Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik

Kafedra mudiri

ABDURAXMONOVA NILUFAR ZAYNOBIDDIN QIZI
ABDURAXMONOVA NILUFAR ZAYNOBIDDIN QIZI

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Fan doktori, DSc

Ilmiy unvoni:

Professor

Qabul kunlari:

Dushanba-Juma, 09:00 – 17:00

Manzil:

Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

Kafedra tarixi

Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi 2023-yilda tashkil etilgan O’zbek tili kafedrasi negizida yaratilgan. Kafedra faoliyati talabalarda tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), avtomatik tarjima, til korpuslarini yaratish boʻyicha amaliy masalalarni yechish, filologik axborot tizimlarini ishlab chiqish, qidiruv tizimlari, kompyuter grafikasi, ma’lumotlar bazasini yaratish va ulardan foydalanish boʻyicha bilim beradi, ko‘nikma hamda malakalarni shakllantiradi. Kafedra qoshida Kompyuter lingvistikasi laboratoriyasi tashkil etilgan. Ushbu markaz filologik masalalarni modellashtirish, ularning maʼlumot va bilimlar bazalarini yaratish, tadqiq etish; sunʼiy intellekt uchun tilni modellashtirish usullarini yaratish, shuningdek, leksik maʼlumotlar bazalari – lingvistik ontologiya, axborot qidiruv tizimlari, kompyuter leksikografiyasi, mashina tarjimasi, kompyuter lingvistikasi terminologiyasi, kompyuter lingvodidaktikasi muammolari tadqiqi bilan shug‘ullanadi va lisoniy raqamli texnologiyalar ishlanmalarini yaratish boʻyicha izlanishlar olib boradi.
Respublikamizda Kompyuter lingvistikasining zamonaviy texnologiyalariga oid tadqiqotlarni keng targ‘ib qilish, tajriba almashinish hamda eng so‘nggi ilmiy yutuqlardan xabardor bo‘lish maqsadida vazirlik miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik kafedrasi, Yaponiya raqamli universiteti (JDU), Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda “ASMIRUS” ilmiy anjumanlarni qo‘llab-quvvatlash markazi bilan hamkorligida «KOMPYUTER LINGVISTIKASINING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI – CTCL.2023» mavzusida vazirlik miqyosida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
Kafedrada 3 nafar ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar dars beradi. Shundan 1 nafar filologiya fanlari doktori (DSc), 2 nafari falsafa fanlari doktori (PhD). Kafedraning ilmiy salohiyati: 40%.

Kafedra tarkibi

TAXIROV ZAIR TAXIROVICH

Taxirov Zair Taxirovich

Professor

Batafsil
XUDAYBERGANOVA DILDORA KULMAMATOVNA

Xudayberganova Dildora Kulmamatovna

Dotsent

Batafsil
ISKANDAROVA AYBIBI RAXIMBAYEVNA

Iskandarova Aybibi Raximbayevna

Dotsent

Batafsil
XOLIYOROVA GULRUXSOR G‘AYRATOVNA

Xoliyorova Gulruxsor G‘ayratovna

Katta o‘qituvchi

Batafsil
KASIMOVA ZIYODA MOVLON QIZI

Kasimova Ziyoda Movlon qizi

Katta o‘qituvchi

Batafsil
KUVONDIKOVA GAVXAR ISOMIDDINOVNA

Kuvondikova Gavxar Isomiddinovna

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
TURSUNOVA NIGORA KOMIL QIZI

Tursunova Nigora Komil qizi

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
PO‘LATOVA SEVARA MAHMUD QIZI

Po‘latova Sevara Mahmud qizi

Assistent

Batafsil
ASKAROVA UMIDAXON MAXAMADJON QIZI

Askarova Umidaxon Maxamadjon qizi

Assistent

Batafsil
MIRVALIYEVA DILDORA ANVAROVNA

Mirvaliyeva Dildora Anvarovna

Assistent

Batafsil

Jo‘raqulova Madina Subhonovna

Assistent

Batafsil
IBODULLAYEVA KUNDUZ RUSTAM QIZI

Ibodullayeva Kunduz Rustam qizi

Assistent

Batafsil
QODIROVA ZEBO GULBOYEVNA

Qodirova Zebo Gulboyevna

Assistent

Batafsil
ALIYEV FARXODBEK MIRZOULUG‘BEK O‘G‘LI

Aliyev Farxodbek Mirzoulug‘bek o‘g‘li

Assistent

Batafsil

Ilmiy faoliyat

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari asosan quyidagi ilmiy yo‘nalishlarda tadqiqotlar olib bormoqda:

  1. tabiiy tilni qayta ishlash (NLP);
  2. avtomatik va mashina tarjimasi;
  3. korpus lingvistikasi va o‘zbek tili elektron korpuslarini yaratish;
  4. kompyuter leksikografiyasi;
  5. lingvistik ontologiyalar va semantik texnologiyalar;
  6. sun’iy intellekt uchun tilni modellashtirish;
  7. axborot-qidiruv tizimlari;
  8. lingvistik ekspertiza;
  9. kompyuter lingvodidaktikasi;
  10. parallel korpuslar va tarjima texnologiyalari;
  11. o‘zbek tilining raqamli va dasturiy ta’minotlarini yaratish;
  12. morfologik, sintaktik va semantik analizatorlar ishlab chiqish;
  13. nutq analizi va sintezi;
  14. korpusga asoslangan tarjimashunoslik va ta’lim metodlari.

Kafedraning ustuvor ilmiy yo‘nalishlari orasida ayniqsa:

  • o‘zbek tili elektron korpusini rivojlantirish;
  • NLP uchun lingvistik va dasturiy vositalar yaratish;
  • til va nutq hodisalarini tahlil qiluvchi sun’iy intellekt modellari;
  • kompyuter leksikografiyasini rivojlantirish;
  • tarjimon dasturlarni amaliyotga tatbiq etish muhim o‘rin egallaydi.

Kafedra qoshidagi Kompyuter lingvistikasi laboratoriyasida:

  • filologik masalalarni modellashtirish,
  • bilimlar bazalarini yaratish,
  • lingvistik ontologiyalar,
  • semantik texnologiyalar,
  • mashina tarjimasi,
  • raqamli til texnologiyalari ustida ilmiy izlanishlar olib boriladi.

Bundan tashqari, kafedra har yili “CTCL – Contemporary Technologies of Computational Linguistics” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarini tashkil etib, kompyuter lingvistikasi, AI va zamonaviy til texnologiyalariga oid tadqiqotlarni muhokama qiladi.

Kafedrada ikki nafar chet ellik tadqiqotchi You Xiaoqi (Xitoy), Safiye Kırlangıç (Turkiya) prof.Nilufar Abduraxmonova rahbarligida ilmiy tadqiqot olib bormoqda.

Kafedra tomonidan bajarilgan ilmiy loyihalar:

2023-24 yy. “Paratranslator – parallel korpusga asoslangan kontekstologik elektron tarjima lug‘atini yaratish” Rahbar: prof.Nilufar Abduraxmonova innovatsion loyiha amalga oshirildi.

Kafedrada quyidagi PhD dissertatsiyalar himoya qilindi:

  • Z.Qodirova “Tibbiyot terminlari ontologik modelini yaratish va ularning semantikasi” (2025) Ilmiy rahbar: prof.N.Abduraxmonova
  • G.Holiyorova “O‘zbek tili elektron tezaurus modellashtirishning leksikografik tadqiqotlar” (2025) Ilmiy rahbar: prof.N.Abduraxmonova
  • O.Yulbarsov “O‘zbek tili veb korpusi yordamida sohaviy neologizmlar bazasini yaratish” (2025) Ilmiy rahbar: prof.N.Abduraxmonova
  • Sajid Valiya Valapil “Bilingval jamiyatda o‘zbek diskursidagi kod almashinuvining lingvo-kognitiv aspekti” (2025) Ilmiy rahbar: prof.N.Abduraxmonova
  • M.Saparova “O‘zbеk tili tezaurusi uchun ot so‘z turkumining semantik-struktur tadqiqi” (2025) Ilmiy rahbar: prof.N.Abduraxmonova
  • M.O‘rozaliyeva “O‘zbek tili audiokorpusining lingvistik ta’minotini yaratish” (2026) Ilmiy rahbar: prof.N.Abduraxmonova

Kafedra professor-o‘qituvchilari muallifligida Skopus va Web of Science xalqaro bazalariga indekslanuvchi xorijiy jurnal va xalqaro konferensiya to‘plamlarida oxirgi 3 yillikda 50dan ortiq maqolalar nashr qilingan.

Kafedra hodimlarining ilmiy natijalari quyidagi monografiyalarda o‘z aksini topgan:

  1. Abduraxmonova N. Kompyuter lingvistikasi terminlarining izohli lug‘ati (elektron, 2019);
  2. Abduraxmonova N. O‘zbek tili elektron korpusining kompyuter modellari. Monografiya. – Toshkent: Globeedit, 2021.
  3. Abduraxmonova N. O‘zbek tili omonimlarining o‘quv lug‘ati. –Toshkent: Bookmany, 2022.
  4. Abduraxmonova N., Qodirova Z. Kompyuter leksikografiyasida ontologiya (monografiya), Globeedit, 2023, – 140 b.
  5. Abduraxmonova N., Shamsiyeva G. Parallel korpusga asoslangan mashina tarjimasi (monografiya). Globeedit, 2025, – 140 b.
  6. Abduraxmonova N., Xoliyorov G. O‘zbek tili elektron tezaurusini loyihalashtirishning lingvistik asoslari [Matn]: monografiya – Toshkent: Bookmany print, 2025. – 102 b.
  7. Abduraxmonova N., O‘rinboyeva R. Nutqiy sintezator uchun lingvistik ta’minot yaratish asoslari (monografiya). Globeedit, 2026. – 97
  8. Iskandarova A.R. Parallel korpusda tarjima birliklarining xoslanishi (monografiya).Toshkent, -142 b
  9. Kasimova Z. O’zbek tilidagi realiyalarning semantik tadqiqi. – T., 2024. -130
  10. Xudayberganova D.K. Badiiy asarda eskirgan so’zlarning tarixiy va stilistik xususiyatlari (Pirimqul Qodirovning «Avlodlar dovoni» romani misolida). Monografiya. – Toshkent: Bookmany print, 2025. – 148 b.

Kafedrada 10.00.11 – Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligiga doir 5 nafar tayanch doktorant hamda 15 nafar mustaqil tadqiqotchi ilmiy tadqiqot olib bormoqda.

Kafedrada 13 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi, shulardan  7 nafari ilmiy darajali: 2 nafar DSc, 5 nafar PhD.

Kafedraning Kompyuter lingvistikasi laboratoriyasida “Kompyuter lingvistikasi” ilmiy to‘garagi tashkil qilingan bo‘lib, unga iqtidorli bakalavr va magistrlar ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishadi.

“Yilning eng yaxshi nashri” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblik qo‘lga kiritildi (2025)

“Evrika” tanlovida prof.Nilufar Abduraxmonova g‘oliblini qo‘lga kiritgan.

 

 

Xalqaro hamkorlik

Hozirgi kunda kafedrada jahonning nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan hisoblangan Rossiyaning Novosibirsk davlat universiteti, Qozon Federal universiteti, Qozog‘istonning Al-Farobiy nomidagi qozoq Milliy universiteti, L.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti, Turon universiteti, Germaniyaning Kyoln universiteti, Ispaniyaning Granada uiniversiteti, Koruna universiteti, Fransiyaning Puatye universiteti, Vengriyaning Korvinus universiteti, Xitoyning Xianjeng universiteti,  Litvaning Vitautas Magnus universiteti, Warshava universiteti, Turkiyaning Ankara universiteti, Istanbul texnika universitetlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.
Ushbu o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari taʼlim jarayoniga jalb etish bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Xorijiy olimlar bilan birgalikda monografiyalar va ilmiy maqolalar Scopus va Web of Science bazasidagi jurnallarda maqolalar chop etilmoqda.


Germaniyaning Kyoln universitetida prof/Nilufar Abduraxmonova stajirovka o‘tadi.