Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Kafedra mudiri

XAKIMOV KAMOLIDDIN ABDUKARIMOVICH
XAKIMOV KAMOLIDDIN ABDUKARIMOVICH

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Darajasiz

Ilmiy unvoni:

Unvonsiz

Qabul kunlari:

Manzil:

Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

Kafedra tarixi

Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti geografiya va tabiiy resurslar fakulteti tabiiy geografiya kafedrasiga 1920-yilda asos solingan, shu yili Oʼrta Osiyo davlat universitetning harbiy fakultetida Turkiston geografiyasi kafedrasi tashkil etilgan.

1940-yildan boshlab mustaqil ravishda tabiiy geografiya (kafedra mudiri N.L.Korjenevskiy) kafedrasi faoliyat koʼrsata boshladi. Oʼsha davrlarda tabiiy geografiya kafedrasi aʼzolari Oʼrta Osiyoning ayrim rayonlarini tabiiy geografik tavsiflash, geomorfologik tadqiqotlar olib borishgan.

1943-yili kafedra a’zosi – birinchi o‘zbek geografi N.D. Dolimov “Nurota tog‘larining kompleks tabiiy geografik xarakteristikasi” mavzuyida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. N.D.Dolimovning geografiya fanini rivojlantirish, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashdagi xizmatlari katta. Ushbu xizmatlar uchun 1970-yili N.D.Dolimovga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” unvoni berildi.

1940-yillarning o‘rtalarida kafedraga taniqli olimlar – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arboblari, geomorfolog Yu.A.Skvorsov, iqlimshunos L.N.Babushkinlarning ishga o‘tishi va chuqur ilmiy izlanishlar olib borishi, “To‘rtlamchi davr geologiyasi va geomorfologiyasi” ilmiy maktabining yaratilishiga asos bo‘ldi. 1950-1960 yillari kafedra a’zosi H.H.Hasanov geografiya tarixi, toponimika va terminologiya, O‘rta Osiyolik sayyohatchilarning geografik merosini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar olib bordi.

1960-yillardan boshlab, O‘rta Osiyo tabiatini geografik o‘rganish tarixi bilan R.U.Rahimbekov shug‘ullana boshladi. 1970 yili uning shu mavzuga oid yirik monografiyasi bosilib chiqdi. Shuningdek, R.U.Rahimbekov Kashkarov-Korovinning O‘rta Osiyo ekologiya-geografiya ilmiy maktabini asoslab berdi.

Fakultet 1970-yillarga qadar kompleks tabiiy geografik rayonlashtirish muammolari bilan L.N.Babushkin va N.A.Kogay, geomorfologiya va to‘rtlamchi davr geologiyasiga oid tadqiqotlar bilan Yu.A.Skvorsov va O.Yu.Poslavskayalar shug‘ullanishgan.

Kafedra olimlari N.D.Dolimov, H.H.Hasanov, P.N.G‘ulomov va R.U.Rahimbekovlarni ilmiy-ommabop va o‘quv adabiyotlarini rus tilidan o‘zbek tiliga o‘girgan mohir tarjimon sifatida yaxshi bilishgan.

1990-yillarning boshiga qadar kafedrada ilgaridan rivojlanib kelgan asosiy ilmiy yo‘nalishlar bilan birga atrof-muhitni muhofaza qilishning geografik asoslari, geografiya tarixi va metodlogiyasi, paleogeografiya, shuningdek, Orol dengizi  muammolari (A.A.Rafiqov) bilan bog‘liq ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan.

Kafedra a’zolari fakultetda O‘zbekiston Geografiya jamiyati bilan hamkorlikda qator xalqaro va respublika miqyosidagi bir qancha ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etishdi.

Keyingi yillarda kafedrada qator mablag‘ bilan ta’minlangan fundamental, amaliy, innovasion loyihalar bajarildi. Bu ilmiy mavzularga professor-o‘qituvchilar bilan bir qatorda yosh o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrlar va iqtidorli talabalar ham jalb etilgan. Kafedrada ilmiy izlanishlar olib borayotgan yoshlarga alohida e’tibor berilmoqda.

Kafedrada keyingi – Mustaqillik yillarida tabiiy geograflarning o‘rta avlod vakillari Sh.S.Zokirov, P.N.G‘ulomov, M.Mamatqulov va boshqalarning yangi ilmiy asarlari nashr etildi.

Dosent P.N.G‘ulomov mustaqillik yillarida inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni ilmiy tahlil etish, tabiatdan foydalanishning geografik asoslarini yaratish, tabiiy resurslaridan samarali foydalanish, inson xo‘jalik faoliyatini tabiat qonuniyatlari asosida tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan tadqiqotlarini davom ettirgan holda, geografiya tarixi, toponimika va geografik atamashunoslik yo‘nalishida, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratishda ham salmoqli ishlarni amalga oshirdi.

P.N.G‘ulomovning samarali mehnatlari munosib topilib, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

M.Mamatqulov chuqur ilmiy tadqiqotlarni, sharafli pedagogik faoliyatni olib borish  bilan birga, geografiya fanidan umumta’lim va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun 3 ta darslik, geografiya yo‘nalishi talabalari uchun 4 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta monografiya muallifidir.

Qizilqum, Qoraqum cho‘llari, Chirchiq-Ohangaron vodiysi, Turkiston tog‘larida o‘tkazilgan uzoq yillik ilmiy ekspedisiyalarda samarali mehnat qilgan, o‘ziga xos ilmiy natijalarga erishgan Asamutdin Zaynutdinov (1940-2015) universitet tabiiy geograflari safiga mustaqillik yillarida kelib qo‘shildi. U mustaqillikning ilk yillarida Chorbog‘ suv ombori janubidagi bir necha dam olish manzilgohlari, Hojimushkent suv ombori to‘g‘on atrofi, Beldorsoydagi dam olish, chang‘i uchish, pansionatlar o‘rni, Qashqadaryodagi Tallimarjon IES o‘rnini geologik-geomorfologik jihatdan o‘rganib, asoslab berishda faol qatnashdi.

Geografiya fanlari nomzodi, dosent I.A.Hasanov (1940)  universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari orasida tabiiy geografik tadqiqot va ekspedisiyalarning faol ishtirokchisi sifatida tanilgan. Uning asosiy ilmiy ijodi tabiiy geografiya, tabiiy komplekslarni maqsadli baholash, meliorativ va rekreasion geografiya yo‘nalishlariga bag‘ishlangan.

O‘ktam Qobiljonovich Abdunazarov (1942) O‘rta Osiyo hududida keng tarqalgan, juda muhim paleogeografik, stratigrafiya va muhandislik geologiyasi nuqtai-nazaridan ahamiyatga ega bo‘lgan qadimgi tuproq qatlamlarini birinchi bor har tomonlama tizimli o‘rgandi. U ustozi prof. I.N.Stepanov bilan birgalikda O‘rta Osiyoda tarqalgan lyossimon tog‘ jinslarining tarkibidagi ko‘milib ketgan qadimgi tuproqlarning paleogeografik va stratigrafik ahamiyatini ilmiy asoslab berdi. Sibir daryolari suvining bir qismini Orol havzasiga keltirishga oid ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishda ham faol ishtirok etdi. Uning muallifligi va hammuallifligida O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiatini tahlil etuvchi 20 dan ortiq o‘rta masshtabli xaritalar yaratildi.

Ilmiy tadqiqot va izlanishlari ildizi ХХ asrning 70 yilariga borib taqalsada, asosiy ilmiy ijodi mustaqillik yillarida keng quloch yozgan olim, geografiya fanlari nomzodi, dotsent Abdurasul Alimovich Sagatov (1943-2005)ning ishlari alohida ahamiyatga ega. U 1993 yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, geografiya fanlari doktori, professor N.A.Kogay rahbarligida “Анализ физико-географических условий Узбекистана для целей градостроительства” mavzuida nomzodlik dissertasiyasini himoya qildi. Dosent A.A.Sagatov mashaqqatli pedagogik faoliyatni olib borish bilan birga, O‘zbekiston hududini shaharsozlik maqsadida tabiiy geografik rayonlashtirish, relyefni turli inshootlar qurilishi nuqtai nazaridan baholash, tabiiy geografik tadqiqot metodlarini tasniflash masalalariga bag‘ishlangan tadqiqotlarni olib bordi.

Milliy mustaqillikning ilk yillaridanoq tabiiy geograflar tarkibiga yosh mutaxassislar jalb etildi. Ular tarkibi yangi avlod, ya’ni mustaqillik davri professor-o‘qituvchilari N.I.Sabitova, Z.S.Saidkarimova, R.Yusupov, M.T.Mirakmalov, keyinchalik Sh.M.Sharipov, H.B.Nikadambaeva, N.T.Shamuratova, B.Yu.Egamov, R.A.Ibragimovalar bilan yangilandi. Ular universitetda pedagogik faoliyatni olib borish bilan birga, o‘z ustozlari kabi tabiiy geografiyaning turli yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlarni muvvafaqiyatli davom ettirmoqda.

Geografiya fanlari doktori, professor Naila Ismailovna Sabitova (1954) ijodining katta qismi atrof-muhitni  muhofaza  qilish, tuproqlar unumdorligini oshirishning ilmiy  asoslarini ishlab chiqish, tabiiy komplekslarining meliorativ holatini o‘rganish, suv resurslaridan foydalanish hamda ekologiya masalalarining echimiga yo‘naltirilgan bilan ajralib turadi. U ayni paytda, pedagogik faoliyatni muvofaqqiyatli olib borish bildan birga, bir qator ilmiy ishlanmalar, shuningdek fundamental va amaliy loyihalarda faol qatnashib kelmoqda.

Tabiiy geograflarning yangi avlod, ya’ni milliy mustaqillik davri tadqiqotchi, professor-o‘qituvchilari endi tavsifiy yoki tasviriy geografik tadqiqotlar emas, balki alohida geotizim, tabiiy geografik komplekslar va kichik hududlar doirasida, tabiiy geografiyaning yangi yo‘nalishlari, tor va quyi tarmoqlari, iqtisodiyot tarmoqlari uchun manfaatli jihatlari bo‘yicha o‘z tadqiqotlarini olib bormoqda.

M.T.Mirakmalov tabiiy geografik terminologiya, toponimika va geografik lingvistika, Z.S.Saidkarimova foydali qazilmalarni qazib olish jarayonida landshaftlar o‘zgarishini baholash va bashorat qilish, R.Yusupov tabiiy geografik komplekslarning rivojlanishida ekzogen jarayonlarning roli, Sh.M.Sharipov geoekologiya, landshaftlar xilma-xilligini saqlash, N.T.Shamuratova turizm, ekoturizmning tabiiy geografik jihatlari, R.A.Ibragimova tabiiy geografik rayonlashtirish, B.Yu.Egamov tabiiy geografik g‘oyalar tarixi, geomorfologiya, geografiya ta’limi metodikasi, muammo va masalalariga bag‘ishlangan o‘z tadqiqotlarini olib bormoqda.

2019 yili kafedraga geografiya fanlari doktori A.K.Urazbaev jalb qilindi. A.K.O‘razboev o‘zining ilmiy faoliyati davomida tizimli yondashuvga asoslangan holda, relyef plastikasi usulini qo‘llash asosida, Amudaryoning hozirgi deltasidagi sug‘oriladigan hududlarning meliorativ holatini baholash bilan shug‘ullandi. Hozirgi kunda A.K.O‘razboev rahbarligida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari ham tizimli usul va relyef plastikasi ta’limotiga bag‘ishlangan bo‘lib, shogirdlari – yosh olimlar tomonidan davom ettirilmoqda.

O‘tgan yuz yillik davr mobaynida universitetda faoliyat olib borgan tabiiy geograflarning 5 nafari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, 1 nafari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Hozirgi kunda kafedra a’zolari tabiiy geografiya va uning tarmoqlariga oid fanlardan talabalarga nazariy bilim berishdan tashqari,umumiy tabiiy geografik o‘quv-dala, kompleks, ishlab chiqarish va pedagigok amaliyotlariga rahbarlik qilishadi.

Kafedra tarkibi

SABITOVA NAILA ISMAILOVNA

Sabitova Naila Ismailovna

Professor(1,00 stavka)

Batafsil
IBRAGIMOVA RANA ALIMBAYEVNA

Ibragimova Rana Alimbayevna

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
MIRAKMALOV MIRALI TURONBOYEVICH

Mirakmalov Mirali Turonboyevich

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
ABDUNAZAROV UKTAM KOBILJANOVICH

Abdunazarov Uktam Kobiljanovich

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
AVEZOV MUXRIDDIN MAQSUD O‘G‘LI

Avezov Muxriddin Maqsud o‘g‘li

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
MAMAJONOVA DILSO‘Z MAXAMMAD QIZI

Mamajonova Dilso‘z Maxammad qizi

Stajer-o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
ABDURAXIMOV SARVAR MIRODILOVICH

Abduraximov Sarvar Mirodilovich

Stajer-o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
JUMANOV LAZIZ BERDIMURATOVICH

Jumanov Laziz Berdimuratovich

Stajer-o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
RISBAYEV AKJIGIT ASKAROVICH

Risbayev Akjigit Askarovich

Assistent(1,00 stavka)

Batafsil

Ilmiy faoliyat

Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh Ilmiy darajasi, unvoni Dissertatsiya ishi mavzusi
1 Аvezov М.М. O‘qituvchi Buxoro viloyati toponimlari shakllanishi va tarqalishining tabiiy geografik asoslari
2 Safarov E.D. O‘qituvchi Xavfli tabiiy jarayonlarning Chorvoq erkin turistik zonasidagi muxandislikinshootlariga ta’sirini baholash
3 Xakimov K.А. O‘qituvchi Baxmal tumani tabiatidan foydalanishda landshaft rejalashtirishni qo‘llash
4 Ergasheva Y.H. O‘qituvchi O‘zbekistonda atmosfera suv bug‘idan chuchuk suvning muqobil manbayi sifatida foydalanishning tabiiy geografik jihatlari
5 Boymurodov D.O‘. O‘qituvchi Amirsoy havzasini rekreatsion-turistik baholash

Xalqaro hamkorlik

Kafedraning xorijiy  hamkorlari:

  • Moskva davlat universiteti
  • Zalsburg universiteti
  • Malaga universiteti
  • Qozon federal universiteti
  • Turkmaniston Fanlar akademiyasi Cho‘llar instituti.

Mahalliy hamkorlari:

  • O‘zR FA Seysmologiya instituti
  • O‘zR FA Geologiya va geofizika instituti
  • O‘zR FA “GIDROINGEO” instituti
  • O‘zR FA Botanika instituti
  • Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
  • Kadastr agentligi
  • “KARTOGRAFIYA” IIChDUK
  • O‘zGIDROMET
  • Respublika ta’lim markazi
  • Respublika toponimika xizmati.

Kafedraning xorijiy mamlakatlarning etakchi oliy o‘quv yurtlari bilan mutahkam aloqalari mavjud. Xususan, kafedra M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti tabiiy geografiya va landshaftshunoslik kafedrasi bilan shartnoma imzolangan. Unga muvofiq, kafedra mudiri M.T.Mirakmalov 2019-yil oktyabr oyida MDU geografiya fakultetida o‘z malakasini oshirdi.

O‘z navbatida MDU geografiya fakulteti talabalari 2020 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zMU geografiya fakultetiga tashrif buyurishdi hamda “Chorvoq” o‘quv-dala amaliyot bazasida amaliyot o‘tashdi. Kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilari esa ma’ruzalar o‘qishdi. Hozirgi kunda ushbu hamkorlik davom ettirilmoqda.