Kafedra mudiri

TAGAYEV BEHZOD ERGASHEVICH
TAGAYEV BEHZOD ERGASHEVICH

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Fan doktori, DSc

Ilmiy unvoni:

Professor

Qabul kunlari:

Dushanba-Juma, 09:00-17:00

Manzil:

Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

Kafedra tarixi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Iqtisodiyot fakulteti tarkibida “Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment” kafedrasi 1991 yilda “Iqtisodiyot va ishlab chiqarishni boshqarish” nomi bilan tashkil etilgan.

1991–2002 yillarda kafedraga respublikada taniqli iqtisodchi i.f.d., prof. R.M.Muhiddinov, 2002-2005 yillarda i.f.n., dos. I.A.Sodiqova, 2006-2011 yillarda i.f.d., prof. A.A.Mamatov rahbarlik qilgan. “Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment” kafedrasi 2011 yilda “Mintaqaviy iqtisodiyot” va “Menejment” kafedralarini birlashtirish natijasida tashkil etilgan. “Mintaqaviy iqtisodiyot” kafedrasiga 2002-2011 yillarda g.f.d., prof. Qayumov A.A. rahbarlik qilgan.

2011-2012 yillarda kafedraga i.f.n., dos. N.G.Muminov, 2012-2016 yillarda g.f.n., dos. A.A.Xalmirzayev, 2016-2017 yillarda i.f.n., dots. R.N.Raxmonov, 2017–2018  yillarda i.f.n., dots. P.Z.Xashimov, 2018 – 2021 yillarda i.f.d., prof. A.M.Sodiqov, 2021 yildan i.f.d., prof. B.E.Tagayev rahbarlik qilmoqda.

Kafedra “Inson resurslarini boshqarish”, “Menejment”, “Mintaqaviy iqtisodiyot” yo‘nalishli bo‘yicha bakalavr va magistrlarni hamda 2025-2026 yil o‘quv yilidan “Biznesni boshqarish” (MBA-Master of Business Administration) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlamoqda.

Bugungi kunda kafedrada 2 ta fan doktori, professorlar, 4 ta fan nomzodi, dotsentlar hamda 1 ta PhD va 2 ta katta o‘qituvchilar hamda xorijlik yuqori malakali pedagog xodimlar faoliyat olib bormoqda.

Kafedrada falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha “Menejment”, “Mintaqaviy iqtisodiyot” ixtisosliklari mavjud bo‘lib, bugungi kunda mahalliy tadqiqotchilar bilan bir qatorda 6 ta xorijlik mustaqil izlanuvchilar ilmiy tadqiqot olib borishmoqda.

Kafedrada iqtidorli talabalar uchun “Iqtisodchilar uchun menejment” to‘garagi tashkil etilgan bo‘lib, to‘garak aʼzolari respublika va xalqaro olimpiadalarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Kafedra dunyoning yetakchi oliy taʼlim muassaslari, shu jumladan, Germaniya, Rossiya, Belarus, Malayziya, Yaponiya, Xitoy va boshqalar bilan xalqaro aloqalar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

 

Kafedra tarkibi

Adilov Botir Baltabayevich

Dotsent

Batafsil

Fayziyeva Shaxnoza Rustamovna

Dotsent

Batafsil

Xalmirzayev Axmadjan Axunovich

Dotsent

Batafsil
DALIYEV AHTAM SHARAFUTDINOVICH

Daliyev Ahtam Sharafutdinovich

Dotsent

Batafsil
NIYAZOV MUZAFFAR ABDUSATTAROVICH

Niyazov Muzaffar Abdusattarovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Musayeva Zamira Nuriddinovna

Katta o‘qituvchi

Batafsil
NIGMATOVA DILBAR ZAFAROVNA

Nigmatova Dilbar Zafarovna

Katta o‘qituvchi

Batafsil
NAZAROVA SITORABONU SHARAFIDDINOVNA

Nazarova Sitorabonu Sharafiddinovna

Katta o‘qituvchi

Batafsil
XUDAYBERGANOV JAHONGIR BAXODIR O‘G‘LI

Xudayberganov Jahongir Baxodir o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil

Ilmiy faoliyat

“DAVLAT VA KORPORATIV STRATEGIYALARI”
KAFEDRASI
NING ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATI

O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti «Davlat va korporativ strategiyalari» kafedrasi ilmiy-tadqiqot faoliyati davlat va korporativ boshqaruv sohasida strategik boshqaruvning nazariy va amaliy jihatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Kafedrada 4 ta fan doktorlari professorlar va 7 ta fan nomzodlari, dotsentlar faoliyat olib boradi.

«Davlat va korporativ strategiyalari» kafedrasi ilmiy-tadqiqot faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:

  • “Mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishning ilmiy-amaliy asoslari”;
  • Davlat boshqaruvi tizimida strategik rejalashtirish;
  • Davlat va korporativ boshqaruvda raqamli transformatsiyalar;
  • Barqaror rivojlanishning milliy va mintaqaviy strategiyalari;

Kafedraning ilmiy faoliyat shakllari: Ilmiy maqolalar, monografiyalar va tahliliy hisobotlar tayyorlash va chop etish; Grantlar va ilmiy loyihalarda ishtirok etish; Ilmiy konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar tashkil etish; O‘qituvchilar uchun ilmiy stajirovkalar tashkil etish; Talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish, ilmiy ishlar tanlovlari va konferensiyalarda qatnashish.

Kafedra ilmiy faoliyati o‘quv jarayoni bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, turli boshqaruv darajalarida samarali strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qodir mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga kafedra mutaxassis tayyorlovchi kafedralar qatorida ekanligi sababli va tegishli ishlab chiqarish korxonalari, oliy taʼlim muassasalari, o‘rta maxsus taʼlim tizimi muassasalari o‘rtasida ikki tomonlama manfaatli shartnomalari mavjud va yangi shartnomalar tuzish ishlari olib borilmokda.

Kafedrada 70410111-“Davlat va korporativ strategiyalari” ixtisosligi bo‘yicha magistratura faoliyat olib boradi. Magistrlar ilmiy-tadqiqot ishlariga kafedraning fan doktorlari va fan nomzodlaridan tashqari respublikaning yetakchi vazirlik, idora, kompaniyalari, ilmiy-tadqiqot muassasalarining yetakchi olimlari ilmiy maslahatchi sifatida ishtirok etadilar.

Kafedrada ilmiy-tadqiqotlarni olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va magistrantlar ishtirokida  dissertatsiya mavzulari bo‘yicha ilmiy seminarlar tashkil etilgan. Kafedra davlat idoralari, hududiy boshqaruv organlari, yirik kompaniyalar, ilmiy-tadqiqot institutlari, ekspert markazlari va xalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorlik qiladi. Tashqi buyurtmachilar uchun amaliy loyihalar ishlab chiqiladi.

Kafedrada yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga alohida eʼtibor qaratiladi. Kafedraning professor-o‘qituvchilari rahbarligida strategik boshqaruv, davlat rivojlanishi, korporativ boshqaruv, menejment, marketing va boshqa tegishli yo‘nalishlarda ilmiy dissertatsiyalar ustida ishlayotgan doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar faoliyat olib borishmoqda. Bugungi kunda kafedrada 08.00.12-Mintaqaviy iqtisodiyot,  08.00.13-Menejment, 08.00.10-Demografiya. Mexnat iqtisodiyoti,  ixtisosligida tayanch doktorantlar (PhD) va mustaqil tadqiqotchilar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.

Shuningdek, iqtidorli talabalar bilan tizimli ilmiy ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Talabalar ilmiy loyihalarda ishtirok etishadi, konferensiyalarda qatnashadi, maqolalar va tahliliy sharhlar tayyorlaydi, grant tanlovlarida ishtirok etishadi. Ular uchun ilmiy seminarlar, mahorat darslari tashkil etilgan. Kafedra talaba va doktorantlarning akademik mobilligini qo‘llab-quvvatlaydi, ularni amaliyot, almashinuv dasturlari va xalqaro ilmiy forumlarda qatnashishga rag‘batlantiradi.

Xalqaro hamkorlik

O‘zbekiston Milliy universiteti “Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment” kafedrasining xalqaro hamkorlik faoliyati

O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakultetining “Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment” kafedrasi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini internatsionallashtirish hamda xalqaro akademik aloqalarni kengaytirish borasida tizimli ishlar olib bormoqda. Kafedra tomonidan dunyoning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy muassasalari bilan samarali hamkorlik munosabatlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mazkur aloqalar ta’lim sifati, ilmiy tadqiqotlar va kadrlar tayyorlash jarayonini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.

Xususan, kafedra Freien Universität Berlin bilan hamkorlik to‘g‘risida rasmiy bitim imzolagan. Ushbu hamkorlik doirasida Germaniyaning nufuzli DAAD tashkiloti tomonidan moliyalashtiriladigan Euler grant dasturi amalga oshirilmoqda. Mazkur dastur asosida kafedraning har yili 4 nafar tadqiqotchi-doktoranti Germaniyaga bir oylik ilmiy stajirovkaga yuborilmoqda. Ayniqsa, doktorantlarning PhD dissertatsiyasini himoya qilishdan oldin xalqaro ilmiy muhitda tajriba orttirishi, xorijiy professorlar bilan hamkorlikda tadqiqot olib borishi hamda zamonaviy ilmiy yondashuvlarni o‘zlashtirishi ularning ilmiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu bilan birga, kafedra Universiti Sains Malaysia, Mukhter Auezov South Kazakhstan University, Kyushu University hamda Takasaki City University of Economics bilan ham ilmiy-akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Mazkur hamkorliklar doirasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, akademik almashinuv dasturlari, xalqaro konferensiyalar va seminarlarda ishtirok etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Kafedraning xalqaro nufuzi uning xorijiy tadqiqotchilarni jalb qilish faoliyatida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Jumladan, kafedrada Koreya Respublikasi  hamda Xitoy Xalq Respublikasidan tadqiqotchilar muvaffaqiyatli ravishda PhD dissertatsiyalarini himoya qilgan. Bugungi kunda ham kafedrada bir qator xorijiy tadqiqotchilar va mustaqil izlanuvchilar o‘z ilmiy faoliyatini olib bormoqda. Bu esa kafedraning xalqaro ilmiy makonga integratsiyalashuvi, xorijiy olimlar uchun jozibador ilmiy markaz sifatida shakllanayotganini ko‘rsatadi.

Kafedrada xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, Scopus va Web of Science bazalarida indeksatsiyalanuvchi ilmiy maqolalar sonini oshirish hamda xalqaro grantlar doirasidagi loyihalarni ko‘paytirish bo‘yicha izchil ishlar davom ettirilmoqda.