosi etib saylandi. 1974 yil T.S.Saatov tomonidan “Тиреоглобулин и другие йодированные белки щитовидной железы” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ilmiy maslaxatchi akademik Yo.X.Turaqulov. 1975 yil Yo.X.To‘raqulov tomonidan «Тиреоидные гормоны» («Tireoid garmonlar») deb nomlangan monografiya nashr qilindi. Bu monografiya nafaqat O‘zbekiston, balki SSSRning barcha respublikalaridagi endokrinologlar va biokimyogarlarning kundalik kerakli kitoblaridan biriga aylandi. 1975 yildabu mumtoz asar ingliz tiliga tarjima qilinib, AQShda chop etildi. 1977 yil M.N.Valixanov ToshDU Biologiya-tuproqshunoslik fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi. 1982 yil Sagdullaev I.N. «Изучение неорганических полифосфатов и некоторых других фосфорных соединений хлопчатника» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ilmiy rahbarlar akademik Yo.X.Turaqulov va prof. M.N.Valixanov.
S.N.Dalimova tomonidan “Действие тиреоидных гормонов на аденилатциклазную систему” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ilmiy rahbarlar akademik Yo.X.Turaqulov va b.f.d. S.K.Xalikov. 1989 yil Sadikova K.A. “Регуляция транспорта ионов в корневой системе хлпчатника” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ilmiy rahbar prof. M.N.Valixanov.
Umarova G.B. “Дефосфорилирование фитина почвенными микромицетами” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini O‘zR FA Bioximiya ilmiy-tekshirish instituti ixtisoslashgan kengashida muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ilmiy rahbar prof. M.N.Valixanov. 2001 yil Biokimyo kafedrasiga biologiya fanlari doktori, professor Surayyo Nugmanovna Dolimova rahbarlik qildi. 2002 yil Umarova M.M. “Изучение некоторых ферментов фосфорного обмена в созревающих семенах хлопчатника” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ilmiy rahbar dos.Abdullaeva M.M. 2006 yil Abdullaeva M.M. “Некоторые закономерности превращения фосфолипидов в семянах хлопчатника и других высших растений в процессах прорастания и созревания” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ilmiy konsultant prof. M.N.Valixanov. 2008 yil Muxammadjonova G.M. “Исследование различных полифенолов на пролиферативные процессы и функциональное состояние митохондрий печени при хроническом гепатите” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ilmiy rahbar prof. Dalimova S.N. 2009 yil Turaeva D.T. “Изучение фармакологических свойств и механизма действия гемостатика Лаговина” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ilmiy rahbar prof. Dalimova S.N. 2015 yil Shu yili 25-noyabrda kafedra professori Muxsin Nabixanovich Valixanovning 80-yillik tavvalludiga bag‘ishlangan “Biologiya, ekologiya va tuproqshunoslikning zamonaviy muammolari”mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi. 2016 yil 2016 yil 10-11-noyabrda O‘zR FA akademigi TO‘raqulov Yolqin Xolmatovichning 100-yillik tavalludiga bag‘ishlangan “Fizik-kimyoviy biologiya va endokrinologiyaning dolzarb muammolari” mavzusidagi ilmiy – amaliy anjumani o‘tkazildi. 2022 yilda kafedra izlanuvchisi Yunusova M.X. “Eksperimental miokarditli kalamushlar yurak-qon tomir tizimiga tabiiy birikmalar ta’sirini o‘rganish”» mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini 03.00.01 – Biokimyo (biologiya fanlari) ixtisosligi bo‘yicha himoya qilgan.
Yolqin Xolmatovich To‘raqulovni yaratgan ilmiy maktabi hozirgikunda iqtidorli tadqiqotchi olimlarni o‘z ichiga olgan. Bu olimlar O‘zbekiston biokimyogar olimlariga yetakchilik qilib kelayaptilar hamda o‘z bilim va tajribalarini shogirdlariga uzatib kelmoqdalar.
Kafedra mudiri

QO‘ZIYEV SHERALI NASRULLOYEVICH
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Fan nomzodi, PhD
Ilmiy unvoni:
Dotsent
Qabul kunlari:
Manzil:
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
Kafedra tarixi
Kafedra tarkibi
















Ilmiy faoliyat
Ilmiy tadqiqotlarni fan, texnika va texnologiyalar ustuvor yo‘nalishlari va zamonaviy yangi bilim sohalari bo‘yicha davlat grant loyihalari asosida qarish jarayonlarida mitoxondrial o‘zgarishlar hamda ularga tabiiy birikmalarning ta’sirini aniqlashga oid fundamental, amaliy, innovatsion tadqiqotlar olib bormoqda:
- №-13/01-raqamli “Роль сигнальных систем клеток в механизмах гормональной регуляции” fundamental tadqiqotlar dasturlari doyirasidagi loyiha rahbari (1998-2001 y);
- № F-4. 1.40 raqamli “Изучение механизмов ферментативных взаимоодействий инозита с фосфолипидами растений” nomli loyiha rahbari (2003-2007y.y)
- A-11-10 raqamli “Mitoxondrial kasalliklarga qarshi dori vositalarini yaratish va ishlab chiqish” amaliy loyiha ijrochisi (2015-2017y);
- OT-F-6-2 raqamli “Polifenollar asosida yaratilgan ayrim supramolekulyar komplekslarning kalamush bosh miyasi mitoxondriyasiga biokimyoviy ta’sir mexanizmlarini o‘rganish” fundamental loyiha ijrochisi (2017-2020y);
- A-FA-2019-35 raqamli “Mahalliy o‘simlik xomashyosi asosida immunotrop vositalar yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha ijrochisi (2019-2022y);
- F-5-05 raqamli “Влияние оксигумата на метаболизм фосфолипидов некоторых растений»nomli loyiha rahbari (2012-2016 y.y);
- №-OT-F3-146 raqamli “Изучение свойств фитазы и роли полифенолов на метаболизм клетки” amaliy tadqiqotlar loyihasi ijrochisi;
- F-OT-20-21-155 raqamli “Gʻoʻzaning Gossypium barbadense dan Gossypium hirsutumga xromosomasi almashinuvi asosida yangi qimmatli-xoʻjalik belgilariga ega liniyalar yaratish” loyiha a’zosi (2021-2026 y.y);
- AL-662205544 raqamli “Orol dengizi va uning qurigan tubidagi suv xavzalari gidrobiontlarining taksonomik taxlili va adaptasion imkoniyatlari asosida istiqbolli suv oʻtlarini tanlash va ulardan foydalanish”nomli loyiha a’zosi (2024-2025 y.y);
Xalqaro hamkorlik
Biokimyo kafedrasi dunyoning bir qator davlatlari, jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Rossiya, Belarussiya, Qozog‘iston kabi davlatlarining olimlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yilgan. Buyuk Britaniya kollejlar universiteti (UKPDC) qoshidagi Neyrologiya institutining bo‘lim boshlig‘i, professor Abramov Andrey Yurevich bilan 2019 yildan buyon hamkorlik ishlari olib boriladi. Ushbu vaqt mobaynida “Neyrokimyo asoslari” va “Lipidlar biokimyosi” fanlaridan mashg‘ulotlar olib bormoqda. AQSH davlatining Massachuses Texnologiya Instituti va Garvard Universitetining Broad Instituti (Broad Institute of MIT and Harvard) ilmiy xodimi PhD E.Sh. Kurganov har o‘quv yilida “Biokimyo va molekular biologiya” fani bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boradi.
Qozog‘iston davlatining M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti, Al Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti professor o‘qituvchilar kafedrada bakalavr ta’lim yo‘nalishlariga “Biokimyo va molekular biologiya” fani bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boradi.