Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

“Chingiz Aytmatov – turkiy olamning umumiy iftixori” anjumani doirasida kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda “Chingiz Aytmatov – turkiy olamning umumiy iftixori” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazildi. Anjuman doirasida taniqli adib Roza Aytmatovaning “Xat keldi” hamda Qanibek Imonaliyevning “Qirg‘iznoma” asarlarining o‘zbek tilidagi tarjima nashrlari taqdimoti tashkil etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Duyshonqul Chotonov, Qirg‘iziston Yozuvchilar uyushmasi raisi Qanibek Imonaliev, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, O‘zMU professori Hamidulla Boltaboev va tarjimon Nurali Qobul o‘z chiqishlarida Chingiz Aytmatov ijodining turkiy xalqlar madaniy merosidagi o‘rni va ahamiyatini ta’kidlashdi.

 

Qirg‘iziston xalq shoiri Marqaboy Amatov hamda “O‘zbekiston – Qirg‘iziston” do‘stlik jamiyati direktori Zuhriddin Isomiddonovlar ham nutq so‘zlab, ikki xalq o‘rtasidagi adabiy-madaniy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslar haqida gapirdi.

Tadbir doirasida Chingiz Aytmatov tavalludining 100 yilligini xalqaro miqyosda nishonlash hamda 2028-yilni BMT tomonidan “Chingiz Aytmatov yili” deb e’lon qilish tashabbusi ilgari surildi.

 

Mazkur anjuman turkiy xalqlar o‘rtasidagi madaniy va adabiy aloqalarni mustahkamlash, buyuk yozuvchi Chingiz Aytmatov merosini keng targ‘ib etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

O‘zMU Axborot xizmati