Kafedra 1945 yilda professorlar N.L.Korjenevskiy, V.M.Chetirkin, V.L.Shuls, O.P.Sheglova kabi yirik olimlar tashabbusi bilan tashkil etilgan. Ushbu olimlar shu yillarda «Tog`li hududlar gidrologiyasi» ilmiy maktabiga asos soldilar. O`tgan asrning 50-yillaridan boshlab kafedrada ilk bor geograf-gidrologlar, keyincharoq esa muhandis – gidrologlar tayyorlana boshladi. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, 1995 yildan boshlab kafedrada Gidrometeorologiya bakalavrlari, 2001 yildan boshlab esa magistrlar tayyorlash yo`lga qo`yildi.
Kafedrada turli yillarda professorlar V.L.Shul’s, O.P.Sheglova, V.E.Chub, E.I.Chembarisov, dotsentlar Z.V.Djorjio, R.Mashrapov, P.M.Mashukov, N.K.Lukina, L.I.Shalatova, I.R.Alimuxamedov, A.R.Rasulov, E.M.Videneeva, M.A.Nosirov, G.E.Glazirin, G.N.Trofimov, Z.S.Sirliboyeva kabi taniqli olimlar faoliyat ko’rsatganlar.
O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi, Suv xo`jaligi vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo`mitasi va boshqa tashkilotlarning buyurtmalari asosida kafedrada 2020 yildan boshlab Gidrologiya magistrlari tayyorlana boshladi. Shu kunga qadar kafedrada 2000 dan ortiq muhandis-gidrologlar, gidrologiya, gidrometeorologiya bakalavrlari, hamda 100 ga yaqin dan ortiq Gidrologiya, Gidrometeorologiya, Meteorologiya, iqlimshunoslik va agrometeorologiya, Iqlim o‘zgarishi va iqlimiy xatarlarni baholash, Glyatsiologiya va qor qoplami monitoringi kabi mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlar tayyorlandi. Ulardan 40 dan ortig’i fan doktori, 250 dan ortig’i fan nomzodlari ilmiy darajasiga erishdilar.
Kafedra bitiruvchilari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida, Gidrometeorologiya xizmati agentligida, Suv xo’jaligi vazirligi tizimida, O‘zbekgidroenergo aktsiyadorlik jamiyatida, Ekologiya, atrof muhit muhofazasi qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tizimida, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlarida xizmat ko’rsatishadi.
“Gidrometeorologiya va atrof muhit monitoringi” kafedrasi 2021-2022 o‘quv yilda Gidrometeorologiya fakulteti negizida tashkil etilgan. Mustaqillik yillarida universitet ta’lim tizimida yangi Gidrometeorologiya ta’lim yo‘nalishi, Gidrometeorologiya (faoliyat turi bo‘yicha), Iqlim o‘zgarishi va iqlimiy xatarlarni baholash, Glyatsiologiya va qor qatlamlari monitoringi kabi magistratura mutaxassisliklari ochildi. Kafedrada “Yosh gidrometeorolog” ilmiy to‘garagi tashkil etilgan. Ushbu to‘garakning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi O‘zbekiston va unga tutash hududlarda kechadigan gidrometeorologik jarayonlarni ilmiy va amaliy nuqtai-nazardan o‘rganish. Ilmiy to‘garak oldindan tasdiqlangan ish rejasi asosida faoliyat olib boradi. Mazkur to‘garakda iqtidorli talabalar yosh olimlar faol ishtirok etib kelmoqdalar.
Keyingi yillarda kafedra talabalari xalqaro va respublika fan olimpiyadalarida faol ishtirok etib, bir qator sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Jumladan, 2022 yil 25-26 aprel kunlari Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida L.N.Gumilev nomidagi Yevroosiyo Milliy universitetida “Gidrologiya” mutaxassisligi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan III Xalqaro talabalar olimpiadasi tanlovida Gidrometeorologiya yo‘nalishi 3-kurs talabasi Abduraxmonov Murodjon faxrli 2 o‘rinni egalladi.
Meteorologiya va iqlimshunoslik kafedrasi Turkiston universitetida 1919 yil fevral oyidan fizika-matematika fakulteti ish boshladi va uning tarkibiga “Geofizika” kafedrasi ham kirgan edi. 2020 yil sentyabrda birinchi o‘quv yili boshlandi. 1943 yil 20 oktyabrdan “Geofizika” kafedrasidan alohida “Sinoptik meteorologiya” kafedrasi ajralib chiqdi. 1962 yilda “Geofizika” va “Sinoptik meteorologiya” kafedrasi birlashtirilib yangi “Atmosfera fizikasi” kafedrasi nomi bilan faoliyat yurita boshladi.
“Meteorologiya va iqlimshunoslik” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-2023 yillarda O‘zMU da talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №4358-sonli Qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomi hamda “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 apreldagi №267-sonli buyrug‘i bilan tashkil topgan. 2021-2022 o‘quv yilidan Fizika fakulteti tarkibidagi “Atmosfera fizikasi” kafedrasi Gidrometeorologiya fakulteti “Meteorologiya va iqlimshunoslik” kafedrasiga aylantirilgan.
O‘tgan davr mobaynida kafedraga R.R.Simmerman (1920-1935), A.A.Skvorsov (1936-1954), V.A.Djordjio (1955-1974), V.I.Gubin (1974-1975), N.N.Romanov (1975-1988), Yu.V.Petrov (1988-1999), X.T.Egamberdiev (1999-2006), 2006-2012 yillarda umumumiy fizika va atmosfera fizikasi, 2012-2021 yillarda Astronomiya va atmosfera fizikasi kafedrasi tarkibida, X.T.Egamberdievlar (2021-2022) rahbarlik qilganlar.
Kafedra 2024 yil 1-noyabrdan boshlab, Gidrometeorologiya fakulteti tarkibidagi “Quruqlik gidrologiyasi”, “Gidrometeorologiya va atrof muhit monitoringi” hamda “Meteorologiya va iqlimshunoslik” kafedralarining optimallashtirilishi natijasida Fizika fakulteti Gidrometeorologiya bo‘limi “Quruqlik gidrologiyasi va meteorologiya” kafedrasi deb nomlandi.
Mamlakatimiz xalq xo’jaligi barcha tarmoqlarining, ayniqsa, qishloq xo’jaligi va sanoatning barqaror rivojlanishi mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish bilan bevosita bog’liqdir. Shu nuqtai-nazardan kelib chiqib, kafedrada bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari mavzui: Orol havzasi yer usti suv resurslari; tog’ muzliklari; daryolar oqimining shakllanish qonuniyatlari; ko’llarning gidrometeorologik rejimi; suv omborlarining gidrologik rejimi qonuniyatlari, iqlim o‘zgarishi, shaharlar iqlimi, agrometeorologik tadqiqotlar kabi yo‘nalishlarni har tomonlama o’rganish va ularni muhofaza qilish masalalariga qaratilgan.
Hozirgi kunda kafedrada asosiy shtatda 4 nafar fan doktorlari, 8 nafar fan nomzodlari, PhDlar, 4 nafar katta o‘qituvchilar, 3 nafar o‘qituvchilar, 3 nafar stajyor-o‘qituvchilar va 3 nafar tayanch doktorantlar ilmiy-pedogogik faoliyat olib bormoqdalar. Shuningdek o‘quv jarayonida talabalarga bilim berishda O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati huzuridagi Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot institutidan g.f.d., DSc., professor Holmatjonov B.M., g.f.d., DSc. Turg‘unov D.M., t.f.n., dots. B.E.Nishonov, PhD., dots. G‘.O‘.Umirzoqov, PhD. U.Shermuhammedov, Kadastr agentligidan PhD. H.N.Magdiev kabi olimlar ishtirok etadilar.
Kafedrada 60520100-Meteorologiya va iqlimshunoslik, 60530400-Gidrologiya (Quruqlik gidrologiyasi) ta’lim yo‘nalishlarida kunduzgi va sirtqi ta’lim, 70520101-Meteorologiya, 70520102-Gidrometeorologiya, 70520103-Iqlim o’zgarishi va iqlimiy xatarlarni baholash, 70530401-Gidrologiya magistratura mutaxassisliklari, oliy o‘quv yurtidan keyingi 11.00.03-Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo, 11.00.04-Meteorologiya. Iqlimshunoslik. Agrometeorologiya ixtisoslirlari bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) uzluksiz ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, kafedrada Rossiya Davlat Gidrometeorologiya universiteti bilan hamkorlikda 3+2 qo‘shma ta’lim dasturi 60520100-Meteorologiya va iqlimshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’limda talabalar qabul qilinmoqda.
Quruqlik gidrologiyasi va meteorologiya
Kafedra mudiri

RAXMONOV KOMILJON RADJABOVICH>
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Fan nomzodi, PhD
Ilmiy unvoni:
Dotsent
Qabul kunlari:
Manzil:
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
Kafedra tarixi
Kafedra tarkibi
































Ilmiy faoliyat
Ilmiy yo’nalishlar
– Iqlim o‘zgarishi sharoitida tog‘ daryolari muallaq oqiziqlari oqimini o‘rganish.
– Daryolar oqimini hisoblash va prognozlash usullarini takomillashtirish.
– O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi, qayta tiklanadigan energiya resurslari va aholi salomatligi.
– Daryolar suv rejimi fazalarining iqlim o‘zgarishi sharoitidagi siljishlari.
– Daryolar gidrologik rejimining yirik gidrotexnik inshootlar ta’sirida o‘zgarishini baholash.
– Sug‘oriladigan yerlarning suv balansi tenglamasini va uning tashkil etuvchilarini miqdoriy baholash.
– Tog‘ daryolari kam suvli yillar oqimi gidrologik kg‘rsatkichlarini hisoblash va prognozlash.
– To‘g‘oni buo‘ilishi xavfi bo‘lgan ko‘llardan oqib chiqadigan maksimal suv srflarini hisoblash.
– Bioiqlimiy sharoitlar va ulardan turizmni rivojlantirishda foydalanish masalalari.
– Iqlim o‘zgarishi sharoitida sug‘oriladigan hududlarda kuzgi bug‘doy yetishtirishda radiatsion va termik resurslarni baholash.
– O‘zbekistonda antropogen omillarni hisobga olgan holda atmosfera tiniqligining quyosh energiyasi resurslariga ta’siri
– Mintaqaviy atmosfera sirkulyatsiyasi, uning O‘rta Osiyo iqlimining o‘zgarishi va O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havoning ifloslanishiga ta’siri xususiyatlari
Kafedrada bajarilayotgan ilmiy loyihalar
- O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma amaliy loyihasi FZ-2020110111-sonli “O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi, qayta tiklanadigan energiya resurslari va aholi salomatligi” (2022-2025 yy.);
- O‘zbekiston – Hindiston qo‘shma amaliy loyihasi Uzb-Ind-89-2021-sonli “O‘zbekiston va Hindistonning qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil daryolari havzalarida suv taqchilligi hamda qurg‘oqchilikka to‘g‘onlar va iqlim o‘zgarishi ta’sirini baholash” (2021-2023 yillar);
- O‘zbekiston – Yaponiya qo‘shma amaliy loyihasi AL-5721122072-sonli «Qishloq xo‘jaligi, suv va energiya resurslarini barqaror rivojlantirish uchun yer usti kuzatuvlari va geostatsionar meteorologik sun’iy yo‘ldoshlardan olingan quyosh radiatsiyasi ma’lumotlaridan kompleks foydalanish» (2022-2025 yy.).
Xalqaro hamkorlik
Rossiya Davlat gidrometeorologiya universiteti;
Friburg universiteti (Shveysariya);
Syurix universiteti (Shveysariya);
Reding universiteti (Buyuk Britaniya);
TROPOS -Troposferik tadqiqotlar instituti (Germaniya);
Potsdam Iqlim tadqiqotlari instituti (Germaniya);
Kioto universiteti (Yaponiya);
Chiba universiteti (Yaponiya);
Karaxpur Hindiston texnologiyalar institute (Hindiston);
Baroda universiteti (Hindiston);
Osiyo geografiya hamjamiyati;
Markaziy Osiyo Yer amaliy tadqiqotlari instituti;
Nemis-Qozoq universiteti;
Rossiya Fanlar akademiyasining Kosmik tadqiqotlar instituti;
L.N.Gumilev nomidagi Yevraziya Milliy universiteti;
Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti;
Balasogun nomidagi Qirg‘iziston Milliy universiteti

Potsdam iqlim o‘zgarishi tadqiqotlari instituti hamda O‘zbekiston Milliy universiteti o‘rtasida xalqaro hamkorlikni o‘rnatish bo‘yicha memarandumni imzolash vaqti