Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Kafedra mudiri

Kafedra tarixi

Tabiiy birikmalar kimyosi kafedrasi 1946 yilda kimyo fanlari doktori O.S.Sodiqov tashabbusi bilan tashkil etilgan. 1956 yilda o‘simlik dunyosini yanada kengroq o‘rganish maqsadida kafedra qoshida Tabiiy birikmalar kimyosi muammolari ilmiy laboratoriyasi tashkil etilgan.
    Kafedrani 1946-1972 yillarda – akad. Obid Sodiqovich Sodiqov; 1972-1980 yillarda – prof. O.S. Otroshenko; 1981-1985 va 1988-1992 yillarda – prof. X. Aslanov; 1985-1988 yillarda – dots. T.K. YUnusov; 1992-1998 yillarda – prof. S. A. Auelbekov; 1998-2004 yillarda – akad. SH.I.Salixov; 2004-2005 yillarda – prof. A.O.Sodiqov; 2005-2012 yillarda – prof. D.N.Dalimov; 2012-2013 yillarda – dots. A.X.Xaitboev; 2013-2019 yillarda dots. S.A.Maulyanovlar boshqardilar, 2019 yildan xozirgacha k.f.d., prof.Boboev B.N rahbarlik qilmoqda.
Hozirgi kunda kafedrada 5140500-Kimyo (bakalavr) va 5141800-Tabiiy fiziologik faol birikmalar kimyosi yo‘nalishlari bo‘yicha 10 ta fandan va 5A140501-Kimyo (Bioorganik kimyo), 5A140502-Radiokimyo magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 8 ta fandan saboq berib kelinadi. Bu fanlarning talabalarga etkazilishida kafedraning prof.Boboev B.N., prof.Dalimova G.N., dots. XamidovaG.R., dots. Maulyanov S.A. dots.SH.YA.Mirzaaxmedov, dots.A.G.Eshimbetovlar bilan bir qatorda O‘zR FA institutlari xodimlari prof.SHerimbetov S., prof Qurbonov B., prof.Botirov E., k.f.n. Xo‘jaev S., YUldashev X., PhD YOrmatov B., Berdiev N. va yosh o‘qituvchilar PhD Eshbekov A., doktorantlar Sarabekov A., Mustafaeva D., magistrlar Bayxanova N., Siddiqova S.ham faol ish olib bormoqdalar.
    Kafedra yo‘nalishidagi fanlardan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun “Lagochilus avlodiga mansub o‘simliklar kimyosi, biologiyasi va fiziologik xossalari” monografiyasi va qator uslubiy qo‘llanmalar chop etildi, “Uglevodlar va lipidlar kimyosiga kirish” o‘quv qo‘llanmasini chop etishga ruxsat berildi. YAngi o‘quv yiliga “Bioorganik kimyo”darsligi, “Kimyo o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmalari yaratiladi. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi talabalari yangi avlod o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlanib boryaptilar.
    Kafedra ilmiy yo‘nalishi O‘zbekistonda o‘sadigan dorivor o‘simliklarni tadqiq qilish, ulardan biologik faol birikmalarni ajratib olish, modifikatsiyalash va biologik faolligini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, buyo‘nalishdagiishlar davlat ilmiy loyihalari va FA institutlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Ohiri vaqtlarda olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida Inebrin dori vositasi allergiyaga qarshi va qon to‘xtatuvchi vosita sifatida tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun O‘zR SSV Farmakologik qumitasi tomonidan tibbiyot amaliyotga qo‘llash uchun ruxsatnoma olindi.
    Kafedra ilmiy yo‘nalishining dolzarbligini e’tiborga olib hamda kafedra tashkil etilganligining 75 yilligi munosabati bilan 2021 yil 27 mayda Tabiiy birikmalar kimyosi “O‘zbekistonda tabiiy birikmalar kimyosining rivoji va kelajagi” mavzusida chet el olimlari ishtirokida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
    Mustaqillik yillarida kafedra professor-o‘qituvchilari rahbarligida 18 ta fan nomzodi (PhD) va 10 ta fan doktori (DSc) tayyorlandi.
    Kafedrada ohirgi yillarda ilmiy ishlari bo‘yicha quyidagi ilmiy loyihalari bajarilgan: OT-A-10-2 – Ayrim alkaloidlar asosida teri rakiga qarshi dori vosita yaratish va olish texnologiyasini ishlab chiqish (ilmiy rahbar Maulyanov S.A.)
YOA-11-3 – maxalliy xomashyo asosida antioksidant xususiyatlarga ega bo‘lgan yangi samarali vositalar ishlab chiqish.(ilmiy rahbar Berdiev N.)
    YOA-11-4 – Maxalliy xom ashyo asosida gemostatik kollagen plenka olish texnologiyasini ishlab chiqish (ilmiy rahbar SHerimbetov S.G.)
    PZ-2017102419 – Pektinning kaliy, magniy, temirli tuzlarini olish usullarini ishlab chiqish (ilmiy rahbar Eshbekov A.E.)
OT-F7-61 “Geterotsiklik birikmalarning yangi hosilalari; sintezi, tuzilishi va biologik xossalari” (ilmiy rahbar Boboev B.N.)
Xorijiy tashkilotlar bilan ham hozirgi kunda hamkorlik aloqalari o‘rnatish ishlari olib borilmoqda, xususan, Rossiyaning Surgut davlat universiteti, Al Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti va hozirgi kunda kafedramizning bir qancha bitiruvchilari magistraturada tahsil olayotgan XXR FA SHinjon fizika va texnika instituti va SHanxay Materiya va medika institutlari bilan aloqalar o‘rnatilmoqda.

Kafedra tarkibi

BABAYEV BAXROM NURILLAYEVICH

Babayev Baxrom Nurillayevich

Professor(1,00 stavka)

Batafsil
XAITBAYEV ALISHER XAMIDOVICH

Xaitbayev Alisher Xamidovich

Professor(1,00 stavka)

Batafsil
XUDOYNAZAROV ILYOS ABDURASULOVICH

Xudoynazarov Ilyos Abdurasulovich

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
XAMIDOVA GULBAXOR RAXIMOVNA

Xamidova Gulbaxor Raximovna

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
MAULYANOV SALIXJAN ALIMJANOVICH

Maulyanov Salixjan Alimjanovich

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
DALIMOVA GULANDOM NUGMANOVNA

Dalimova Gulandom Nugmanovna

Dotsent(0,50 stavka)

Batafsil
MAXKAMOV BUNYODJON G‘ANIJONOVICH

Maxkamov Bunyodjon G‘anijonovich

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
ESHONOV MUBASHSHIRXON ABDURASHIDOVICH

Eshonov Mubashshirxon Abdurashidovich

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
TOSHOV HAMZA SAYIDMURODOVICH

Toshov Hamza Sayidmurodovich

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
YULDASHEV IQBOLJON SHUKURALIYEVICH

Yuldashev Iqboljon Shukuraliyevich

Katta o‘qituvchi(0,75 stavka)

Batafsil
XIKMATOVA MALIKA MIRKADIROVNA

Xikmatova Malika Mirkadirovna

Katta o‘qituvchi(0,75 stavka)

Batafsil
JALILOV MIRJALOL KOMIL O‘G‘LI

Jalilov Mirjalol Komil o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
QULMATOV JO‘RABEK RO‘ZIMOVICH

Qulmatov Jo‘rabek Ro‘zimovich

Stajer-o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
RAXMONOV BOBURJON DILSHODJON O‘G‘LI

Raxmonov Boburjon Dilshodjon o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi(0,75 stavka)

Batafsil
SHOKIROV MUZAFFAR TUROBJON O‘G‘LI

Shokirov Muzaffar Turobjon o‘g‘li

Assistent(1,00 stavka)

Batafsil
SARABEKOV ASADBEK TAJIKULOVICH

Sarabekov Asadbek Tajikulovich

Assistent(1,00 stavka)

Batafsil

Ilmiy faoliyat

Uzbek Content

Xalqaro hamkorlik

Uzbek Content