“Differensial tenglamalar” kafedrasi 1980-yilda akademiklar M.Salohiddinov va A.Azamovlarning tashabbuslari asosida tashkil etilgan bo‘lib, 1980-1987 yillarda kafedraga akademik M.S.Salohiddinov rahbarlik qilgan. Turli davrlarda kafedraga akademik A.A.Azamov, professorlar S.Abdinazarov, O.S.Zikirovlar mudirlik qilgan.
“Matematik fizika” kafedrasi 2000 yilda tashkil qilingan bo‘lib, kafedraga turli davrlarda akademik Sh.A. Alimov, professorlar S.R. Umarov, A.R.Xalmuxamedov, Sh.G.Kasimovlar mudirlik qilgan.
2014-yilning noyabr oyida universitetning ikkita “Differensial tenglamalar” hamda “Matematik fizika” kafedralarining birlashtirilishidan “Differensial tenglamalar va matematik fizika” kafedrasi tashkil topgan. Unga 2014-2021-yillarda prof. O.S.Zikirov mudirlik qilgan. Ayni vaqtda kafedraga fizika matematika fanlari doktori A.R.Xalmuxamedov rahbarlik qilmoqda.
Hozirda “Differensial tenglamalar va matematik fizika” kafedrasida akademiklar Sh.A.Alimov, A.Azamov, professor va fan doktorlari O.S.Zikirov A.R.Xalmuxamedov, B.Islomov, N.Mamadaliev, Sh.G.Kasimov, Yu.E.Fayziev, dotsentlar Q.T. Buvaev, E.I.Qo‘chqorov, T.N.Aliqulov, Z.S. Madraximova, X.M. Mustapoqulov, o‘qituvchilar A.K.Qoraqulov, M.M.Sagdullaeva, A.P.Koshanov, A.E.Bekniyazov, I.Sulaymonov hamda 6 nafar tayanch doktorant va 2 nafar mustaqil izlanuvchilar faoliyat olib bormoqdalar.
Kafedra professor-o‘qituvchilari oddiy differensial tenglamalar, matematik fizika tenglamalari, variatsion hisob va optimallashtirish usullari, o‘yinlar nazariyasi, jarayonlar tadqiqoti va optimal boshqaruv, matematik fizikaning zamonaviy usullari, integral tenglamalar va psevdodifferensial operatorlar va oliy matematika fanlaridan ma’ruzalar o‘qiydi.
Kafedrada 70540101-Matematika mutaxassisligi bo‘yicha magistrant hamda 01.01.02 – “Differensial tenglamalar va matematik fizika” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantlar va doktorantlar tayyorlanadi.
Kafedrada O‘zR FA akademigi Sh.A.Alimov va A.R.Xalmu-xamedovlar rahbarligida “Differensial tenglamalar va matematik fizikaning dolzarb muammolari” nomli, O‘zR FA akademigi A.A. Azamov va prof. N.Mamadalievlar rahbarligida N.Yu.Satimov nomidagi “Optimal boshqaruv va differensial o‘yin” umumshahar ilmiy seminarlari faoliyat olib bormoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar va doktorantlar mazkur seminarlarda o‘zlarining ilmiy natijalari bilan faol ishtirok etib kelmoqdalar.
Differensial tenglamalar va matematik fizika
Kafedra mudiri
XALMUXAMEDOV ALIMDJAN RAXIMOVICH
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Fan doktori, DSc
Ilmiy unvoni:
Professor
Qabul kunlari:
Dushanba-Juma, 09:00 – 17:00
Manzil:
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
Kafedra tarixi
Kafedra tarkibi
Ilmiy faoliyat
Kafedraning professor-o‘qituvchilari matematik fizikaning noklassik tenglamalari, buziladigan va singulyar koeffitsientli differensial tenglamalar, aralash va aralash-qo‘shma tipdagi tenglamalar nazariyasi, differensial va psevdodifferensial operatorlarning spektral nazariyasi, garmonik analiz va veyvlet almashtirishlari, optimal boshqaruv va differensial o‘yinlar nazariyasi, taqsimlangan parametrli ziddiyatli holatlarda boshqaruv masalalari kabi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.
Xalqaro hamkorlik
Differensial tenglamalar va matematik fizika kafedrasi MDH hamda xorijiy davlatlarning ilmiy markazlari bilan ilmiy hamkorlik o‘rnatgan. Jumladan, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Novosibirsk davlat universiteti, Janubiy-Ural davlat universiteti, Samara davlat universiteti, Shimoliy-sharqiy Federal universitet, Vitius Bering nomidagi Kamchatka davlat universiteti, Chelyabins fedoral universiteti, RFA Sibir bo‘limi S.L.Sobolev nomidagi Matematika instituti, RFA Ural bo‘limi N.N.Krasovskiy nomidagi Matematika va mexanika instituti, Kabardin-Balkariya Ilmiy Markazi Amaliy matematika va avtomatlashtirish ilmiy tadqiqot instituti, Putra Malayziya universiteti, Berlin (Svobodniy) universiteti, Gyottingen universiteti (Germaniya) va boshqalar. Ilmiy hamkorlik natijasida Xalqaro konferensiya va simpoziumlar tashkil etilmoqda hamda olingan ilmiy maqolalar hamkorlikda nufuzli jurnallarda nashr etib kelinmoqda.