Fotonika kafedrasi Fizika fakulteti Kvant radiofizika va Optika kafedralari negizida shakllangan. Kafedra lazer fizikas, optika, optoelektronika sohalarida mutaxassislarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi uchun pedagog kadrlarni tayyorlaydi.
Radiofizika (kvant radiofizikasi) kafedrasiga 1964–1969 yillarda dots. I.I. Gofman, 1969–1980 yillarda dots. X.X. Xadjimuxamedov, 1980–2002 yillarda prof. A.T. Mirzaev, 2002–2005 yillarda prof. M.M. Mirinoyatov rahbarlik qilgan.
2005–2011 yillarda birlashgan “Optika va lazerli fizika” kafedrasiga prof. Sh. Otajonov, 2011–2016 yillarda dots. T. Ahmadjanov rahbarlik qilgan. Yangi “Fotonika” kafedrasiga 2016 yil iyun–oktabr oylarida prof. I.A. Raxmatullayev, 2016–2019 yillarda dots. A.X.Ramazonov rahbarlik qilgan, 2019 yildan boshlab kafedraga dots. T. Ahmadjanov rahbarlik qilmoqda.
Kafedraning rivojlanishiga o‘z vaqtida professorlar S.S. Abdullaev, B.Yu. Sokolov, A.N. Yakubov, I.A. Kulagin, M. Kosimjonov, D. Djuraev, dotsentlar R. Karimov, A.A. Ayvazova, Sh. Muxamedxanova, V.Ya. Yaskolko, A.N. Krasnaya, f.-m.f.n. A.A. Klachkov, A.T. Mirzaev, M. Mamatqulov, I.K. Rasulov, I.A. Solovyev, Z.I. Imonqulov, E. Sagatov, A. Uzakov, B.A. Niyazov, D. Talipov, katta ilmiy xodimlar M.Sh. Shoraximov, A.Sh. Gongadze, L. Rajapov, Sh. Zokirov, R.F. Shayaxov va ilmiy xodimlar R. Sabitova, A.X. Abdumalikov, S. Ablayev o‘z munosib hissasini qo‘shgan.

Kafedrada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha magistratura mavjud:
- Fizika
- Fotonika
Kafedrada ikki ilmiy maktab faoliyat yuritadi:
- Kvant radiofizikasi
- Optika va spektroskopiya
So‘nggi yillarda kafedrada bazaviy doktorantlar (PhD), doktorantlar (DSc) va mustaqil izlanuvchilar tayyorlash samarali yo‘lga qo‘yilgan. Prof. U.V. Valiyev rahbarligida 12 ta ilmiy nomzodlik va 2 ta doktorlik dissertatsiyasi, prof. Sh. Otajonov rahbarligida 8 ta ilmiy nomzodlik va 1 ta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilingan.
Kafedrada darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va o‘quv-uslubiy materiallar tayyorlashga katta e’tibor beriladi. So‘nggi yillarda taxminan 10 ta monografiya, 2 ta darslik, 20 dan ortiq o‘quv qo‘llanma va 50 ga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanma chop etilgan va o‘quv jarayoniga joriy etilgan.
Bugungi kunda kafedrada professorlar, dotsentlar, katta o‘qituvchilar va o‘qituvchilar, shuningdek, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti yetakchi olimlari bilan birga faoliyat yuritmoqda, bu esa ta’lim va ilmiy faoliyatning yuqori sifatini ta’minlaydi.