Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Kafedra mudiri

RAXMONOV DILSHOD NURBOBOYEVICH
RAXMONOV DILSHOD NURBOBOYEVICH

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Fan nomzodi, PhD

Ilmiy unvoni:

Unvonsiz

Qabul kunlari:

Manzil:

Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

Kafedra tarixi

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektorining 05.09.2018 yil 01-759 sonli buyrug‘i asosida “Geodeziya va kartografiya” kafedrasi negizida tashkil etildi. Kafedra mudiri sifatida t.f.n. dotsent X.Muborakov tayinlandi (2018-2021 yy.). 2021 yildan kafedra mudiri lavozimida g.f.f.d. PhD. D.N.Raxmonov faoliyat olib bormoqda.

Kafedra tarkibi

MAXAMADNABIYEVA DILNOVOZ OLIMJON QIZI

Maxamadnabiyeva Dilnovoz Olimjon qizi

Stajer-o‘qituvchi(0,50 stavka)

Batafsil

Ilmiy faoliyat

   Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.SH Ilmiy darajasi, unvoni   Dissertatsiya ishi mavzusi
1 Yakubov Gayrat Zaidovich Yo‘q Yerni masofadan zondlash materiallaridan foydalanib raqamli yirik masshtabli qishloq xo‘jaligi kartalarini tuzishning nazariy-texnologik masalalari
2 Nosirov Baxtier Ixtiyorovich Yo‘q Orolbo‘yi mintaqasi geoekologik kartasini tuzishda geografik axborot tizimi dasturlarini qo‘llash usulini takomillashtirish
3 Arabov Obid Zarip o‘g‘li Yo‘q “GNSS o‘lchovlari va geoaxborot tahlil asosida O‘zbekiston hududining balandlik tizimini takomillashtirish uslublarini ishlab chiqish»

Xalqaro hamkorlik

Kafedra bir nechta xorijiy OTM va tashkilotlari jumladan, 2019 yil Avstriyaning Zalsburg universiteti, 2020 yil mayda Vengriyaning Obuda universiteti va 2021 yil Portugaliyaning “Erni geodezik tahlil qilish va kosmik tadqiqotlar” laboratoriyasi bilan xamkorlik memorandumlari imzolagan va xamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Portugaliyaning “Erni geodezik tahlil qilish va kosmik tadqiqotlar” laboratoriyasi direktori professor Da Silva Fernandes Rui Manuel 5A311502-“Geodeziya va kartografiya” va 5A313401-“Geodeziya va geoinformatika” magistratura mutaxassisliklari uchun 2021.03.12. № 02-613 buyruq asosida darsga jalb qilingan.
Kafedra dotsenti E.R.Mirmaxmudov “EUPOS” European Position Determination System xalqaro tashkiloti va BMT ning Kosmik geodeziya bo‘yicha tashkilotga a’zo sifatida xalqaro konferensiyalarda ishtirok etib kelmoqda.