“Falsafa” kafedrasi universitet rektorining 2024-yil 3-oktyabrdagi “Universitet tarkibiy tuzilmalarini maqbullashtirish va ular faoliyatini yanada takomillashtirish xususida”gi 01-372-son buyrug‘iga asosan Ijtimoiy fanlar fakultetida faoliyat olib borayotgan 3 ta kafedra “Falsafa va ma’naviyat”, “Falsafa va mantiq” va “Etika va estetika” kafedrasi bitta kafedraga biriktirildi hamda “Falsafa” kafedrasi nomini oldi. Falsafa kafedrasi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda dahldorlik tuyg‘usini shakllantirishga yo‘naltirilgan bilim va malakalarni chuqur egallagan, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, ma’naviy, siyosiy islohotlarni aholining turli qatlamlari ongiga etkazish uchun xorij tillarini o‘zlashtirgan, o‘zining ma’naviy qiyofasi bilan yoshlarga ibrat bo‘la oladigan malakali bakalavr va magistrlar tayyorlaydigan tayanch kafedralardan biri hisoblanadi.
Joriy o‘quv yilida Falsafa kafedrasida Falsafa (yo‘nalishlar bo‘yicha), Falsafa (tizimli tahlil), Amaliy etika va Falsafa ta’lim yo’nalishi balaklavriat bosqichida jami 410 nafar (Kunduzgi shaklida 223 nafar, Sirtqi shaklida 120 nafar, masofaviy shaklda 60 nafar) talaba, magistratura bosqichida 21 nafar talaba tahsil olmoqda.
2025/2026 o‘quv yilida Huquqiy fanlar kafedrasi asosiy shtatda jami 34 nafar prof-o’qituvchilar, 17 nafar prof-o’qituvchilar o‘rindoshlik asosida, kafedrada 9 nafar fan doktori va 5 nafar yaqin fan nomzodi ilmiy darajasiga ega professor-o’qituvchilar hamda 10 nafar falsafa doktori faoliyat yuritmoqda. Shuningdek o‘tgan o‘quv yilida xorijdan 15 nafar prof-o‘qituvchilar dars jarayonlariga jalb qilindi. Bundan tashqari kafedrada 6 nafar tayanch doktorant, 1 nafar maqsadli doktorant, 18 nafar mustaqil izlanuvchi mavjud.
O‘tgan 4 yil davomida kafedra prof-o’qituvchilari va izlanuvchilari tomonidan 250 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 8 ta darslik, 15 ta o‘quv qo‘llanma, 10 ta monografiya, 200 dan ortiq mamlakatimiz va xorijiy yetakchi jurnallarda maqolalar chop etilgan.
Bugungi kunda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, Mudofaa vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlik memorandumlari imzolangan.
Falsafa kafedrasi qoshida “Munozara debat klubi”, “Yosh kitobxon”, “Ijodkor yoshlar klubi” kabi to‘garaklar faoliyat yuritib, talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlashda muhim o‘rin tutmoqda.
Kafedraga hozirgi kunda falsafa fanlar bo’yicha falsafa doktori(PhD) A.Tulyayev mudirlik qilib kelmoqda.