Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Kafedra mudiri

KADIROVA ZUXRA ABRAROVNA
KADIROVA ZUXRA ABRAROVNA

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Fan nomzodi, PhD

Ilmiy unvoni:

Unvonsiz

Qabul kunlari:

Manzil:

Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

Kafedra tarixi

Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi 1938 yilda Toshkent Davlat universitetida “Tuban o’simliklar” kafedrasi sifatida akademik I.A.Raykova tomonidan tashkil qilingan. 1940 yildan boshlab kafedraga prof. P.Golovin pahbarlik qilgan va Mikologiya yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlangan.
1956 yilda dotsent O.G.Yolkina kafedrada Mikrobiologiya yo’nalishini ochdi va shu yo’nalish bo’yicha kadrlar tayyorlangan: K.Yu.Musayev, F.G.Axmedova, Ya.F.Nizametdinova, M.L.Mansurova, A.M.Muzafarov, E.V.Kondratyeva, Sh.Tojiboyev, K.I.Ibodov.
1990 yildan boshlab Mikrobiologiya kafedrasini prof. A.X.Vaxabov boshgargan. 1989 yilda prof. M.M.Raximov Biotexnologiya kafedrasini tashkil qildi va shu yo’nalish bo’yicha kadrlar tayyorlab kelinmoqda. 2005 yilda Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedralari birlashtirildi va kafedra mudiri prof. M.M.Raximov tayinlandi.
Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi 70 yil ichida birgina O’zbekiston uchun emas, balki Tojikiston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Qozog’iston, qolaversa Rossiya federatsiyasi, uzoq xorij mamlakatlaridan Xitoy, Norvegiya, Koreya, Misr, Iroq, Kuba, Germaniya, AQSh mamlakatlari uchun ham Mikrobiologiya va biotexnologiya mutaxassisligi bo’yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlab kelgan. Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi professor-o’qituvchilari malaka oshirish maqsadida bir qancha xorij mamlakatlarning nufuzli universitetlariga yuborilmoqda.
O’zbekiston va xorijda Mikrobiologiya va biotexnologiya sohasini rivojlantiradigan yirik olimlar, fan doktorlari, professor, akademiklar Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasining sobiq talabalari hisoblanadi. “Mikrobiologiya va biotexnologiya” kafedrasi bitiruvchilari orasida davlat va jamoat arboblari, Oliy Majlis deputati, mamlakatimiz ilmiy muassasalar rahbarlari, etuk olimlar bor. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vaziri I.Yu. Abdurahmonov va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vise prezidenti Sh.U. Turdiqulova, Toshkent shahridagi Ajou universiteti rektori G.A. Muratovlar ham kafedra bitiruvchilari hisoblanadi. Bundan tashqari, kafedra bitiruvchilari hozirgi kunda AQShning Kaliforniya va Nyu-York universitetlarida, Rossiya agrar universitetida va Qozog‘iston Respublikasining Pedagogika institutlarida faoliyat olib bormoqda.
Kafedrada Tuban o’simliklar, Mikrobiologiya va virusologiya, Biotexnologiya va Tibbiyot mikrobiologiyasi kabi umumiy fanlar bakalavr talabalariga o’qitiladi.
Kafedrada Mikrobiologiya va virusologiya hamda Biotexnologiya mutaxassisliklari bo’yicha magistratura mavjud.
Mikrobiologiya va virusologiya mutaxassisligi bo’yicha magistrantlarga Molekulyar mikrobiologiya, Sanoat mikrobiologiyasi, Viruslar molekulyar biologiyasi, Zamburug’lar biologiyasi, Mikroorganizmlar sistematikasi va sitologiyasi, Tuproq mikrobiologiyasi, Amaliy miklogiya va O’simliklar virusli kasalliklari fanlari o’qitiladi.
Biotexnologiya mutaxassisligi bo’yicha magistrantlarga Molekulyar biotexnologiya, Amaliy enzimologiyai, Biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi, Biologik spesifik asoslari, Biotexnologiya va ekologiya muammolari, Immunobiotexnologiya, Nanobiotexnologiya, Affin xromatografiyasi fanlari o’qitiladi.
Bugingi kunda Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga qarashli Mikrobiologiya instituti, Biokimyo va biofizika instituti, O’simlik moddalar kimyosi instituti, Genetika va o’simliklar eksperimental biologiyasi instituti, Genomika va bioinformatika markazi va Ilgor texnologiyalar markazlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Hozirgi kunda, Vaxabov Abdurasul Xakimovich, Mirzaatxam Mirzaxakimovich Raximov, Tashmuxamedova Shoxista Sabirovna,  Musaev Karimjon Yusufjonovichlarni yaratgan ilmiy maktablarining iqtidorli tadqiqotchi olimlari O‘zbekiston mikrobiologiya, virusologiya, algologiya va biotexnologiya olimlariga yetakchilik qilib kelayaptilar hamda o‘z bilim va tajribalarini shogirdlariga uzatib kelmoqdalar.
2023 yildan Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasiga Biologiya fanlari falsafa doktori, dots. Kadirova Zuxra Abrarovna rahbarlik qilmoqda.



Kafedra tarkibi

Tashmuxamedova Shoxista Sabirovna

Professor

Batafsil
DAVRANOV KAXRAMON XXX

Davranov Kaxramon Xxx

Professor

Batafsil
VAXABOV ABDURASUL XAKIMOVICH

Vaxabov Abdurasul Xakimovich

Professor

Batafsil

Xalquziyeva Moxira Asatullayevna

Dotsent

Batafsil
NORMURODOVA QUNDUZ TOG‘AYEVNA

Normurodova Qunduz Tog‘ayevna

Dotsent

Batafsil
ASHIROV OYBEK NORBOY O‘G‘LI

Ashirov Oybek Norboy o‘g‘li

Dotsent

Batafsil
JABBOROVA DILFUZA PUSHKINOVNA

Jabborova Dilfuza Pushkinovna

Dotsent

Batafsil
AYUBOV MIRZAKAMOL SOBITJONOVICH

Ayubov Mirzakamol Sobitjonovich

Dotsent

Batafsil
IBADOV KAMIL XXX

Ibadov Kamil Xxx

Dotsent

Batafsil
ABDUSAMATOV SOXIBJON ABDUSAMATOVICH

Abdusamatov Soxibjon Abdusamatovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil
YUSUPOV ULUG‘BEK KARIM O‘G‘LI

Yusupov Ulug‘bek Karim o‘g‘li

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Xatamov Dilmurod G‘anijon o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
NORMAMATOVA FOTIMA SALIMOVNA

Normamatova Fotima Salimovna

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
MARDONOVA GULSANAM O‘KTAM QIZI

Mardonova Gulsanam O‘ktam qizi

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
RAJABOV TOLIB TOSHTEMIR O‘G‘LI

Rajabov Tolib Toshtemir o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil

G‘aniyeva Madina Maxmud qizi

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
YUSUBAXMEDOV ABDURAUF ABDURAXIM O‘G‘LI

Yusubaxmedov Abdurauf Abduraxim o‘g‘li

Assistent

Batafsil

Baymurzaev Erkin Nukusbay-Ulí

Assistent

Batafsil

Jalolova Bahora Shuhrat qizi

Assistent

Batafsil

Maxkamov Sardor Anvarjonovich

Assistent

Batafsil

Samadiy Sitora Abdusalimzoda

Assistent

Batafsil
SHOXIDDINOVA MOXICHEXRA NABI QIZI

Shoxiddinova Moxichexra Nabi qizi

Assistent

Batafsil
G‘AFFOROVA HILOLA FURQAT QIZI

G‘afforova Hilola Furqat qizi

Assistent

Batafsil
EGAMBERDIYEV FARXOD BAXROMJON O‘G‘LI

Egamberdiyev Farxod Baxromjon o‘g‘li

Assistent

Batafsil
ALIMOV JAHONGIR EGAMQUL O‘G‘LI

Alimov Jahongir Egamqul o‘g‘li

Assistent

Batafsil
ABDUKARIMOV SHAROFIDDIN SAYFIDINOVICH

Abdukarimov Sharofiddin Sayfidinovich

Assistent

Batafsil
ARTIKXODJAYEVA BARNOXON ALISHER QIZI

Artikxodjayeva Barnoxon Alisher qizi

Assistent

Batafsil

Ilmiy faoliyat

Kafedra olimlari tomonidan hozirgi kunda quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda:

  • Mikroklonlash usuli yordamida virussiz Physalis alkekengi dorivor o’simligini yaratish va biologik faol moddalarni olish
  • Zamonaviy usullar yordamida bakterial va virusli antigenlarni identifikasiyalash
  • O’zbekiston ekologik sharoitida eng ko’p tarqalgan fitoviruslar xarakteristikasi
  • O’zbekistonning ba’zi dorivor o’simliklari endofit zamburug’larining antibakterial xususiyatlari
  • Sаbzаvоt еkinlаri hоsildоrligini оshirishdа еndоfit bаktеriyаlаrning pоtеnsiаlini о‘rgаnish
  • Mahalliy tok navlari endofit mikrobiotasining hususiyatlari
  • Fitogormon hosil qiluvchi mahalliy bakteriyalar asosida Vitis vinifera o‘simligi rivojlanishini kuchaytiruvchi biologik preparat yaratish
  • Biopolimerlar asosida sorbent olish va ularga microorganism immobolizatsiyalab biopreparat yaratish ;
  • Dunaliella salina mikrosuvo‘tining Orol shtammini ochiq havoda ko‘paytirish texnologiyasining asoslarini ishlab chiqish

Kafedra olimlari tomonidan bugungi kungacha 15 ta ga yaqin intelektual mulk uchun guvoxnoma, 20 ga yaqin monografiya, 100 dan ortiq Scopus va Web of Science xalqaro bazasidagi nufuzli jurnallarda maqolalar e’lon qilingan.

Xalqaro hamkorlik

Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi dunyoning bir qator davlatlari, jumladan, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Norvegiya, Chexiya, Turkiya, Qozog‘iston, Tojikiston kabi davlatlarining olimlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yilgan.

Hozirgi kunda Turkiya, Belorussiya, Xitoy olimlari bilan hamkorlikda turli mavzularda ilmiy loyihalar ustida ishlab, ularni grant shaklida bajarish ishlari olib boriloqda.