Falsafa kafedrasi 2024 yilda «Falsafa va mantiq», «Falsafa va ma’naviyat asoslari» hamda «Etika va estetika» kafedralari negizida tashkil etilgan.
Kafedrada 7 nafar fan doktori (DSc)-professor, 17 nafar fan nomzodi (PhD) – dotsent, katta o‘qituvchi hamda 6 nafar o‘qituvchi va stajyor o‘lar faoliyat olib boradilar.
Falsafa kafedrasi bilim va malakalarni chuqur egallagan, malakali bakalavr va magistrlar tayyorlaydigan tayanch kafedra hisoblanadi. Bakalavriat bosqichida 225 nafar talaba, magistratura bosqichida 30ga yaqin magistrant, doktorantura va tayanch doktoranturada esa 24 nafar ilmiy xodim tahsil olmoqda.
«Falsafa» kafedrasi professor-o‘qituvchilari universitetning barcha fakultetlari bakalavr bosqichi talabalariga «Falsafa» va «Dinshunoslik» fanlaridan bilim berib borishadi.
Kafedra mudiri

TULYAYEV AVAZBEK ILXOMOVICH
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Fan nomzodi, PhD
Ilmiy unvoni:
Dotsent
Qabul kunlari:
Manzil:
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
Kafedra tarixi
Kafedra tarkibi



















































Ilmiy faoliyat
O‘zbekiston Milliy universiteti ilmiy tadqiqot ishlari rejasining «Falsafiy innovatsiyalar va yondashuvlar», «Falsafa tarixining zamonaviy nazariy-metodologik muammolari», «Mantiq: tarix va zamonaviy muammolar», «Etika va estetikaning dolzarb masalalari», «Jamiyatni ma’naviy – axloqiy rivojlantirish tendensiyalari» mavzuidagi ilmiy tadqiqot dasturlari doirasida 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq, 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari, 09.00.03 – Falsafa tarixi hamda 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.
Xalqaro hamkorlik
Kafedra AQShning Hofstra universiteti, Indiana universiteti, Slovakiyaning Nitra shahridagi Faylasuf Konstantin universiteti, Muxtor Avezov Janubiy Qozog‘iston universiteti, Ispaniyaning San-Pablo universiteti, Belarussiya davlat universiteti, Belarus Milliy fanlar akademiyasi qoshidagi Belarus Falsafa instituti, L.N.Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti, Ozarbayjonning Baku davlat universiteti, Rossiya Federatsiyasining Dog‘iston davlat universiteti, Grozniy neft va gaz universiteti, Tojik Milliy universiteti, Osimiy nomidagi Tojikiston davlat politexnika universiteti, Manas nomidagi Qirg‘iz-turk universiteti, al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti hamda Fransiyaning milliy madaniy markazlari bilan ilmiy-amaliy hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.
Hamkorlikda akademik almashinuv dasturlari, ilmiy konferensiyalar, o’quv mashg’ulotlarini olib borish, stajirovka va boshqa o’quv-uslubiy hamda ilmiy faoliyatlar yo‘lga qo‘yilgan.