Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Kafedra mudiri

RAXMONOVA DILNOZA SALAMOVNA
RAXMONOVA DILNOZA SALAMOVNA

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Fan nomzodi, PhD

Ilmiy unvoni:

Datsent

Qabul kunlari:

Manzil:

Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

Kafedra tarixi

Kafedraning tashkil etilgan yili: 1932 yil
   M.Ulug‘bek nomidagi O‘zMU kimyo fakultetining nooranik kimyo kafedrasi 1932 yilda tashkil etilgan. Kafedraga prof. B.G.Zaprometov rahbarlik qilgan.
    1937-1949 yillar davomida kafedraga prof. Ye.I.Pozner rahbarlik qilgan. Shu vaqt mobaynida kafedra ikki yo‘nalishda ilmiy ish olib borgan:
1) Anorganik analiz usullarini ishlab chiqish va suv-tuz sistemasi xossalarining tarkibga bog‘liqligini ko‘rsatish. (rahbar Ye.I.Pozner);
2) Platina gruppachasi elementlari kompleks birikmalarining kimyosi (rahbar A.Sh.Shamsiev). 1949-1958 yillar mobaynida kafedraga dotsent A.Sh.Shamsiev rahbarlik qildi. Bu vaqtda kafedrada koordinatsion birikmalar kimyosi ustida ilmiy ishlar olib borildi.
    1958-1989 yillar davomida kafedraga prof X.R.Raximov rahbarlik qildi. Bu vaqtda kafedra suv-tuz sistemasining fizik-kimyoviy analizi va oraliq metallarning tarkibida azot va kislorod elementlari tutgan ligandlar bilan kompleks birikmalarni o‘rganish ustida ilmiy ish olib borildi.
    1989-2010 yillar davomida kafedraga akademik N.A.Parpiev boshchilik qilgan. Bu vaqt mobaynida kafedra “Oraliq metallarni biologik aktiv ko‘p funksiyali geterosiklik ligandlar bilan koordinatsion birikmalarining sintezi va fizik-kimyoviy tadqiqoti” mavzusi bo‘yicha ilmiy-ishlar olib borilmoqda.
    Turkiston o‘lkasida ko‘p miqdorda mineral xom ashyo zaxiralari mavjudligini xisobga olib, kafedraning ilk bor ilmiy tekshirish ishlari maxalliy mineral ashyolarni kimyoviy tarkibi, fizik kimyoviy xossalarining taxlili va ularni qayta ishlash usullarini tadqiq qilishga bag‘ishlangan. Bu soxada o‘quv jarayonini ilmiy tekshirish ishlari bilan birgalikda rivojlantirishga prof. V.I. Dulova, prof. Ishanxodjaeva M.M., dotsentlar N.I Timoxina, X.R. Raximov, K.A.Asomov, M. Fayziev, A.G.Muftaxov, assisentlar Musaeva S.B., Tursunov S., Yulchibaev A.A., Xodjaev O.F., Xamidov X.A.,        Reshetnikova R.V., Kadirova Sh.A. va boshqalar katta xissa qo‘shganlar.
    2010-2018 yillarda kafedraga k.f.d., prof. Kadirova Sh.A. rahbarlik qilgan.
    2019 yildan hozirgi vaqtgacha k.f.n., dos. Raxmonova D.S. kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Kafedra tashkil topgandan buyon 17 ta doktorlik, 43 ta nomzodlik hamda 4 ta PhD dissertatsiyalari himoya qilingan.
Hozirda noorganik kimyo kafedrasida doktorlik, nomzodlik va magistrlik dissertatsiyalari tayyorlash va himoya qilish ustida, 5 ta tayanch doktorant (Pirimova M.A., Gapurova L.N., Pardaev O.T., Umrzoqova O., Ro‘zieva B.), 1 ta DSc va 2 ta PhD mustaqil izlanuvchi (Raxmonova D.S., Esberganova B., Gazieva A.S.) va 35 ta magistrantlar ilmiy ish olib bormoqdalar.
    Kafedra prof.-o‘qituvchilari tomonidan 40 ortiq darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya va uslubiy qo‘llanmalar chop etilgan.
    Kafedrada har yili 50 dan ortiq ilmiy ishlar chop etiladi. Kafedra tashkil topgandan buyon 30 ga yaqin ixtiro uchun patent va mualliflik guvohnomalari olingan. 2 ta elektron o‘quv qo‘llanmalar uchun intellektual mulk agentligidan guvohnomalar olingan. Ilmiy tadqiqot ishlaridan olingan natijalar o‘quv jarayoniga tadbiq qilinib kelinmoqda.

Kafedra tarkibi

DAMINOVA SHAXLO SHARIPOVNA

Daminova Shaxlo Sharipovna

Professor(1,00 stavka)

Batafsil
NURALIYEVA GUZAL ABDUXAMIDOVNA

Nuraliyeva Guzal Abduxamidovna

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
RAZZOQOVA SURAYYO RAZZOQOVNA

Razzoqova Surayyo Razzoqovna

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
ABDUGAFUROV IBRAGIMDJAN AZIZOVICH

Abdugafurov Ibragimdjan Azizovich

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
ALIYEVA GULOY KAMILOVNA

Aliyeva Guloy Kamilovna

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
ABDULLAYEVA GULCHEXRA ABDUXALILOVNA

Abdullayeva Gulchexra Abduxalilovna

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
MUSAYEV XUSNIDDIN BAXTIYOROVICH

Musayev Xusniddin Baxtiyorovich

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
MAMAJONOV JASURBEK SHUXRATBEKOVICH

Mamajonov Jasurbek Shuxratbekovich

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
SUYUNOVA FERUZA SHAVQIDIN QIZI

Suyunova Feruza Shavqidin qizi

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
XAMIDOV JAVLON XAMZA O‘G‘LI

Xamidov Javlon Xamza o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi(0,50 stavka)

Batafsil
MURATOVA SAIDA XAKIMOVNA

Muratova Saida Xakimovna

Assistent(1,00 stavka)

Batafsil
TOSHOV AKOBIR ASQAROVICH

Toshov Akobir Asqarovich

Assistent(1,00 stavka)

Batafsil
XAYRULLAYEV G‘IYOSIDDIN ULUG‘BEK O‘G‘LI

Xayrullayev G‘iyosiddin Ulug‘bek o‘g‘li

Assistent(1,00 stavka)

Batafsil
KINSHAKOVA YEKATERINA VYACHESLAVOVNA

Kinshakova Yekaterina Vyacheslavovna

Assistent(1,00 stavka)

Batafsil
GAPUROVA LOBAR NARZULLAYEVNA

Gapurova Lobar Narzullayevna

Assistent(0,25 stavka)

Batafsil

Ilmiy faoliyat

Raxmonova Dilnoza Salamovna – PhD, DSc  Benzimidazol hosilalarining d-metallar bilan gomo- va geteroligandli, aralash metalli komplekslarining yo‘naltirilgan funksionalizatsiyasi va strukturaviy dizayn jarayonlarining qonuniyatlari

Xalqaro hamkorlik

  • “Navoiazot” AJ,
  • “Navoiy kon metallurgiya kombinati” AJ,
  • “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ va O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha hamkorlik o‘rnatilgan.