Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Kafedra mudiri

RAXIMOV MATNAZAR SHOMUROTOVICH
RAXIMOV MATNAZAR SHOMUROTOVICH

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Fan doktori, DSc

Ilmiy unvoni:

Professor

Qabul kunlari:

Dushanba-Juma, 09:00 – 17:00

Manzil:

Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

Kafedra tarixi

      Zoologiya kafedrasi dastlab ikkita kafedra – Umurtqasizlar zoologiyasi kafedrasi va Umurtqalilar zoologiyasi kafedrasi sifatida tashkil topgan. Zoologiya kafedrasi 2005-yil Umurtqasizlar zoologiyasi O‘IM (O‘quv ilmiy markazi) va Umurtqalilar zoologiyasi kafedrasining qo‘shilishidan tashkil topgan. Kafedraga tashkil qilingan vaqtdan 2010-yilga qadar prof. I.K. Kadirov raxbarlik qilib keldi.
2010-yildan Zoologiya kafedrasi Zoologiya va ixtiologiya kafedrasi deb ataldi.  2010-yildan 2015-yil noyabr oyigacha kafedraga b.f.n. G.A. Abduraxmonova raxbarlik qildi. 2015-yil  sentyabr oyidan dotsent Raximov M.Sh.kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda.
   Umurtqasizlar zoologiyasi kafedrasi 1920-yilda A.L Brodskiy tashabbusi  bilan tashkil etilgan. 1920-yildan 1941-yilgacha kafedraga A.L Brodskiy rahbarlik qilgan. A.L.Brodskiy 1920-yili Sirdaryo va Orol dengizi faunasi, Janubiy Tyan-Shan  tadqiqotlarida ishtirok etgan va bir qancha asarlar yaratgan. 1941 – 1986-yillar kafedraga b.f.d., prof. A.T. To‘laganov rahbarlik qilgan.   A.T. To‘laganov O‘zbekistonda Fitogelmintologiya maktabiga asos solgan olim, 100 dan ortiq ilmiy asar, 15 dan ortiq monografiyalar yaratgan. 1986-1997-yillarda kafedraga b.f.n. prof. Z.N.Norboyev rahbarlik qilgan. Olim tomonidan 2 ta darslik 10 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlangan.  1998-2005-yillarda  kafedraga b.f.n. dos. B.A.Mo‘minov raxbarlik qilgan.
   Umurtqalilar zoologiyasi kafedrasi 1920-yilda prof. D.N.Kashkarov tomonidan tashkil qilingan. 1935-1981-yillardan Umurtqalilar zoologiyasi kafedrasiga  zoolog-ekolog olim T.Z.Zoxidov rahbarlik qilgan. Olim O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, Beruniy nomli Davlat mukofoti sovrindori, Xizmat ko‘rsatgan fan arbobi bo‘lgan. 1981-2005-yillarda kafedraga b.f.d. prof. I.K.Kodirov rahbarlik qilgan.
Kafedra “O‘zbekiston hayvonot olami bioxilma-xilligi va uni asrash muammolari” mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.
Hozirgi kunda, kafedrada  7 ta shtat birligida professor-o‘qituvchilar 5140100-Biologiya yo‘nalishi, 5A140101-Biologiya, 5A140103-Ixtiologiya va gidrobiologiya mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavr va magistrlar talabalariga  tahsil berib kelmoqdalar.
     Kafedra tarkibida Zoologiya muzeyi, Ornitologik kolleksiya hamda “Fazianus” talabalar klubi mavjud.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 500 dan ortiq ilmiy asarlar, darslik, o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar nashr etilgan, jumladan: Mavlyanov O.M, Xurramov Sh.X., Eshova X.S. tomonidan 2006-yilda chop etilgan “Umurtqasizlar zoologiyasi”darsligi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Kafedrada kadrlar tayyorlash va ilmiy tadqiqot ishlarida katta ishlarni amalga oshirgan ustoz pedagoglar va ko‘zga ko‘ringan fan fidoyilari ishlagan. Jumladan: Ye.S Kiryanova, D.N.Kashkarov, T.Z Zoxidov, A.T.To‘laganov, Z.N Norboyev, I.K. Kadirov, Z.D. Majidova,   Ya.N.  Azizov, Ch.E. Yangiboyev va boshqalar.


 

Kafedra tarkibi

Xolboyev Faxriddin Raxmonkulovich

Professor

Batafsil

Eshova Xolisa Saidovna

Professor

Batafsil

Elmuratova Zulxumor Urazovna

Dotsent

Batafsil

Muminov Bakidjon Alimovich

Dotsent

Batafsil

Abduraxmanova Gulnora Abduraxmanovna

Dotsent

Batafsil

Quchqarov Abdivohid Xakimovich

Dotsent

Batafsil

Sadikova Sayora Atabayevna

Dotsent

Batafsil

Yangiboyev Elmurod Chorshanbiyevich

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Majidova Dilfuza Zubaydullayevna

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Raxmanova Laylo Abdurahmonovna

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Baltabayev Adambay Sadullayevich

Katta o‘qituvchi

Batafsil
SHODIYEVA FOTIMA OCHILOVNA

Shodiyeva Fotima Ochilovna

Katta o‘qituvchi

Batafsil
AZIZOV NABI YARASHOVICH

Azizov Nabi Yarashovich

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil

Ibragimov Qahramon Saparbayevich

Assistent

Batafsil

Ilmiy faoliyat

Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar toʻgʻrisida:
Kafedra “Oʻzbekiston hayvonot olami bioxilma-xilligi va uni asrash muammolari” mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib boradi.

 

Tadqiqotchi professor-oʻqituvchining F.I.Sh Ilmiy darajasi, unvoni  

Dissertatsiya ishi mavzusi

1 Raximov Matnazar Shomurotovich b.f.d., prof. Shimoli-sharqiy Oʻzbekiston kollembolalar turkumi faunasi, tarqalishi va ekologiyasi
2 Eshova Xolisa Saidovna b.f.d., prof. Oʻzbekiston choʻl hududlaridagi nematodlar va ularning yashash muhiti sharoitlariga moslashish yoʻllari
3 Xolboyev Faxriddin Raxmonqulovich b.f.d., prof. Фауна, население и экология птиц городов Кызылкумского района
4 Moʻminov Boqijon Alimovich b.f.n., dotsent Исследование морфо-физиологии хеморецепторов и полового поведения хлопковой совки Heliothis armigera Hbn
5 Abduraxmonova Gulnora Abduraxmonovna b.f.n., dotsent Фитонематоды хлопково-люцерновых агроценозов и значение агротехнических факторов в формировании их сообществ
6 Sadыkova Sayora Atabayevna b.f.n., dotsent Исследование действия ксенобиотиков (дропп, бутилкапстакс) на некоторые органы эндокринной и иммуной системы крыс
7 Qoʻchqorov Abdivohid Hakimovich b.f.n., dotsent Доминирование вида клопов-мирид Ташкентского оазиса и их роль в биоценотических процессах
8 Boltabayev Adamboy Sadullayevich b.f.n., dotsent Клопы – миридиы (Hemiptera, Hetepoptera) юга Приоралия
9 Elmuratova Zulxumor Urazovna b.f.n., dotsent

 

Janubiy Oʻzbekiston tuproqlari kollembolalarining faunasi va ekologiyasi
10 Raxmanova Laylo Abduraxmanovna PhD katta oʻqituvchi Гельминтофауна мелких жвачных животных Ташкентского оазиса и пути её формирования
11 Majidova Dilfuza Zubaydullayevna PhD katta oʻqituvchi Janubiy Oʻzbekiston tuproqlari Oribatid kanalarining faunasi va ekologiyasi
12 Yangiboyev Elmurod Chorshanbiyevich PhD. katta oʻqituvchi Qashqadaryo viloyati sudralib yuruvchilarining faunasi, ekologiyasi va ahamiyati
13 Omonov Shohrux Normo’minovich PhD. katta oʻqituvchi Zarafshonning o‘rta oqimi hududlari arvohkapalaklari (Sphingidae) ning faunasi va ekologiyasi

 

Xalqaro hamkorlik

  1. Mahalliy va xorijiy hamkorlar boʻyicha maʼlumot:

    1. Kafedra OʻzRFA Zoologiya instituti;
    2. OʻzR Qishloq va suv xoʻjalik vazirligi ilmiy-tadqiqot markazi chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik ITI stansiyalari, xoʻjaliklari va markazlari;
    3. Oʻzbekiston qushlarni ximoya qilish jamiyatlari;
    4. OʻzRFA qoshidagi Baliqchilik instituti va boshqa tashkilotlar bilan aloqalari va shartnomalar tuzgan

    Muzey ekspozitsiyasi va ilmiy fondi


    Ekspozitsiya qismi umurtqali va umurtqasiz hayvonlardan tashkil topgan boʻlib, umurtqali hayvonlar fondida 3 kenja tip va 9 sinfga mansub xordali hayvonlarning hoʻl preparatlari, skeletlari, mulyaj va tulup (chuchela) lar saqlanadi.
    Qushlarning 19 turkum 98 turga mansub 180 ta tulup (chuchela) lari saqlanadi;
    Sutemizuvchilarning 10 turkumga mansub 30 ta tulum (chuchela)lari saqlanadi. Juft tuyoqli hayvonlarning 15 juft shoxlari saqlanadi.
    Baliqlar, suvda ham quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilar sinfi vakillarining hoʻl preparatlari 230 shisha silindrlarda saqlanadi.
    Umurtqasiz hayvonlar fondida Yer yuzida uchraydigan koʻpgina umurtqasiz hayvonlari vakillarining eksponatlari saqlanadi. Umurtqasiz hayvonlarning aksariyat qismi hoʻl preparat sifatida shisha silindrlarda saqlanadi. Hasharotlar kolleksiyasi maxsus shkaflarda saqlanadi (ilovada koʻrsatilgan).
    Ornitologik kolleksiya muzeyning saqlash boʻlimida maxsus shkaflarda yopiq holda saqlanadi (ilovada).
    Muzey hamkorligi
    Zoologiya muzeyi boshqa zoologik muzeylar, jumaladan tabiat muzeyi bilan yaqindan hamkor, yaʼni oʻzaro eksponatlar almashlab turadi. Undan tashqari zoologiya kafedrasi bilan akademik litseylar oʻrtasidagi tuzilgan hamkorlik doirasida muzeyga litsey talabalari oʻqituvchilari rahbarligida kelib turadilar.

    Muzeyda oʻtkaziladigan tadbirlar va tashrif etuvchilar.


    Muzeyda muntazam ravishda OʻzMU prof-oʻqituvchilar qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqiy markazi tinglovchilari, fakultet mehmonlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari uchun ekskursiyalar oʻtkaziladi. Muzeyga chet el mehmonlari muntazam tashrif buyuradi. Barcha tashrif buyuruvchilar muzey jurnaliga muzey haqida oʻz fikrlarini yozib qoldiradilar.

    Muzey manzili


    Zoologiya muzeyi OʻzMUning biologiya fakulteti 3-qavat 301-xonsida, ilmiy kolleksiya esa 4-qavat, 426-xonasida joylashgan.