Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Kafedra mudiri

Kafedra tarixi

Kafedra tashkil etilgan sana: 1921 yil.

       Kafedra mudirlari. prof. Naumov S.N. (1921-1930), O‘zRFA akademigi Sukervanik I.P. (1931-1967), prof. Abdurasuleva A.R. (1967-1984), prof. Yuldashev X.Y. (1984-1992), professor Ahmedov Q.N. (1993-2008), dots. Tojimuhamedov H.S. (2009-2012), k.f.n.dots. Axmedov O‘.Ch. (2013-2014), k.f.d.Xoliqov T.S. (2015-hozirgi kungacha).

       O‘quv-uslubiy ishlar. Kafedrada “Organik kimyo” bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha “Organik kimyo”, “Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi”, Organik reaksiyalarning mexanizmlari,Kimyo (Organik kimyo), Tabiiy va sintetik buyoqlar kimyosi, Organik kimyoda zamonaviy usullar, Organik kimyoda gaz va suyuqlik xromatografiyasi, Geterosiklik birikmalar kimyosi  kabi umumiy kurslardan ma’ruza, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan quyidagi darslik va o‘quv qo‘llanmalar nashr etilgan: X.M.Shoxidoyatov, H.O‘.Xo‘janiyozov, H.S.Tojimuhamedov Organik kimyo darsligi, A.G.Azimov, H.S.Tojimuhamedov, O‘.Ch. Ahmedov Neft kimyosi asoslari., Ahmedov Q.N., Yuldasheva M.R., “Organik kimyo usullari”-2-qism, Q.N.Axmedov, X.Y.Yo‘ldoshev, O‘.Ch.Axmedov “Organik kimyo usullari”-1-qism o‘quv qo‘llanmalar H.O’.Xo’janiyozov, T.Jumaqulov, J.E.Turdibayev, H.S.Tojimuhamedov “Organik kimyo” darslik va qator uslubiy qo‘llanmalar nashr etilgan.

Kafedra tarkibi

Ilmiy faoliyat

T/r Tadqiqotchi professor o’qituvchining F.I.Sh Ilmiy darajasi va unvoni Dissertatsiya ishi mavzusi
1 Sapaev Frunza Adomboevich PhD p-Holatida o’rinbosarlari bo’lgan benzoy kislota natriyli tuzlarining xlorsirka kislota hosilalari bilan reaksiyalari
2 Yusufov Muhriddin Saidovich PhD Aminofenol izomerlarini xloratsillash va olingan mahsulotlar asosida sintezlar
3 Xurrramov Elyor Narzullaevich PhD Almashingan anilinlarning glikol,diglikol va salitsil kislotalar bilan reaksiyalarini o’rganish
     

Xalqaro hamkorlik

  • O‘zRFA O’simlik moddalar kimyosi instituti,
  • O‘zRFA Biorganik kimyo instituti ,
  • Sho’rtan-gaz kimyo majmuasi,
  • Xitoy fanlari akademiyasi,
  • Yaponiyaning Kyushi univesiteti, Professor Kohei Torekai
  • Qozog’iston Milliy Meditsina universiteti,PhD Begimova Gulzeynep Urisbaevna