1966- yildagi Toshkent zilzilasidan so’ng Fanlar Akademiyasi taklifi bilan va O‘zbekiston Respublikasi rahbariyatining qaroriga ko‘ra 1968-yilda Geologiya fakultetida «Geofizikaviy tadqiqot usullari» kafedrasi qayta tashkil etildi. 1968-yildan 1993-yilga qadar kafedraga Davlat mukofoti laureati, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan geolog, g-m.f.d. professor B.B.Tal-Virskiy rahbarlik qilgan. 1993-1999 yilga qadar Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati g-m.f.n. dotsent X.O.Otaboyev rahbarlik qilgan. 1999-yildan 2010-yilgacha g-m.f.d. dotsent Sh.S.Radjabov rahbarlik qilgan. 2010-yildan 2023-yilgacha g-m.f.d. dotsent D.X.Atabayev rahbarlik qilgan 2023-yildan boshlab kafedraga g-m.f.f.d. (PhD) A.X.To‘xtasinov rahbarlik qilmoqda.
Kafedraning asosiy yo’nalishi bo’yicha ta’lim sohasidan tashqari, katta miqyosda ilmiy ishlar ham olib boriladi. Geofizika sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun “Xududiy va qidiruv geofizikasi” va “Tajribaviy va amaliy geofizika” laboratoriyalari tashkil etilgan. Xo’jalik shartnomalar asosida ushbu laboratoriyalarda olib borilgan ishlar hajmi bo’yicha Universitetda yetakchi o’rinlarni egallab kelgan. Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari asosan uchta yo’nalish bo’yicha olib boriladi. Birinchisi – geodinamika, seysmiklik va litosferaning chyuqurlikdagi tuzilishi. Ikkinchi – hozirgi kunda rivojlanayotgan yo‘nalish – bu strukturaviy geofizika va neftgazdor xududlarni geofizik usullar bilan o‘rganish. Uchinchi yo’nalish – muxandislik geofizikasi va seysmomikrorayonlashtirish (SMR). Kafedra a’zolari xalqaro Pomir-Himolay loyihasini bajarishda Rossiya, Hindiston, Pokiston va Italiya geofiziklari bilan xamkorlikda faol ishtirok etgan. Universitet tomonidan bu loyihani bajarishda ilmiy rahbarlikni professor B.B.Tal-Virskiy olib borgan. 1970 yildan bo’shlab kafedra a’zolari xalqaro ELAS (astenosferaning elektr o’tkazuvchanligi) loyihasini amalga oshirmoqda. 2001-2003 yy. dotsent X.O.Otaboyev rahbarligida “Paleorift” xalqaro loyihasi amalga ochirildi. Bunda Buxoro-Xiva neftgazdorlik viloyatining cho’kindi qoplamasi MOVZ usullari bilan o’rganildi. 2005-2014 yy. D.X.Atabaev rahbarligida “Oʻzbekgeofizika” AJ xoʻjalik shartnomalarti asosida Surxondaryo, Qashqadaryo va Zarafshon botiqliklarining chuqurlik tuzilishi bo’yicha ishlar bajarildi. Ishlar natijalariga bo’yicha neftgazdor strukturalarning regional prognozi amalga oshirildi. 2017-yilda NKMK bilan tuzilgan xo’jalik shartnomasi bo’yicha Muruntau karyeridan rudalarni chiqarish uchun quriladigan tunnelni xavfsizligini ta’minlash maqsadida, uning bo’rtlaridagi yer yoriqlari aniqlandi va o’rganib chiqildi.
Geofizikaviy va gidrogeologiya
Kafedra mudiri

TADJIBAYEVA NODIRA RUZIYEVNA>
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Fan nomzodi, PhD
Ilmiy unvoni:
Dotsent
Qabul kunlari:
Manzil:
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
Kafedra tarixi
Kafedra tarkibi


























Ilmiy faoliyat
N | F.I.SH. | Tayanch doktorant yoki mustaqil izlanuvchi | Dissertatsiya ishining mavzusi |
1 | Tukhtameshov Fayzullo Gulomjon og’li | Doktorant | O‘zbekistonning yirik shaharlarini mikroseysmik rayonlashtirish (Buxoro misolida) |
2 | Tukhtasinov Ahmadjon Hasanjon og’li | Doktorant | O‘zbekiston hududining yer qobig‘ini geologik-geofizik ma’lumotlar asosida tasniflash |
3 | Atabaev Behzod Dilshotovich | Doktorant | Zarafshon havzasi strukturasining geofizik ma’lumotlarga ko‘ra geologik xususiyatlari |
4 | Israilova Zulfiya Ulugbekovna | Doktorant | Buxoro-Xiva mintaqasidagi Hispano-Chandir chuqurligining yura terrigen yotqiziqlarining neft-fizik xususiyatlarining lateral o’zgarishlari. |
5 | Akbarov Umid Murodjonovich | Mustaqil tadqiqotchi | Ustyurt neft va gaz mintaqasi paleozoy cho’kindilarining 3D geologik-geofizik modeli |
6 | Kudratov Sobir Sultanovich | Mustaqil tadqiqotchi | Seysmik vibratorlar va portlovchi usullar bilan xizmat qilmaydigan hududlarda 3D seysmik qidiruv ishlarini o’tkazish (masalan, Krasnoye ko’li) |
7 | Azimov Farrukh Shukhratovich | Mustaqil tadqiqotchi | Yuragacha boʻlgan yotqiziqlar va oʻzlashtirilishini geofizik tadqiqotlari materiallarini umumlashtirish (Ustyurt platosi misolida). |
8 | Toshpulatov Farhod Norbaevich | Mustaqil tadqiqotchi | O`zbekiston janubidagi kuchli zilzilalar manbasining geofizik xususiyatlari |
Xalqaro hamkorlik
Mahalliy hamkorlar:
- О‘zbekiston Respublikasi Geologiya fanlari universiteti
- GIDROINGEO DK
- Geologiya va geofizika instituti
- IGIRNIGM DK
- О‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi «Ilg‘or texnologiyalar markazi”
- О‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi G’.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti
- Toshkent Geologiya ekspeditsiyasi
- O’zR FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi
- “O’zbekgeofizika” AJ