Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Kafedra mudiri

ZAITOV ELYOR XOLMAMATOVICH
ZAITOV ELYOR XOLMAMATOVICH>

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Fan nomzodi, PhD

Ilmiy unvoni:

Unvonsiz

Qabul kunlari:

Manzil:

Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

Kafedra tarixi

   Toshkent Davlat universitetining 1989 yil 25 mayida bo‘lib o‘tgan Ilmiy Kengashida Falsafa-iqtisod fakulteti negizida “Sotsiologiya” kafedrasi va sotsiologik Markazni tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash uchun shu yilning 27 avgustida rektor Sh.A.Alimovning kafedra faoliyatiga oid yetti banddan iborat buyrug‘i imzolandi. Hujjatning uchinchi bandida kafedra mudiri vazifasini vaqtincha bajarish universitetning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent S.I.Nikolayev zimmasiga yuklatildi.
   Birinchi bo‘lib tayinlangan kafedra mudiri f.f.n., dotsent S.I.Nikolayev 1992 yilning oxirigacha faoliyat ko‘rsatdi. Ikkinchi kafedra mudiri etib f.f.n., dotsent A.Haydarov tayinlandi va u 1994 yilning iyun oyigacha faoliyat ko‘rsatdi. 1994 yildan boshlab kafedra va Sotsiologik ilmiy-tadqiqot Markaziga iqtisod fanlari doktori, professor N.S.Aliqoriyev rahbarlik qilgan. Undan so‘ng kafedrani B.A.Farfiyev, M.X.Ganiyeva, N.M.Latipova, K.K.Kalanovlar boshqarganlar va hozirgi kunda kafedra mudiri sifatida E.X.Zaitov faoliyat olib bormoqda.
   Mustaqillik tufayli sotsiologiya faniga bo‘lgan e’tibor kuchayib bordi. 1998 yilda shu davrda kafedra mudiri bo‘lgan prof. N.S.Aliqoriyevning sa’yi harakatlari natijasida sotsiologiya fani oliy o‘quv yurtlarining barcha fakultetlari talabalariga hamda harbiy o‘quv yurtlarida majburiy fanlar qatorida o‘qitila boshlandi. 1997 yilda prof. N.S.Aliqoriyev hamda “Inson huquqlarini himoya qilish” Markazi direktori akademik A.Saidovlar tashabbusi tufayli Birinchi Prezident I.A.Karimov hayrihohligi ostida Toshkent shahrida ochilgan Ijtimoiy fikr Markazi akademik R.A.Ubaydullayeva rahbarligida yildan yilga rivojlanib, ijtimoiy muammolarni hal qilgan. “Ijtimoiy fikr” Markazi 1997 yilda tashkil etilgandan boshlab, Markazning tadqiqot jamoasi butun mamlakat miqyosida birinchi bo‘lib, jamoatchilik fikrining sotsiologik so‘rovlarini muntazam ravishda o‘tkazishni boshladi. O‘zining yigirma yildan ortiqroq faoliyati davomida Markaz sotsiologiya fanida mavjud turli xil usullar asosida 650 dan ortiq majmuaviy tadqiqotlar o‘tkazdi. Hozirda ushbu markaz qoshida O‘zbekiston sotsiologlari Assotsiatsiyasi tuzilgan.
   1999 yilda O‘zbekistonda birinchi marta o‘zbek tilida prof. N.Aliqoriev rahbarligida “Umumiy sotsiologiya” darsligi chop etildi.
1975 yil mamlakatimizda ToshDU O‘JIT (O‘quv jarayonini ilmiy tashkil qilish) kafedrasi qoshida birinchi sotsiologiya kabineti ochilgan. 1989 yil sentabrda sotsiologiya bo‘limiga dastlabki 50 nafar talaba o‘zbek va rus ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilingan. Kafedraning birinchi o‘qituvchilari prof. V.N.Osminin, dos.R.T.Ubaydullaeva, dos.X.Xaydarov, V.A.Xayrulina, I.Dilmurodov, Sh.Kodirova, N.M.Latipovalar bo‘lishgan. Sotsiologik tadqiqotlar Markazi va Umumiy metodik kengash asosida Oliy ta’lim muammolari instituti tashkil etildi. 90-yillar boshida esa kafedra qoshida Sotsiologiya laboratoriyasi tashkil etilgan va hamkorlikda keng faoliyat ko‘rsatgan. 2009 yil 26 avgustdagi O‘zMU rektorining 01-169 sonli buyrug‘iga asosan O‘zMUda sotsiologiya o‘quv laboratoriyasi qayta tiklangan.
   O‘zMU Sotsiologiya kafedrasi sotsiolog-olimlar va professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish borasida ham faol ishlar olib borilgan. Sotsiolog-olimlar tomonidan maxsus dastur yaratilib, uning asosida Oliy pedagogika institutining Davlat va jamiyat qurilishi kafedrasida professor N.S.Aliqoriyev rahbarligida bu soha o‘qituvchilariga sotsiologiya fanining eng dolzarb va zamonaviy muammolari yo‘nalishi bo‘yicha nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar olib borganlar. Sotsiolog tinglovchilarga qo‘shimcha ravishda milliy g‘oya va mafkuraning ijtimoiy asoslari bo‘yicha ham ma’ruzalar, davra suhbatlari olib borilgan. Hozirgi kunda ham kafedra professor-o‘qituvchilari o‘z malakalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazida oshirib kelmoqdalar.
Umuman olganda, sotsiologiya fanining ravnaqi O‘zbekistonda borgan sari ortib bormoqda. Birinchi Prezident I.A.Karimov ijtimoiy fikrni o‘rganish jarayonini jamiyat taraqqiyotining barometri, deb atagan edilar. Bu bejiz emas, zero, sotsiologiya fanining usullari orqali jamiyatdagi barcha ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni ommaning fikri va zikri orqali o‘rganish bu oddiy holgina bo‘lmay, balki jamiyat taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuchdir.
   Hozirgi kungacha kafedrada 1215 bakalavr hamda 100 dan ortiq magistr talabalari tayyorlandi. Kafedrada 1994 yildan buyon 9 ta fan doktori, 15 tadan ziyod fan nomzodlari tayyorlandi.

Kafedra tarkibi

XOLBEKOV ABDUGANI JUMANAZAROVICH

Xolbekov Abdugani Jumanazarovich

Professor

Batafsil
UBAYDULLAYEVA RAISA TURSUNOVNA

Ubaydullayeva Raisa Tursunovna

Professor

Batafsil
ALIKARIYEV NURIDDIN SAPARKARIYEVICH

Alikariyev Nuriddin Saparkariyevich

Professor

Batafsil
AXMEDOVA FERUZA MEDETOVNA

Axmedova Feruza Medetovna

Dotsent

Batafsil
XUSANOVA XAYRINISO TAYIROVNA

Xusanova Xayriniso Tayirovna

Dotsent

Batafsil
SABIROVA UMIDA FARXADOVNA

Sabirova Umida Farxadovna

Dotsent

Batafsil
ALIKARIYEVA A’LOXON NURIDDINOVNA

Alikariyeva A’loxon Nuriddinovna

Dotsent

Batafsil
JIYANMURATOVA GULNOZ SHERBUTAYEVNA

Jiyanmuratova Gulnoz Sherbutayevna

Dotsent

Batafsil
KALANOVA SABOXAT MURADOVNA

Kalanova Saboxat Muradovna

Dotsent

Batafsil
USMONOV SAIDIKROMXO‘JA SAYDALIYEVICH

Usmonov Saidikromxo‘ja Saydaliyevich

Dotsent

Batafsil
NEMATOVA DILFUZAXON TULANBOYEVNA

Nematova Dilfuzaxon Tulanboyevna

Katta o‘qituvchi

Batafsil
ERNAZAROV BEHZOD OLLABERGANOVICH

Ernazarov Behzod Ollaberganovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil
RESHETNIKOV IVAN VALEREVICH

Reshetnikov Ivan Valerevich

Katta o‘qituvchi

Batafsil
AXMEDOV NODIR XATAMOVICH

Axmedov Nodir Xatamovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil
NURQULOV BUNYOD G‘OFIR O‘G‘LI

Nurqulov Bunyod G‘ofir o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
ILXOMOV UMRBEK ULUG‘BEK O‘G‘LI

Ilxomov Umrbek Ulug‘bek o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
DULANBOYEVA OYGUL ASILBEK QIZI

Dulanboyeva Oygul Asilbek qizi

Assistent

Batafsil
IBRAGIMOV MURODJON BOXODIROVICH

Ibragimov Murodjon Boxodirovich

Assistent

Batafsil
TADJIBAYEV AZIZBEK BAXODIR O‘G‘LI

Tadjibayev Azizbek Baxodir o‘g‘li

Assistent

Batafsil
YO‘LDASHEV SHOXRUX ILHOMJON O‘G‘LI

Yo‘ldashev Shoxrux Ilhomjon o‘g‘li

Assistent

Batafsil

Ilmiy faoliyat

Hozirgi kungacha kafedrada 1215 bakalavr hamda 100 dan ortiq  magistr talabalari tayyorlandi. Kafedrada 1994-yildan buyon 8 ta fan doktori, 15 tadan ziyod fan nomzodlari tayyorlandi. Sotsiologiya kafedrasi mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari ichida yetakchi vazifasini bajarib, ulardagi sotsiologiya bo‘limlariga, kafedralariga va sotsiologlarga ilmiy-metodik va amaliy jihatdan yordam ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, kafedrada 10 dan ortiq fan nomzodlari va dotsentlar, professorlar tayyorlandi. Ular jumlasiga, Ubaydullayeva R.T., Farfiyev B.A., Latipova N.M., Sabirova U.F., Xusanova X.T., Zaitov E.X., Alikariyeva A.N., Kalanov K., Yunusov A., Jiyanmuratova G.Sh., va b.
So‘nggi uch yil ichida kafedraning tadqiqotchilari R.Ubaydullayeva, A.Seitov, B.A.Farfiyev, F.Parmanov, S.Otamuratov, U.F.Sabirova, A.N.Alikariyeva sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (DSc) ilmiy darajasiga hamda G.Jiyanmuratova, M.Ergasheva, X.Kadirova, Sh.Raximova, F.Axmedova, A.Abdullaev, N.Mannonova, Z.Uzakova, N.Axmedov, X.F.Akramov, O.Dulanbaeva, F.Abduvaliev, ,S.Xodjayev, A.Tolipov, X.Burxonov, B.Berdiyev, A.Shermuxamedova, S.Abdullayev, B.Ernazarov, D.Ne’matovalar sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldilar.
Kafedrada OAK tomonidan tavsiya etilgan “Sotsiologiya fanlari”  (www.tadqiqot.uz\soci) elektron jurnali faoliyat olib borilmoqda va kafedra professor-o‘qituvchilari tahrir a’zosi bo‘lib, yiliga 7 ta soni nashrdan chiqmoqda. Kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari ushbu jurnalda  maqola chop ettiradilar. Kafedra professor-o‘qituvchilari O‘zMU nomidan bir qator davlat va nodavlat tashkilotlarining buyurtmalari asosida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlarda faol ishtirok etadilar.
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari mavzulari Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha fundamental, amaliy tadqiqotlar va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlarini chuqurlashtirishni ustuvor yo‘nalishlariga mos keladi, ya’ni kafedrada “Zamonaviy sotsiologiya fanining dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kafedrada 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan PZ-2017093020 “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va prognozlashtirishning uslubiy asoslarini ishlab chiqish va kompleks dasturini yaratish” mavzusida ilmiy tadqiqot loyihasi bajarilgan.
Hozirgi kunda kafedrada 5 ta fan doktori va 6 ta fan nomzodlari faoliyat yuritmoqdalar. Kafedrada yosh sotsiolog mutaxassislarga e’tibor oshib bormoqda. Yosh xodimlarning 10 yaqin doktorlik dissertatsiyalari ustida faol ish olib bormoqdalar. 100 dan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirildi, qator monografiyalar va ilmiy qo‘llanmalar chop etildi. Hozirgi kunda yana 4 ta fan nomzodi va 3 ta fan doktori bo‘yicha dissertatsiyalar himoyaga chiqmoqda. Kafedrada hozirgi kunda 200 dan ortiq bakalavr va magistr talabalari ta’lim olmoqdalar.
Qolaversa, kafedrada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot natijalari universitet rahbariyati va mazkur kafedralar tashabbusi bilan tashkil etilayotgan xalqaro va respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida aprobatsiya qilib borilyapti. “Zamonaviy sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari” ruknidagi ilmiy maqolalar to‘plamlarini har yili nashr etish yo‘lga qo‘yilgan. Kafedra mudiri, dotsent E.Zaitov Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston sotsiologlari Assotsiatsiyasi va Yevroosiyo sotsiologlari assotsiatsiyasining a’zolari bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda.
Sotsiologiya kafedrasining barcha professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Sotsiologlari assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lishgan. O‘tgan vaqt mobaynida kafedra tomonidan 20 dan ortiq respublika va xalqaro miqyosidagi konferensiyalar o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi OAK ro‘yxatiga kiritilgan “Ijtimoiy tadqiqotlar” elektron jurnalining redkollegiya tarkibining asosiy qismi kafedra professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan. Bu esa o‘z navbatida kafedraning ilmiy salohiyati respublika miqyosida yuqori o‘rinlardan birida turishini anglatadi.

Xalqaro hamkorlik

   PhD, dotsent Axmedova F.M. 2022-yil 2-3-fevral kunlari Qozog‘istonning Astana shahridagi L.N. Gumilyov nomidagi Yevrosiyo Milliy universiteti (“QS World University Rankings” reytingida 300-o‘rinda) talaba, magistr va doktorantlariga “Tibbiyot sotsiologiyasi” fanidanakademik mobillik doirasida 12 soat onlayn ma’ruza o‘qildi. (Asos: O‘zMU rektorining 16.04.2022y № 02-761-sonli buyrug‘idan ko‘chirmasi va I.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo universiteti taqdim etgan sertifikat)
   Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Qozog‘istonning L.N.Gumelev nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti(“QS World University Rankings” reytingida 300-o‘rinda) o‘rtasida tuzilgan Anglashuv Memorandum doirasida L.N.Gumelev nomidagi Yevroosiyo milliy universitetining professori, sotsiologiya fanlari doktori Burakanova Galiya Masagutovna 2022 yilning 19-20 oktabr kunlari O‘zMU Ijtimoiy fakultetining “Sotsiologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchi va talabalariga “Politicheskaya sotsiologiya” fanidan “Davlat imidji” mavzusida onlayn ma’ruza o‘qidi.
O‘zbekiston Milliy universitetining milliy va xalqaro reytinglardagi mavqeini oshirish maqsadida kafedraning S.f.d, prof.Xolbekov A.J., f.f.n, dotsent Xaydarov A., PhD, dotsent v.b. Axmedova F.M 2022-yilning 25-oktabrdan 29-oktabr kunlari Qozog‘istonning Astana shahridagi L.N. Gumilyov nomidagi Yevrosiyo Milliy universiteti (“QS World University Rankings” reytingida 300-o‘rinda) taklifiga ko‘ra 12 soatdan ma’ruza o‘qidilar. Ma’ruzalar Siyosiy sotsiologiya, Globallashuv sotsiologiyasi va Tibbiyot sotsiologiyasi fanlaridan Yevrosiyo Milliy universitetining magistr va doktorantlariga o‘qildi. (Asos: O‘zMU rektorining 16.04.2022y № 02-761-sonli buyrug‘idan ko‘chirma, I.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo universitetining 2022 yil 17 oktabrdagi 05-17-13/-5433-sonli taklifnomasi va taqdim etgan sertifikatlar)
2023 yil mart oyida akademik mobillik doirasi o‘zaro xamkorlik shartnomasi asosida bo‘lib o‘tadigan Shimkentdagi Muxtar Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Davlat universitetining “Siyosatshunoslik va sotsiologiya” kafedrasi bilan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.(Asos: M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Janubiy Qozog‘iston Davlat universitetining xamkorlik shartnomasi).
   2021-2022 o‘quv yilining 3 dekabridan 17 dekabriga qadar Turkiya Respublikasining Isparta shahrida joylashgan Sulaymon Demiral universiteti professori Songul Sallan sotsiologiya kafedrasi talabalariga “Sotsiologiya tarixi” fanidan ma’ruzalar o‘qidi. Ma’ruzalarni talabalarga tushunarli bo‘lishida va ma’ruzachiga berilgan savollarni tarjima qilishda kafedra o‘qituvchisi D.Nematova yaqindan yordam berdi. Kafedra professor o‘qituvchilari xam kelgusida Sulaymon Demiral universiteti talabalariga zum orqali dars berishi mumkinligi xaqida Songul xonim bilan kelishib, kelajakda ilmiy va o‘quv ishlarini olib borishni maqsad qildilar.Kafedra professor-o‘qituvchilarini xalqaro aloqalarni mustahkamlash, universitetni xalqaro maqomini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Kafedrada xorijiy tillarni biladigan o‘qituvchilarga xalqaro aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha shart-sharoit yaratilgan.
Xorijiy hamkorlar (Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va Tojikiston kabi davlatlar) ishtirokida tadbirlar va davra suhbatlarini o‘tkazib boriladi. Qozog‘istonning Al-Farobiy Qozoq Milliy universiteti, Qozog‘istonning L.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti, Qozog‘istonning M.Auezov nomidagi Shimoliy Qozog‘iston universiteti, Qirg‘iziston Milliy universiteti, Rossiyaning Kazan Federal universiteti, Turkiyaning EGE universiteti, Turkiyaning Marmara universiteti bilan hamkorlikda turli xil xalqaro loyihalar yozish va amalga oshirildi.
Xorijiy OTMlar sotsiolog olimlari bilan xalqaro tan oligan bazalarga kiruvi (Scopus, WoS) ilmiy jurallarda xamkorlikda maqolalar chop etish, o‘quv-metodik adabiyotlar chop etish masalalarini kelishib olish va istiqbolli rejalar tuzish mo‘ljallangan.
   L.Gumilyov nomidagi Yevrosiyo Milliy universiteti sotsiolog olimlaridan Sotsiologiya kafedrasi mudiri s.f.n.,dos.N.Baygabulov (Razvitie sotsiologii v Kazaxstane), s.f.d., prof.G.M.Burakanova, k.s.n.,dos. K.Muxambetova, prof.S.I.Kovalskaya va boshqa olimlarning onlayn va oflayn ma’ruzalarini tashkil etilgan.
Qozog‘istonning Al-Farobiy Qozoq Milliy universiteti f.f.d., prof A.Sagikizining “Globallashuv muammolari” mavzusidagi onlayn ma’ruzasini o‘tkazish amalga oshiriladi.
   Qozog‘istonning M.Auezov nomidagi Shimoliy Qozog‘iston universiteti professor S.A.Majinbekovning “Siyosiy sotsiologiya” mavzusidagi onlayn ma’ruzalarini o‘tkazish mo‘ljallangan.
Kafedra Turkiyaning EGE universitetining “Fan va adabiyot” fakultetining “Sotsiologiya bo‘limi professori” Selami Fedakarning onlayn ma’ruzasini tashkil qilish va Turkiyaning Marmara universitetining “Sotsiologiya” departamenti professori Nuri Tinazning onlayn ma’ruzalarini tashkil qilish amalga oshirilmoqchi.
   -Qirg‘iziston Milliy universitetining “Sotsiologiya va ijtimoiy ish” kafedrasi mudiri, s.f.n. A.R.Jusubalievning “Sotsialnaya statistika” mavzusida onlayn ma’ruzani tashkil ettirish hamda Rossiyaning Kazan Federal universitetining sotsiologiya kafedrasiga akademik mobillik doirasida izchil o‘zaro xamkorlik rejalarni ishlab chiqish mo‘ljallangan.
   Xorijiy olimlarni taklif etgan holda xalqaro miqyosida kafedrada “Zamonaviy dunyoning sotsiomadaniy manzarasi va ijtimoiy tizimlar transformatsiyasi” mavzusida ilmiy anjuman o‘tkazildi. Anjuman ta’lim, migratsiya, kundalik hayot, yoshlar, oila va gender kabi yo‘nalish va sohalarda innovatsion texnologiyalarga oid ma’ruzalar tashkil ettirildi.