Kafedra tarixi

      Matematik analiz kafedrasi 1938 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bu kafedraga prof. N.N.Nazarov asos solgan. Keyingi turli davrlarda kafedraga dotsent R.A.Shelkunov, prof. A.S.Arjanix, dotsent F.S.Xodjimullaev mudirlik qilganlar. 1966-1982 yillarda kafedraga professor L.I.Volkoviskiy mudir bo‘lgan. Bu davrda kafedrada professor L.I.Volkoviskiy boshchiligida Kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasining geometrik masalalari bo‘yicha ilmiy ishlar olib borildi. 1992-2001 yillarda kafedraga professor G.Xudoyberganov rahbarlik qildi. Bu davrda ham yuqoridagi ananalar davom ettirildi. 2001-2007 yillar oraligida fizika-matematika fanlari doktori B.A.Shoimqulov kafedraga rahbarlik qildi. 2012-2017 yillarda Matematik analiz kafedrasiga dotsent N.M. Jabborov mudirlik qildi. 1983-1992, 2007-2012 va 2017-2023 yillarda  kafedraga akademik A.S.Sadullayev rahbarlik qilgan. A.S.Sadullayev rahbarligida Ko‘p kompleks o‘zgaruvchili funktsiyalar nazariyasi bo‘yicha ilmiy maktab yaratildi. O‘nga yaqin iqtidorli yosh mutaxasislar shu sohada ilmiy izlanishlar olib borib, xalqaro miqyosida tan olingan yutuqlarga erishdilar. 2023-yildan kafedrani professor B.A.Shoimqulov boshqarib kelmoqda.

Kafedra tarkibi

TISHABAYEV DJURABAY KARIMOVICH

Tishabayev Djurabay Karimovich

Professor

Batafsil
IMOMKULOV SEVDIYOR AKRAMOVICH

Imomkulov Sevdiyor Akramovich

Dotsent

Batafsil
SOBIROV ZARIFBOY AXMEDOVICH

Sobirov Zarifboy Axmedovich

Dotsent

Batafsil

Rustamova Mastura Samadovna

Dotsent

Batafsil
XURSANOV SHOHRUH YASHINOVICH

Xursanov Shohruh Yashinovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Ne’matillayeva Muxayyo Davlatali qizi

Katta o‘qituvchi

Batafsil
QURBONBOYEV SUQROTBEK IXTIYOR O‘G‘LI

Qurbonboyev Suqrotbek Ixtiyor o‘g‘li

Katta o‘qituvchi

Batafsil
MANSUROVA GO‘ZAL AZAT QIZI

Mansurova Go‘zal Azat qizi

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
ERGASHOV RO‘ZIMUROD ERKIN O‘G‘LI

Ergashov Ro‘zimurod Erkin o‘g‘li

Assistent

Batafsil

Ilmiy faoliyat

     Kafedra azolari quyidagi bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
Ulardan biri Ko‘p o‘zgaruvchili kompleks analiz va potentsiallar nazariyasi deb nomlanib, bu sohada professor G.Xudoyberganov, professor B.A.Shoimqulov, professor J.K.Tishabayev, professor S.A.Imomqulov, professor K.X.Raximov, dotsentlar T.T.Toychiev, E.M.Maxkamov, katta oqituvchilar N.X.Narzillaev, Sh.Y.Xursanov, S.I.Qurbonboyev faol ish olib bormoqdalar.
Keyingi yo‘nalish Kompleks analizning geometrik masalalari va dinamik sistemalar deb nomlanib, bu yo‘nalishda professor K.X.Raximov, dotsent N.H.Narzullayev, katta o‘qituvchilar Sh.Y.Xursanov, S.I.Qurbonboyev, Q.Q.Qo‘ldoshevlar  samarali ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Matematik analiz kafedrasida hozirgi kunga qadar 10 dan ortiq fan doktorlari, 50 ga yaqin fan nomzodlari tayyorlandi.

Hozirgi kunda Matematik analiz kafedrasida 3 ta ilmiy seminar faoliyat korsatmoqda:

  1. Kompleks analizning zamonaviy muammolari (Akademik A.Sadullayev seminari)”.

Seminar otkazilish vaqti: har payshanba soat 12:00 da.

  1. Klassik sohalarda kompleks analiz

Seminar otkazilish vaqti: har seshanba soat 12:00 da.

Seminar rahbari: prof. B.A.Shoimqulov.

  1. Kompleks geomtriya va kompleks dinamik sistemalar

Seminar otkazilish vaqti: har juma soat 16:30 da.

Seminar rahbari: prof. K.X.Raximov.

Xalqaro hamkorlik

Bugungi kunda Matematik analiz kafedrasi xalqaro hamkorlik doirasida quyidagi nufuzli universitetlar va ilmiy markazlar bilan ilmiy aloqalar olib bormoqda:

  • Rossiya Fanlar akademiyasining V.A.Steklov nomidagi matematika instituti,
  • M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti,
  • Amerika Qoshma Shtatlaridagi Indiana,
  • Vashington (Sietll) universitetlari,
  • Fransiyadagi P.Sabate (Tuluza),
  • Provans (Marsel) universitetlari,
  • Shvetsiyadagi Umeo universiteti,
  • Mittag-Lefler, I
  • taliyaning  Piza universiteti,
  • Singapur Milliy universiteti,
  • Fransiayning Lill universiteti,
  • Xitoyning SUSTech universiteti,
  • Krasnoyarsk davlat universiteti,
  • Fransiyaning CNRS ilmiy markazi.