Kafedra tarixi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” kafedrasi universitet rektorining 2021-yil 19-avgustdagi №01-330-son buyrug‘iga asosan tashkil etilgan. Hozirgi kunda kafedrada 16 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borishadi. Ulardan 5 nafar fan doktori va DSc, 9 nafar fan nomzodi va PhD, 2 nafari esa o‘qituvchilarni tashkil etadi. O‘zMU huzuridagi “Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik” ilmiy markazi (rahbari – prof.R.H.Murtazayeva) ham kafedra negizida tashkil etilgan.

Kafedra tarkibi

INOYATOVA DILARAM MANIGLIYEVNA

Inoyatova Dilaram Manigliyevna

Professor

Batafsil
YERMETOV AVAZ ABDULLAYEVICH

Yermetov Avaz Abdullayevich

Professor

Batafsil
SAIPOVA KAMOLA DAVLYATALIYEVNA

Saipova Kamola Davlyataliyevna

Professor

Batafsil
MURTAZAYEVA RAXBARXON XAMIDOVNA

Murtazayeva Raxbarxon Xamidovna

Professor

Batafsil

Insopov Abdug‘appor Abdusamatovich

Dotsent

Batafsil
ATADJANOVA SAYYORA MELISOVNA

Atadjanova Sayyora Melisovna

Dotsent

Batafsil
ADILOV ABROR ANVAROVICH

Adilov Abror Anvarovich

Dotsent

Batafsil
TUXTABOYEVA DILAFRUZXON ERGASHEVNA

Tuxtaboyeva Dilafruzxon Ergashevna

Dotsent

Batafsil
XOMITOV RAVSHAN XOMITOVICH

Xomitov Ravshan Xomitovich

Dotsent

Batafsil

Almardonov Otabek Qudratovich

Dotsent

Batafsil
DOROSHENKO TATYANA IVANOVNA

Doroshenko Tatyana Ivanovna

Dotsent

Batafsil
OLIMJONOV XABIBJON ABDUXALIM O‘G‘LI

Olimjonov Xabibjon Abduxalim o‘g‘li

Katta o‘qituvchi

Batafsil
KARIMJONOV JASURBEK MUXTORJONOVICH

Karimjonov Jasurbek Muxtorjonovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil
TOPILDIYEVA MUYASSAR RAXIMJONOVNA

Topildiyeva Muyassar Raximjonovna

Katta o‘qituvchi

Batafsil
RAXMONBERDIYEV DAVLATBEK O‘KTAM O‘G‘LI

Raxmonberdiyev Davlatbek O‘ktam o‘g‘li

Assistent

Batafsil
POLVANOV JALOLIDDIN NE’MATJONOVICH

Polvanov Jaloliddin Ne’matjonovich

Assistent

Batafsil

Ilmiy faoliyat

Universitetda mavjud 40 dan ziyod ilmiy maktablardan biri hisoblangan “Millatlararo munosabatlar va bag‘rikenglik” ilmiy maktabi ham kafedra negizida faoliyat yuritadi. Ilmiy maktab asoschisi hamda “Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik” ilmiy markazi rahbari t.f.d., prof. R.H.Murtazayeva boshchiligidagi jamoa bir necha yillardan buyon millatlararo munosabatlar, kam sonli millatlar, bag‘rikenglik (tolerantlik) masalalari bilan shug‘ullanib kelmoqdalar. Bugungi kunga qadar ushbu maktab vakillari  – prof. R.X.Murtazayeva ilmiy rahbarligida  K.D.Saipova-DSc, A.A.Yermetov-DSc, D.Inoyatova-DSc, A.A.Adilov-DSc, A.A.Insopov-PhD, D.E.Tuxtaboyeva-PhD, O.Q.Almardonov-PhD, R.Xomitovlar PhD dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli tarzda himoya qildilar.

Kafedra qoshidagi “Millatlararo totuvlik va bagrikenglik” ilmiy markazi 2006 yildan beri faoliyat ko‘rsatadi. Markaz respublikadagi soha mutaxassislarini ham birlashtiradi. Kafedra professor-o‘qituvchilari va ilmiy markaz a’zolari tomonidan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar muntazam o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan, “Markaziy Osiyo davlatlarida diasporalar ravnaqi – barqaror rivojlanishining muhim omili” (2022); “Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari: tarixiy va hamkorlik istiqbollari” (2023); “Globallashuv davrida diaporalarning rivojlanishi” (2024); “Bagʻrikenglik – tinchlik, fuqarolararo hamjihatlik, millatlararo va dinlararo totuvlik garovi”  mavzularida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etilgan (2025).

Kafedra turdosh kafedralar ichida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” bo‘yicha respublika Oliy o‘quv yurtlari uchun namunaviy dastur ishlab chiqishda tayanch kafedra sifatida faoliyat ko‘rsatadi (prof. R.X.Murtazayeva, prof. K.Saipova, dots.A.A.Adilov, prof.A.A.Yermetov, dots. A.A.Insopov va boshq.). Shu asosda kafedra jamoasi tomonidan respublikada birinchi bor “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani bo‘yicha darslik nashr etildi.

O‘tgan davr mobaynida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan  “Oʻzbekiston tarixi. II jild (XIX asrning II yarmi – 1989 yil, iyun)” (Toshkent, 2015), “O‘zbekiston tarixi. 1 va 2-kitoblar” (tarix fakulteti talabalari uchun. Toshkent: Donishmand Ziyo, 2019, 2020), “O‘zbekiston tarixi” (nomutaxassislar uchun darslik. Toshkent: Donishmand Ziyo, 2020), “O‘zbekistonning eng yangi tarixi. (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun darslik)” (Toshkent, 2022), “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun darslik. Toshkent, 2023), “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” (Oliy o‘quv yurtlari nomutaxassis fakultet talabalari uchun darslik Toshkent: “NIF MSH”, 2024) darsliklar va qator o‘quv-qo‘llanmalar tayyorlandi va nashr etildi.

Shuningdek, 2023 yili kafedra professor-o‘qituvchilari (R.X.Murtazayeva, D.M.Inoyatova, A.Adilov, A.Yermetov, K.D.Saipova, A.Insopov va boshq.) tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston ning eng yangi tarixi” darsligi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazi tomonidan ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda yilning “Eng yaxshi darsligi” deb topilgan va “I darajali” diplom bilan taqdirlandi (2023-yil №05-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan).

Bundan tashqari kafedra faoliyatida bugungi kungacha “История национальных меншинств Узбекистана (1917-1990 гг.).” (Saipova K.D. 2021 y.) “Развитие диаспорологии в условиях глобализации” (2024 y. jamaoviy monografiya, Germaniya), “O‘zbekistonda amalga oshirilgan sovet diniy siyosati tarixi (1917-1990 yillar)” (A.Adilov, 2025 y.), “История польской диаспоры в Узбекистане (1867-1946 гг.)” (Doroshenko T.I., 2025) kabi  monografiyalar nashr etildi.

O‘zMU huzurida tashkil etilgan “Amaliy etnologiya” laboratoriyasiga kafedra dotsenti R.X.Xomitov rahbarlik qilib kelmoqda. “Amaliy etnologiya” laboratoriyasi Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondagi ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Xususan, mazkur laboratoriya tomonidan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensifya va tadqiqotlar o‘tkazib kelinmoqda.

“Amaliy etnologiya” laboratoriyasi qoshida OAK ro‘yxatiga kirgan “Sharq tarixi, siyosati va huquq” jurnalining (bosh muharrir t.f.d., professor R.X. Murtazayeva) nashr etilishi yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunga qadar ushbu jurnalda tarix, siyosat, huquq, falsafa, sotsiologiyaga oid tadqiqotlar natijalari ilmiy maqola sifatida tadqiqotchilar tomonidan chop etib kelinmoqda. Ayniqsa, millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik, demografiya diasporalarga oid ilmiy maqolalar shular jumlasidandir.

Kafedra professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston tarixi fani sohasida respublika oliy ta’lim muassasalari orasida yetakchi o‘ringa ega bo‘lib, ilmiy faoliyatlari davomida ko‘plab tadqiqotlarni amalga oshirib kelmoqdalar. Xususan, kafedra professori R.X. Murtazayevaning ilmiy ishlari soni hozirgi kunga qadar qariyb 500 tani tashkil etadi. R.X. Murtazayeva rahbarligida jami 46 ta ilmiy ish muvaffaqiyatli himoya qilingan. Jumladan, uning ilmiy rahbarligi ostida 11 nafar fan doktori (DSc), 22 nafar fan nomzodi hamda 13 nafar tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) tayyorlangan.

Shuningdek, 2017–2021-yillarda professor R.X.Murtazayeva rahbarligida:  F.1-32 raqamli “Oʻzbekistonda bagʻrikenglik tamoyillarining ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy rivojlanishdagi oʻrni: qadimgi davrlardan bugungi kunga qadar” ilmiy loyiha doirasida Oʻzbekistonda bagʻrikenglik gʻoyasining tarixiy shakllanishi va ijtimoiy-siyosiy hayotdagi oʻrni oʻrganildi (a’zolar: t.f.d. A.Adilov, prof.K.Saipova); 2020-yilda Oʻzbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi tomonidan amalga oshirilgan 46-01/81 raqamli “Toshkent shahri mahallalarida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda olima ayollarning ishtirokini takomillashtirish (Toshkent shahri Olmazor tumani mahallalari misolida)” amaliy loyiha doirasida Toshkent shahri Olmazor tumani mahallalarida ayollarning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan tadqiqotlar olib borildi (a’zolar: t.f.d. A.Adilov, prof. K.Saipova); 2021-yilda esa 18/1-79 raqamli amaliy loyiha doirasida “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda mahalla institutining oʻrni va uni ommaviy axborot vositalarida yoritilishi” mavzusida tadqiqot olib borildi (a’zolar: prof.K.Saipova, dots.A.Adilov); 2021–2024 yillarda amalga oshirilgan F.1-88 raqamli “Oʻzbekiston tarixi fanidagi innovatsiyalarni oliy ta’lim tizimiga tadbiq etish” ilmiy loyiha doirasida Oʻzbekiston tarixi fanidagi innovatsiyalarni oliy ta’lim tizimiga joriy etish boʻyicha ishlar olib borildi (a’zolar: t.f.d. A.Adilov, prof.K.Saipova); 2023–2025 yillarda xalqaro darajada amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistondagi polyak diasporasining tarixi” nomli loyiha doirasida Polsha diasporasining Oʻzbekistondagi tarixi, madaniy hayoti va jamiyatdagi oʻrnini oʻrganish bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi. (a’zolar: prof. K.Saipova, prof. D.Inoyatova, dots.T.Doroshenko, dots.O.Almardonov).

Kafedra professori K.D.Saipovaning ilmiy faoliyati davomida 400  dan ortiq ilmiy maqola va 7 ta darsliklar nashr etilgan. Shundan, 6 ta monografiya “История Народных комиссариатов по национальным делам ТАССР” (Германия: Lambert, 2022), «История формирования многонационального состава населения Туркестана” (Германия: Lambert, 2023), “Развитие диаспорологии в условиях глобализации” (2024 y. jamaoviy monografiya, Lambert, Germaniya) “Алишер Наваи как великий государственный деятель средневеково Востока: штрихи к портрету” (Москва: КАНОН-ПЛЮС, 2024), “O‘zbekiston davlatchiligi tarixshunosligi ocherklari” (Toshkent: Bookmany print, 2024) nashr etilgan. K.Saipova tomonidan OAKning dissertasiya ishlarining asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya qilingan milliy ilmiy jurnallarda 13 ta, xorijiy va respublika anjumanlarda 20 ta maqola chop etgan. Shu bilan birga 2024-yil 1-noyabrdan boshlab Qozogʻiston Respublikasi Fan va oliy ta’lim vazirligi Qoʻmitasiga qarashli Ch.Valixanov nomidagi Tarix va etnologiya instituti bilan hamkorlikdagi “1931–1933 yillarda Qozogʻistondagi ommaviy ocharchilik guvohlari va ularning avlodlari xotiralarini tayyorlash va nashr etish”  xalqaro grant loyihasi doirasida K.Saipova turkiy xalqlar tarixi, etnologiyasi va qiyosiy tarixiy tadqiqotlar yuzasidan faoliyat olib bormoqda.

Кafedra professori Yermetov Avaz Abdullayevich O‘zbekistonda davlat boshqaruv tizimi va sud-huquq organlari tarixi bo‘yicha  100 dan ortiq maqolalar muallifi hisoblanadi. Shu bilan birga, 3 ilmiy monografiya, 1 fundamental ilmiy-ommabop kitob-albom (hammualliflikda), 4 ta darslik, 5 ta o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop ettirgan. Faoliyati davomida 30 dan ortiq bakalavr, 40 dan ortiq magistr va 5 nafar tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktorlariga ilmiy rahbarlik qilgan. 2 ta Oliy attestatsiya komissiyasi ro‘yxatidagi va 1 ta xalqaro nufuzli jurnallarning tahririyat kengashi a’zosi, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha 2 ta kengash va 2 ta seminar komissiyasi a’zosi hisoblanadi.

Kafedra professori D.M.Inoyatova O‘zbekistonda diasporologiyani rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shgan olimlardan biri bo‘lib, 200 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifidir. 10 dan ziyod magistrlarga ilmiy rahbarlik qilgan.  2021-yili  “O‘zbekistondagi nemis diasporasining tarixi (XIX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlari)” mavzusida 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha (DSc) doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Shuningdek, D.Inoyatova tomonidan “Participation of Representatives of the German Diaspora in the Economy of Turkestan” mavzusida hamda “Experience of Tolerant Relationships  among the Peoples of Uzbekistan (Using the Example of the Akmechet Mennonites of Khorezm)” mavzularida Scopusda qayd etilgan jurnallarda maqolalari chop etilgan.

Kafedra dotsenti, tarix fanlari doktori A.A.Adilov 2003 yili “Buxoro amirligida milliy ozodlik harakatlar tarixi (Abdulmalik to‘ra boshchiligidagi “ozodlik harakati” misolida)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibi (2000 y.) A.Adilov 150 ga yaqin ilmiy ishlar muallifidir. Ular orasida O‘zbekiston tarixiga oid 22 ta darslik,  2 ta elektron darslik, 6 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta monografiya muallifidir. A.Adilov qator respublika va xalqaro anjumanlar ishtirokchisi. Uning ilmiy maqolalari Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Germaniya, Hindiston, Ukraina, Kanada kabi davlatlarda nashr etilgan. A.A.Adilov 2025-yil 22-dekabr kuni “Sovet davlatining O‘zbekistonda amalga oshirgan diniy siyosati (1917-1990 yy.)” mavzusidagi tarix fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan.

Kafedra dotsenti T.I.Doroshenko bugungi kunga qadar 60 dan ziyod maqolalar muallifidir. T.I.Doroshenko tomonidan hammualliflikda 4 ta darslik (hammualliflikda),  1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, ikkita monografiya va to‘rtta jamoaviy monografiya nashr ettirilgan. Shu bilan birga T.I.Doroshenko 2023-yil Polshada tuzilgan O‘zbekiston-Polsha komissiyasining raisi hamdir. “O‘zbekistondagi polyaklar diasporasi tarixi (1867-1990 yy.) mavzusi yuzasidan 07.00.01-O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha (DSc) doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy ish olib bormoqda.

2023-yildan beri kafedra Gdanskdagi Ikkinchi Jahon urushi muzeyi va Polshaning Belostok shahridagi Sibir tarixi va xotirasi muzeyi bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Ushbu hamkorlik bir nechta konferensiyalar, ma’ruzalar va jurnallarda qo‘shma nashrlarni o’z ichiga olgan.

Kafedra tashabbusi bilan har yili 16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik (tolerantlik) kuniga bag‘ishlab, O‘zbekiston Respublikasi Millalararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi bilan hamkorlikda bayram dasturlari tashkil etiladi.

Ma’lumki, respublikamizning to‘ng‘ich oliy o‘quv yurti bo‘lmish O‘zbekiston Milliy universiteti tom ma’noda mamlakat miqyosidagi asosiy ilm-fan maskanlaridan biri bo‘lib, u o‘n yillar davomida nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo, MDH va uzoq xorij mamlakatlari uchun ham qator mutaxassis kadrlar yetishtirib bergan. Ushbu oliy dargohda o‘zbek ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan, nomlari jahon ilm ahli uchun yaxshi ma’lum bo‘lgan qator olimlar, fan darg‘alari, hozirgi kunga kelib ham ular yoshlarga ustozlik qilib, respublikamizning ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ijtimoiy hayot bobida ilm-fanga ulkan e’tibor, uni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashi borasidagi amaliy sayi-harakatlar yurtimizda ilmiy salohiyatni ko‘tarishda muhim pog‘ona bo‘ldi.

Xalqaro hamkorlik

Mahalliy va xorijiy hamkorlar :

  • Kafedra Qozog‘iston Respublikasining M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti.
  • Al-Farobiy nomidagi Milliy universitet.
  • Gumilev nomidagi Yevroosiyo Milliy universiteti.
  • Qozog‘iston Milliy xotin-qizlar universitetlari bilan o‘zaro hamkorliklar o‘rnatgan.

Kafedra yosh bo‘lishiga qaramay tez orada xalqaro ilmiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi. Xususan, bugungi kunga qadar prof. R.H.Murtazayeva AQSH, Germaniya, Polsha va Qozog‘iston  kabi davlatlarning nufuzli OTMlarida o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda. Shuningdek, prof. K.D.Saipova, t.f.d. A.A.Adilov, dots. S.M.Atadjanova onlayn tarzda QS top-500 talikdan joy olgan Bremen (Germaniya)  universitetida maʼruzalar o‘qishdi.

Kafedra jamoasi Markaziy Osiyo davlatlari bilan, xususan, al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti (Qozog‘iston), L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo Milliy universiteti (Qozog‘iston), Muxtor Avezov komidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti (Qozog‘iston), Bolosog‘un nomidagi Qirg‘iziston milliy universiteti (Qirg‘iziston), hamda  Tojikiston Milliy universiteti (Tojikiston) bilan ham o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Jumladan, prof. R.H.Murtazayeva, prof. K.D.Saipova, prof. D.M.Inoyatova, dots. A.A.Adilov, dots.T.I.Doroshenko, S.M.Atadjanovalar Qozog‘istonning yuqorida nomi qayd etilgan universitetlarida muntazam ravishda o‘z maʼruza mashg‘ulotlari bilan ishtirok etib kelishmoqda. Xususan, prof. A.A.Yermetov va dots.A.A.Insopovlar esa shunday maʼruzalar bilan M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetida ishtirok etib kelishadi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari dots.v.b. X.Olimjonov, o‘qit.J.Polvanov va D.Raxmonberdiyevlar 2025-yil 9-iyundan 16-iyungacha Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida joylashgan Jusup Balasog‘un nomidagi Qirg‘iz milliy universitetida akademik mobillik dasturi doirasida Yozgi maktab tadbirlarida ishtirok etib kelishdi.

Bundan tashqari, Prof. K.D.Saipova Oreel (Isroil) universitetining taklifiga ko‘ra mazkur universitet olimlari va talabalari uchun onlayn mashg‘ulotlari o‘tkazdi.

Shu bilan birga kafedra 2023-yildan beri kafedra Polsha davlatining Gdansk shahridagi Ikkinchi Jahon urushi muzeyi va Polshaning Belostok shahridagi Sibir muzeyi bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Sibir tarixi va xotirasi muzeyi bilan o‘zaro memorandum ham imzolangan. Memorandum doirasida 2023 yil, may oylarida prof., t.f.d. R.X. Murtazayeva, prof., t.f.d. K.D.Saipova, dots., t.f.n. T.I.Doroshenkolar Polsha davlatining Belostok universiteti professor-o‘qituvchilari, magistr va talabalariga maʼruzalar o‘qib kelishdi.

Hozirda kafedra va Fransiya Milliy tadqiqotlar markazi (Fransiya) bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

Kafedra jamoasi tashabbusi bilan har yili xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etiladi.  Ushbu anjumanlarda Germaniya, Polsha, Rossiya, Belorussiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda respublikaning qator oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlarida faoliyat ko‘rsatuvchi nufuzli ilmiy jamoatchilik vakillari ishtirok etadilar.

Shuningdek, kafedra tashabbusi bilan har yili 12-may Milliy universitet tashkil topgan sanaga bag‘ishlangan respublika OTMlari  iqtidorli talabalarning anʼanaviy ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazib kelinadi.