O‘zbekistonda iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi O‘zbekiston Milliy universtiteti Geografiya va geoaxborot tizimlari fakultetining “Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” kafedrasi bilan bevosita bog‘liq bo‘ldi. Dastlab bu kafedra 1940-yilda O‘rta Osiyoda yakkayu-yagona bo‘lgan «Iqtisodiy geografiya» nomida tashkil topdi. Keyinchalik u «Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya» (1978 y.) deb yuritila boshladi. Mazkur kafedra 1998 yildan esa «Ijtimoiy geografiya va mintaqaviy iqtisodiyot» nomi bilan faoliyat ko‘rsatdi. Keyinchalik uning nomi bir necha marotaba o‘zgargan bo‘lsa-da bugungi kunda yana shu nom bilan ya’ni «Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya» nomi bilan yuritilmoqda.
Kafedraning dastlabki mudiri geografiya fanlari nomzodi, dotsent V.G.Kuznetsov bo‘lgan. So‘ngra kafedrani g.f.d., professor M.G. Kadek (1941-1945 yy.), g.f.d. professor V.M.Chetirkin (1944-1948 yy.), g.f.n., dotsent R.S.Lobach (1948-1954 yy.), g.f.n., dotsent Sapenko (1954-1959 yy.) boshqarib kelgan. Keyinchalik, 1960-1969 yillar mobaynida ushbu vazifani g.f.n., dotsent N.G.Smirnov bajarib kelgan. Mahalliy o‘zbek olimlaridan birinchi bo‘lib bu kafedraga g.f.d., professor Z.M.Akramov rahbarlik qildi. U 1969-1984 yillar davomida kafedra mudiri lavozimida ishlab keldi, 1984-yildan 2010-yilgacha kafedrani taniqli olim g.f.d., professor A.S.Soliyev boshqardi. Кafedrani 2019-yildan to hozirgi kunga qadar geografiya fanlari doktori, professor Z.N.Tojiyeva boshqarib kelmoqda.
Kafedraning ilmiy-pedagogik salohiyati yuksalishi va o‘quv-uslubiy ishlar rivojlanishida olimlar G.N.Cherdansev, A.N.Rakitnikov, O.B.Ota-Mirzayev, A.A.Qayumov, T.I.Raimov, R.A.Xodiyev, T.E.Egamberdiyev, T.T.Tojimov, S.S.Saidkarimov, S.B.Boqiyev, M.R.Bo‘riyeva, A.M.Sodiqovlarning xizmatlari salmoqli bo‘lgan.
Kafedra tarixiga e’tibor bersak, iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning eng muhim va dolzarb yo‘nalishlari: iqtisodiy rayonlashtirish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, aholi geografiyasi, shaharlar rivojlanishi va urbanizatsiya muammolari, umuman ijtimoiy (sotsial) geografiyaning turli sohalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilayotgani ko‘zga tashlanadi. Kafedrada 1998-1999 o‘quv yilidan MDH mamlakatlari o‘rtasida ilk bor professor A.S.Soliyev tomonidan olg‘a surilgan Mintaqaviy iqitisodiyot yo‘nalishiga bog‘liq nazariy va amaliy masalalar katta qiziqish bilan o‘rganilib kelindi.
So‘nggi yillarda, jahon taraqqiyotiga mos andozalardan kelib chiqqan holda, O‘zbekistonda ham an’anaviy ilmiy yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Masalan, aholiga tibbiy, ta’lim va boshqa sohalarda xizmat ko‘rsatish, siyosiy geografiya va geosiyosat, sotsial geografiya, turizm va rekreatsiya, tibbiy va kasalliklar geografiyasi (nozogeografiya), jinoyatchilik geografiyasi kabilar rivojlanib bormoqda. Ularning barchasida O‘zMU «Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya» kafedrasi asosida mustaqillik yillarida shakllangan milliy iqtisodiy geografiya ilmiy maktabi va unga uyushgan olimlarning hissasi bevosita katta bo‘ldi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, mazkur ilmiy maktabning shakllanishi va samarali rivojlanishida ikki katta-olim Ziyovutdin Muxitdinovich Akramov va Abdusami Solievich Soliyevlar yetakchi bo‘ldilar.
Respublikamizda iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ilmiy maktabi asosan ikkita yo‘nalishga ega. Bu yo‘nalishlarning biri agrogeografiya (qishloq xo‘jaligi geografiyasi) bo‘lsa, ikkinchisi aholi geografiyasidir. Xususan bu yo‘nalishda shaharlar rivojlanishi va urbanizatsiya jarayonining hududiy muammolari o‘rganilmoqda.
Yuqoridagi muhim ilmiy yo‘nalishlar hozirgi zamon Vatan geografiya fanining ustunlari bo‘lmish, ikki zabardast olim va buyuk inson prof. Akramov Ziyovutdin Muxitdinovich va prof. Soliyev Abdusami Solievichlarning o‘zaro uyg‘un va hamkorlikda samara topgan ilmiy-ijodiy va pedagogik-ustozlik faoliyatlari bilan bevosita bog‘liq bo‘ldi. Mana shuning uchun ham bu norasmiy ilmiy uyushmani to‘g‘ridan-to‘g‘ri «Akramov-Soliyevlarning ilmiy maktabi», deb atash mumkin.
O‘zbekiston iqtisodiy geografiya ilmiy maktabi tez orada nafaqat respublikada, balki qo‘shni respublikalar va boshqa xorij mamlakatlarida ham e’tibor topdi. Jumladan, bu borada, xususan mazkur ilmiy maktabda yetishtirilgan fan nomzodlari va doktorlari, uning xalqaro aloqalari to‘g‘risida Moskva Davlat universitetining professorlari Y.G.Saushkin, A.I.Kovalyov, Perm Davlat universiteti professori M.D.Sharigin, Sankt-Peterburg Davlat universiteti professori A.I.Chistobaev, Qozog‘iston Milliy universiteti professorlari S.R.Erdavletov va Sh.M.Nadirovlar yuqori baho berishgan.
Kafedra a’zolarining asosiy maqsadi – professorlar Z.M.Akramov va A.S.Soliyevlar tomonidan shakllantirilgan O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ilmiy maktabi an’analarini davom ettirish, jamoada sog‘lom o‘quv-ilmiy muhitni saqlab turish hamda Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev yo‘lboshchiligida mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan milliy istiqlol g‘oyasiga sodiq yuqori malakali raqobatbardotsh kadrlar tayyorlash yo‘li bilan o‘zining munosib hissasini qo‘shishdan iborat.
Ayni paytda kafedra O‘zbekistonda geografiya fanining tayanch dargohi sifatida barcha mintaqaviy oliy ta’lim muassasalari va shu bilan birga Moskva, Rostov-don (ARGO, Rossiya), Rossiya Xalqlar Do‘stligi universiteti (RUDN), Germaniyaning Duysburg Essen universiteti, Chexiya Davlati Karlova universiteti, Qozog‘iston (KazNU), Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti, kabi mamlakatlar geografiya ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlari bilan ilmiy aloqalar olib bormoqda.
Kadrlar tayyorlash bo‘yicha spetsifikasi – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi fakultet tarkibida bakalavrlar va magistrlar tayyorlash ishida ishtirok etadi. Kafedra geograf bakalavr va geograf magistrlar tayyorlashga ixtisoslashgan.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
Kafedra mudiri

TOJIYEVA ZULXUMOR NAZAROVNA>
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Fan doktori, DSc
Ilmiy unvoni:
Professor
Qabul kunlari:
Haftaning barcha ish kunlari 9:00 dan – 12:00 gacha
Manzil:
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
Kafedra tarixi
Kafedra tarkibi














Ilmiy faoliyat
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasida faoliyat ko‘rsatayotgan jami professor-o‘qituvchilardan 1 nafari fan doktori, professor, 5 tasi fan nomzodlari, 1 ta unvonsiz dotsent lavozimida va 4 ta o‘qituvchi va 2 ta stajyor-o‘qituvchilardan iborat. Kafedrada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va o‘quv-uslubiy adabiyotlar yaratish bo‘yicha bajarilayotgan ishlar doirasida bir qancha darslik, ilmiy va o‘quv adabiyotlari tayyorlanib, nashr etildi va ular o‘quv jarayonida foydalanilmoqda.
2023-2024 o‘quv yilida g.f.d., prof. Z.N.Tojiyeva ilmiy rahbarligida kafedra tayanch doktoranti M.Sabirova “Toshkent iqtisodiy rayoni aholisi oilaviy tarkibining geodemografik muammolari” mavzusida va 3-kurs (xorijlik) mustaqil izlanuvchilar Chjen Hui “Ichki Mongoliyada (Xitoy Xalq Respublikasi) aholi tarkibi va mintaqaviy iqtisodiyot o‘rtasidagi bog‘liqlikni tadqiq etish masalalari” mavzusida va Chjao Yonfeng “Ichki Mongoliya (Xitoy Xalq Respublikasi) Xuanxe daryosi havzasida yangi turdagi urbanizatsiya jarayoni va atrof-muhit oʻrtasidagi bogʻliqlikni tadqiq etish masalalari” mavzusida O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06 raqamli Ilmiy kengashda PhD dissertatsiyasini himoya qildi.
Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida
№ | Tadqiqotchi professor-o‘qituvchilarning F.I.SH | Ilmiy darajasi, unvoni | Dissertatsiya ishi mavzusi |
1 | Nazarov Mamatqodir Ismatillaevich | g.f.n.,
dotsent |
O‘zbekiston qishloq joylarida ijtimoiy infratuzilmani hududiy tashkil etilishi va rivojlanishi |
2 | Egamberdiyeva Matluba Mamanazarovna | g.f.n.,
dotsent |
O‘zbekistonda shahar manzilgohlarini ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish masalalari |
3 | Rayimjonov Rustam Zakirovich | g.f.n.,
k-o‘qit. |
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatidan oqilona foydalanish masalalari |
4 | Jaloliddinov Nizomiddin Xusniddinovich | Tayanch doktorant | Toshkent viloyati aholisining umr ko’rish davomiyligi |
5 | Omanova Kamola Botir qizi | o‘qituvchi | Jizzax viloyati tog‘ va tog‘oldi hududlari aholisi ko‘payishi va joylanishining iqtisodiy geografik muammolari |
6 | Ernazarov Shukrulla Eshboy o‘g‘li | o‘qituvchi | Surxondaryo viloyati ta’lim jarayonlarini tashkil etish masalalari |
7 | Pardayev Nodirbek Saidahmadovich | o‘qituvchi | Surxondaryo aholisi bandligining geografik asoslari |
Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘tkazilgan respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarida faol ishtirok etadilar. Bulardan, 2024 yilda g.f.d., professor Z.N.Tojiyeva tomonidan “Shofirkon tumani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining geografik muammolari” va Z.N.Tojiyeva, B.M.Musaev, O.I.Sherxolov xammuallifligida “Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni shaharlari rivojlanishi va joylanishining iqtisodiy geografik xususiyatlari” mavzusida monografiyalari nashr etildi.
Kafedrada 6 ta tayanch doktorant (N.Pardayev D.Ruzmonova va K.Xusanovalar, N.Jaloliddinov va E.Xamdamov)lar o‘z ilmiy ishlarini olib borishyapti.
Xalqaro hamkorlik
Xalqaro hamkorlik doirasida kafedra professor-o’qituvchilari jahonning Top-1000 talikka kiruvchi xorijiy OTMlarda xususan, Rossiya, Qozog‘iston va boshqa davlatlarning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilib, mazkur universitetlarda ma’ruza o‘qib, sertifikatlarni ham olib kelishmoqda. Shu bilan bir qatorda Germaniya, Rossiya, Kanada, Chexiya, Qozog‘iston va boshqa davlatlarning nufuzli universitetlaridan professor-o‘qituvchilar talabalarga dars berishlari uchun jalb qilinmoqda.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasida hamkorlik o‘rnatilgan xorijiy universitetlar to‘g‘risida ma’lumot
Hamkorlik o‘rnatilgan tarmoq
korxonalar nomi |
Hamkorlik shartnomasi raqami va sanasi | Hamkorlik shartnomasini amal qilish muddati | |
1 | M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi, Moskva) | № 02
11.04.2017 |
11.07.2014 |
2 | Qozog‘iston Milliy geografik jamiyati | № 04
17.08.2018 |
16.08.2025 |
3 | O‘sh Davlat universiteti | № 09
02.02.2021 |
02.02.2024 |
4 | Penza Davlat universiteti (Penza shahri, Rossiya Federatsiyasi) | № 07
17.09.2020 |
17.09.2025 |
5 | FGFOU VPO «Qozon Federal (Privoljskiy) unversiteti» | № 06
20.09.2019 |
20.09.2024 |
6 | Sankt-Peterburg Davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi, Sankt-Peterburg shahri) | № 08 20.09.2021 |
17.10.2025 |
7 | Rossiya Oliy iqtisodiyot maktabi (VShE) (Rossiya Federatsiyasi, Moskva) | № 10 20.09.2021 |
20.10.2025 |
8 | Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (Rossiya Federatsiyasi, Moskva) | № 07 20.09.2021 |
20.10.2025 |
9 | Geoinformatika kafedrasi-Z_GIS, Zalsburg universiteti, (Avstriya) | № 05
19.06.2019 |
18.06.2024 |
10 | Immanuel Kant nomidagi Boltiq federal universiteti (Rossiya Federatsiyasi, Kaliningrad) | № 03
15.03.2018 |
14.03.2025 |
Kafedra professor-o‘qituvchilari xalqaro hamkorliklar doirasida Rossiya, Chexiya, Qozog‘iston, Hindiston va boshqa davlatlarda malaka oshirish va stajirovkadan o‘tib kelishmoqda. Jumladan, so‘nggi yillarda kafedra mudiri g.f.d., prof. Z.N.Tojiyeva Rossiya Xalqlar Do‘stligi universiteti (RUDN), Rossiya “Oliy iqtisodiyot maktabi” milliy tadqiqot universiteti, Chexiya Davlati Karlova universitetlarida malaka oshirish dasturlari va stajirovkalarda muntazam qatnashib maxsus sertifikat bilan taqdirlanib kelmoqda.
Kafedra dotsenti g.f.n. M.Egamberdiyeva CSSTEAP dasturining “25 th PG course on Remote Sensing and GIS” kursida (Dexradun shahri, Hindiston Respublikasi) malaka oshirib keldi.
Dasturning asosiy maqsadi Hindiston va rivojlanayotgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari o‘rtasida ikki tomonlama texnik, iqtisodiy, fan va madaniyat sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni amalga oshirish hisoblanib, dastur davomida 10 ga yaqin hamkor davlatlarning vakillari va mutaxassislari bilan tajriba almashilgan. Shuningdek Hindiston oliy o‘quv yurtida GIS yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslarida qatnashib, zamon talabi darajasida malaka oshirib, tajriba orttirgan holatda, kurs yakunida maxsus sertifikat bilan taqdirlangan.
Kafedraning Xalqaro hamkorlik aloqalaridan foto lavhalar
Kafedra professor-o’qituvchilari TOP-1000 talik universitet (M.Auyezov nomida Janubiy Qozog’iston universiteti)da dars berish jarayonidan lavhalar
Kafedra dotsenti g.f.n. M.Nazarovning TOP-1000 talik universiteti (E.A.Buketov nomida Qarag’anda universiteti)da talabalariga dars berish jarayonidan lavhalar
Germaniyaning Dyusburg-Essen universiteti professori R.Yuchelkaning fakultet talabalariga dars berish jarayonidan lavhalar (2023 y.)”
Xorijlik professor-o’qituvchilarning fakultet talabalariga dars berish jarayonidan foto lavhalar
Kafedra mudiri g.f.d., prof. Z.N.Tojiyeva Rossiya Xalqlar Do‘stligi universiteti (RUDN), Rossiya “Oliy iqtisodiyot maktabi” milliy tadqiqot universitetlaridagi Malaka oshirish kurslaridan foto lavhalar
Kafedra mudiri g.f.d., prof. Z.N.Tojiyeva va kafedra tayanch doktoranti N.X.Jaloliddinovlarning Chexiya Karlova universitetidagi stajirovkasidan foto lavhalar (2024 yil)