Kafedra mudiri
XAYNAZAROV BAXROMJON BAXTIYOROVICH
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Fan doktori, DSc
Ilmiy unvoni:
Dotsent
Qabul kunlari:
Manzil:
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
Kafedra tarixi
1918 yilda tashkil etilgan Turkiston Xalq dorilfununi 1920 yildan Turkiston Xalq universitetiga, so‘ngra O‘rta Osiyo davlat universitetiga aylantirilgach, Jahon tarixi fanlari Tarix-filologiya fakultetida o‘qitib kelingan. 1920 yilda ushbu fakultetning A.V. Pankov rahbarligida “ Rossiya tarixi” kafedrasi faoliyat olib borgan. Shuningdek, akademiklar V. Bartold hamda S.A. Jebelevlar “Qadimgi Sharq tarixi va madaniyati” va “Sharq tarixining o‘rta asrlari tarixi” kafedralarini tashkil etish uchun taklif etilgan. Bu davrda Jahon tarixi muammolari bo‘yicha V.V. Bartold, A.E.Shmidt, V.V. Bush, S.S. Bezobrazov, L.V. Xolostova‑Buzobrazova, V.N. Kun, Gramenitskiy, R.F. Kulle, Kuznetsov, A.V. Popov, kabi tarixchi mutaxassislar ham mashg‘ulotlar olib borgan. XX asrning 30 yillarida Jahon tarixi masalalari “O‘rta Osiyo Davlat universitetining “Umumiy tarix” kafedrasi tarkibida o‘qitib kelingan.
1961 yildan kafedraga t.f.d.prof.G.A.Hidoyatovni rahbar etib tayinlashi bilan uning ilmiy hayotida ko‘plab o‘zgarishlar yuzberdi. 1995-1998 yillarda t.f.d., professor T.S.Sattarov – “Yangi va eng yangi tarix” kafedrasiga rahbarlik qilgan. 1998 yildan kafedra “Jahon tarixi” nomi bilan atala boshlandi.
“Jahon tarixi” kafedrasi 1935 yilda tarix fakulteti qayta tashkil etilgandan keyin “Yangi va eng yangi tarix” kafedrasi nomi bilan o‘z faoliyatini boshlagan.
Fakultetning ba’zi kafedralari ya’ni, “Qadimgi dunyo va o‘rta asrlar tarixi”, “Evroosiyo tarixi” “Osiyo va Afrika mamlakatlari tarixi” hamda “Yangi va eng yangi tarix” kafedralari birlashib, 1998 yildan “Jahon (Umumiy) tarix” nomi bilan atala boshlandi.
Kafedrada 3000 dan ortiq yuqori malakali mutaxassislar tayyorlangan, ulardan 20 dan ortiq fan doktori, 180 dan ortiq fan nomzodi ilmiy darajasiga erishdilar.
Hozirda “Jahon tarixi” kafedrasini B.B. Xaynazarov boshqarib kelmoqda.
Kafedra tarkibi
Urakov Dilshodbek Jamoliddinovich
Professor
Batafsil
Xolliyev Azizbek Go‘zalovich
Professor
Batafsil
Tursunov Ravshan Normuratovich
Professor
Batafsil
Djurayev Ravshan Xurramovich
Dotsent
Batafsil
Radjabov Ozodbek Aminboyevich
Dotsent
Batafsil
Vaisova Nodirabegim Avazovna
Dotsent
Batafsil
Madyarova Salimaxon Numandjanovna
Dotsent
Batafsil
Matxoliqov Qaxramonjon Abduqodirovich
Dotsent
Batafsil
Gabrielyan Sofya Ivanovna
Dotsent
Batafsil
Biykuziyev Asxat Abdunabiyevich
Dotsent
Batafsil
Shadmanov Turdibay Ruzibayevich
Katta o‘qituvchi
Batafsil
Sayfullayev Ximaydullo Turg‘unboy o‘g‘li
Assistent
Batafsil
Shamansurova Zilola Sabirjanovna
Assistent
Batafsil
Rezvonova Aziza Bahodirovna
Assistent
Batafsil
Luhmonov Shahzod Sayfiddin o‘g‘li
Assistent
Batafsil
Abdujabbarov Sherzod Abdusattor o‘g‘li
Assistent
Batafsil
Berdiyeva Muattar Ibadullayevna
Assistent
Batafsil
Ilmiy faoliyat
Kafedraning olib borayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari “Jahon tarixini o‘rganish va o‘qitishning dolzarb muammolari” mavzusi bilan bog‘liq bo‘lib, ushbu muammolar doirasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi.
1998 yilda “Markaziy Osiyo va Jahon tarixi” mavzusi bo‘yicha TASIS (TEMPUS) dasturi asosida 2000 yilga qada“Yevraziya” loyihasi doirasida qator professor-o‘qituvchilari Fransiyaning Renn universiteti, Buyuk Britaniyaning Ekseter Universiteti va Daniyaning Frederiksberg seminariyasiida o‘z malakalarini oshirib qaytdilar. Kafedra t.f.d. professor X.G‘.G‘ulomov hamda t.f.n. dots.yent A.Tatiboyevlar Markaziy Osiyoni tadqiq qilish Xalqaro institutining “Karl fon Shprunerning tarixiy atlasi” nomli YUNESKO xalqaro grantiga sazovor bo‘lgan.
2019 yilda Kafedra mudiri D.Urakov boshchiligida I-OT-2019-26 “Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga O‘zbekiston xalqining qo‘shgan xissasi to‘g‘risida multimedia kompleksini yaratish” mavzusidagi Innovatsion grant tanlovida g‘alaba qozonildi. 2019 yilda AO UZVTORSVETMET DUK bilan xo‘jalik shartnomasi imzolangan.
O‘tgan yillar davomida kafedrada 3000 dan ortiq yuqori malakali mutaxassislar tayyorlangan, ulardan 20 dan ortiq fan doktori, 180 dan ortiq fan nomzodi ilmiy darajasiga erishdilar. 2022 yilda D.J.Urakov, 2023 yilda A.G.Xolliyev, R.N.Tursunov, S.I.Gabrielyan, 2024 yilda B.B.Xaynazarov, 2025 yilda O.Rajabovlar doktolik dissertatsiyalari bilan kafedradagi fan doktorlari soni bugungi kunga kelib olti nafarga yetdi

Jahon tarixi kafedrasida Xitoy Xalq Respublikasidan Chang Aimei, Chu Beibei 07.00.03-Jahon tarixi mutaxassisligi bo‘yicha tarix fanlari bo`yicha falsafa doktori (PHd) ilmiy darajasini olish uchun muvoffaqiyatli ximoyasi.

Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahriga Xitoy shimoliy-g‘arbiy universiteti qoshidagi xalqaro yozgi maktabda stajirovkasidan lavhalar.

Talabalar akademik mobilligi yo‘nalishida xorijiy hamkor universitetlardan qabul qilgan talabalar.

O‘zbekiston Milliy universiteti va M. Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti o‘rtasida 7M02208-Jahon tarixi magistratura mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturning ilk bitiruvchilari
Xalqaro hamkorlik
O‘zMU Jahon tarixi kafedrasi bugungi kunda dunyoning eng rivojlangan universitetlari, xususan, Germaniyaning Bilifeld(QS Top 1000), Angliyaning Eksetr (QS World ranking – 153), Rossiyaning Moskva Davlat universiteti (QS World ranking – 94), M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti (QS World ranking – 681), Quyi Georg Avgust nomidagi Gyottingen universiteti (QS World ranking – 252), Barnaul shahridagi Altay davlat universiteti(QS World ranking – 741-750), Qozog‘istonning L.Gumilev nomidagi Yevroosiyo davlat universiteti(QS World ranking – 321) bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Kafedra tomonidan o‘quv jarayoniga 2024–2025 o‘quv yilida qator xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik asosida professor-o‘qituvchilar o‘quv jarayoniga jalb qilindi. Jumladan, L. N. Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti dotsentlari Azmuxhanova Ayman Maxsutkizina, Martynov Victoria va Sarsambekova Arna hamda M. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti professor-o‘qituvchilari Djanbolatov Sattar Zebergenila, Otarbayeva Guljan Kobeevna va Narimbet Gulnur Bekmuratqizi tomonidan ma’ruza mashg‘ulotlari olib borildi. Bundan tashqari, K. Zhubanov nomidagi Aqtobe mintaqaviy universiteti vakili Lisenko Yuliya Aleksandrovna, Turkiyaning Necmettin Erbakan universiteti professori Kemal Özcan Najmiddin, Aqtobe mintaqaviy universitetidan Bayshov Bakit Batirbekovich hamda xalqaro akademik hamkorlik platformasi APEMS doirasida Gulden Akhmetshine faol qatnashdi.
Xorijiy olimlarning o‘quv jarayonidagi ishtiroki yildan-yilga ortib borib, 2023–2024 o‘quv yilida 7 nafar, 2024–2025 o‘quv yilida 12 nafar va 2025–2026 o‘quv yilida 15 nafar xorijiy mutaxassis jalb etildi. Shuningdek, 2025-yilning 25-sentabr kuni kafedraga AQShning Garvard universiteti tadqiqotchisi Harry Shaheen ilmiy stajirovka doirasida kelib, talaba va professor-o‘qituvchilar uchun “Harvard olimlari tomonidan yaratilgan tarixiy tadqiqotlar uchun raqamli resurslar va manbalar kolleksiyalari” mavzusida seminar o‘tkazdi. Xalqaro aloqalar va hamkorlik borasida Xitoydan ham tadqiqotchilar tashrif buyurib, ularga kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan amaliy yordam berilib kelinmoqda.
2021-yil 10-iyunida O‘zbekiston Milliy universiteti va M. Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti o‘rtasida 7M02208-Jahon tarixi magistratura mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dastur ochilgan bo`lib, ilk bitiruvchilari muvoffaqiyatli yakunladi.
Jahon tarixi kafedrasida Xitoy Xalq Respublikasidan Chang Aimei, Chu Beibei 07.00.03-Jahon tarixi mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olib, 2026 yil yanvar oyida tarix fanlari bo`yicha falsafa doktori (PHd) ilmiy darajasini olish uchun muvoffaqiyatli ximoya qildi.
Kafedraning professor-o‘qituvchilari dunyoning top universitetlarida o‘quv mashg‘ulotlarida, ilmiy anjumanlarda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetida D.J.Urakov, A.G.Xolliyev, B.Xaynazarov, S.I.Gabrielyan, Q.Matxoliqov, S.N.Madyarova, N.A.Vaisova, Novosibirsk va Moskva Davlat universitetlarida N.A.Vaisova 14 soatlik ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘qidi.
Talabalar akademik mobilligi yo‘nalishida 2024–2025 o‘quv yilida xorijiy hamkor universitetlardan jami 43 nafar talaba qabul qilindi. Jumladan, M. Auezov nomidagi universitetdan 18 nafar, Al-Farobiy nomidagi universitetdan 14 nafar hamda Qirg‘iziston Milliy universitetidan 11 nafar talaba tahsil oldi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari orasidan 2 nafari Qirg‘izistonga, 2 nafari Qozog‘istonga yuborildi

Kafedrani ish beruvchilar yarmarkasida ishtirokidan lavhalar

Ommaviy axborot vositalarida chiqishlardan lavhalar

TTJlarda kafedra kunlarining o‘tkazilishi

Tashkilotlarda ma’ruzalar qilish, huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirish

AQShning Garvard universiteti tadqiqotchisi Harry Shaheen ilmiy stajirovka doirasida tashkil etilgan ma’ruza va seminarlar