“Hisoblash matematikasi va axborot tizimlari” kafedrasi o‘z faoliyatini 1959 yilda «Hisoblash matematikasi» nomi bilan boshlab, unga 1967 yilgacha dotsent A.P.Domoryad, 1971-1979 yillarda dotsent G.S.Salixov, 1980-1993 yillarda dotsent Z.J.Jamolov va 1993-1995 yillarda akademik T.A.Azlarov, 1995-2011 yillarda professor X.A.Muzafarov, 2012-2018 yillarda professor R.D.Aloyev, 2018-2025 yillarda professor M.O‘.Xudoyberganov mudirlik qilgan. 2025 yil 3 fevraldan boshlab kafedraga f.-m.f.d., dotsent I.O.Xajiyev mudirlik qilib kelmoqda.
1998 yildan kafedra “Hisoblash matematikasi va matematik modellashtirish”, 2002 yil 2 sentyabrdan “Parallel texnologiyalarda hisoblash usullari”, 2008 yil 30 maydan “Hisoblash texnologiyalari va matematik modellashtirish”, 2015 yildan “Hisoblash texnologiyalari va axborot tizimlari”, 2016 yil 25 mayda “Hisoblash texnologiyalari va axborot tizimlari” va “Axborot xavfsizligi” kafedralari birlashib,“Matematik modellashtirish va kriptoanaliz” nomi bilan faoliyat yuritdi.
2018 yil 26 sentyabrdagi O‘zMU Kengashining №2 sonli qarori bilan «Hisoblash matematikasi va axborot tizimlari” kafedrasi tashkil etildi.
Kafedra universitetda bakalavriatning 60610200-Axborot tizimlari va texnologiyalari, 60540400-Matematik va kompyuterli modellashtirish, 60540200 – Amaliy matematika, 60540300-Matematik injiniring, 60540100-Matematika ta’lim yo‘nalishi talabalariga Hisoblash metodlari, Sonli usullar, Matematik va statistik modellashtirish, Matematik fizika masalalarini sonli yechish, Dasturiy injiniring, LMS tizimlari, Komp’yuterli matematik tizimlar, Big Data tahlili, Axborot tizimlarini loyihalashtirish, Matematik modellartirishda splaynlar nazariyasi, Giperbolik oqimlarda chegaraviy stabillash, Tasvirlarni qayta ishlashning amaliy dasturiy vositalari, Matematika va informatikani o‘qitish metodikasi, Integral tenglamalarni sonli yechish usullari fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarini olib boradi.
Kafedra universitetda magistraturaning 70610103-Axborot tizimlari, 70540201-Amaliy matematika mutaxassisliklari magistrlariga : Ayirmali sxemalar nazariyasi, Ilmiy dasturiy ta’minot, Nokorrekt va teskari masalalar uchun hisoblash usullari, Giperbolik tenglamalarni sonli yechish, Komp’yuter tomografiyasining matematik asoslari, Raqamli signallarni qayta ishlash, Zamonaviy dasturiy tizimlar, Ekologik jarayonlarni matematik modellashtirish fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarini olib boradi.
“Hisoblash matematikasi va axborot tizimlari” kafedrasi bitiruvchilaridan 20 dan ortig‘i doktorlik dissertatsiyalarini va 35 dan ortig‘i nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilganlar. Bugungi kunda ular Respublikamizda malakali kadrlar tayyorlashda va ilm-fan taraqqiyotini yuksalishida munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar.
Hozirgi kunda kafedrada f.-m.f.d., prof. R.D.Aloyev, f.-m.f.d., prof. L.P.Varlamova, f.-m.f.d., prof. M.O‘.Xudoyberganov, t.f.d., dots. S.A.Baxromov, f.-m.f.d., dots. I.O.Xajiyev katta o‘qituvchi O.N.Abduraxmonov, o‘qituvchilar D.Q.Karimov, V.B. Alimova, A.O‘. Qaxxorov stajer-o‘qituvchilar Sh.E.Ergasheva, N.N.Qurbonovlar faoliyat yuritmoqda..
Hisoblash matematikasi va axborot tizimlari
Kafedra mudiri
XAJIYEV IKROMBEK OZODOVICH
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Fan doktori, DSc
Ilmiy unvoni:
Dotsent
Qabul kunlari:
Dushanba-Juma, 09:00 – 17:00
Manzil:
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
Kafedra tarixi
Kafedra tarkibi
Ilmiy faoliyat
Kafedrada faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar giperbolik sistemalarga qo‘yilgan aralash masalalarning adekvat hisoblash modellarini qurish, matematik fizikaning nokorrekt va teskari masalalari, yaqinlashtirish nazariyasi yo‘nalishida splayn funksiyalarni qurish va ularni har xil sinflarda xatoligini baholash, splayn funksiyani qo‘llanilishi xususan har xil geofizik signallarni tiklash hamda qayta ishlash masalalari, regulyar va singulyar integrallarni taqribiy hisoblashlarda qo‘llaniladigan kvadratur va kubatur formulalar qurish masalalari, aniq yechimga yaqinlashish tezligini oshirish imkonini beradigan splayn funksiyalar qurish masalalari, murakkab jarayonlar va ob’yektlarni matematik modellashtirish vositasida tadqiq qilish, matematik modellashtirishda parallel texnologiyalarni qo‘llash, tasvirlarni qayta ishlash kabi hisoblash matematikasi va amaliy matematikaning dolzarb muammolari bilan shug‘ullanib kelmoqdalar.
Hisoblash matematikasa va axborot tizimlari kafedrasi jamoasi tomonidan har ikki yilda “HISOBLASH MODELLARI VA TEXNOLOGIYALARI” xalqaro yoki respublika miqyosida konferensiya o‘tkazilib kelinmoqda.
Markaziy Osiyo mintaqasida zamonaviy fan jabhasini rivojlantirish borasida hisoblash matematikasi, hisoblash texnologiyalari, axborot xavfsizligi va muhandislik texnologiyalari, hisoblash algebrasi va funksiyalar nazariyasi, matematik modellashtirish va statistika, sun’iy intellekt kabi sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan taniqli olimlar, tadqiqotchilarning ilmiy izlanish xulosalari bilan o‘rtoqlashish va ushbu konferensiyani har ikki yilda o‘tkazish maqsad qilib qo‘yilgan.
Kafedra tomonidan bajarilgan ilmiy loyihalar:
- 2009-2012 yy. «O‘quv jarayonini optimallashtirish va talaba o‘zlashtirishini prognozlash». Rahbar: R.D.Aloyev.
- 2017-2020 yy. «Giperbolik sistemalar uchun adekvat hisoblash modellarini qurish». Rahbar: R.D.Aloyev.
- 2021-2023 yy. «Li simmetriyasi tahlili, giperbolik sistemalarning Lyapunov bo‘yicha turg‘unligini tahlil qilish va modellashtirish», O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma loyihasi. Rahbar: R.D.Aloyev.
Xalqaro hamkorlik
Hozirgi kunda kafedrada jahonning nufuzli oliy oʼquv yurtlaridan hisoblangan Malayziyaning Putra universiteti, MАRА texnologiyalar universiteti, Terenganu universiteti, Malayziya Islom fan universiteti, Hindistonning Roorxke texnologiya instituti (Indian Institute of Technology Roorkee), Аbay nomidagi Qozogʼiston Milliy pedagogika universiteti, Qozogʼiston Respublikasi Xalqaro axborot texnologiyalar universitet, L.N. Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti, Аl-Farobiy nomidagi Qozogʼiston Milliy universitetlari, Rossiyaning M.V.Keldish nomidagi Amaliy matematika instituti, Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti, Novosibirsk Davlat universiteti, Tomsk Davlat universiteti bilan hamkorlik aloqalari oʼrnatilgan.
Ushbu oʼquv yurtlari professor-oʼqituvchilari taʼlim jarayoniga jalb etish bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Birgalikda monografiyalar va ilmiy maqolalar Scopus va Web of Science bazasidagi jurnallarda maqolalar chop etilmoqda.