Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Davlat va korporativ strategiyalari

A.Sadikov-Kafedra mudiri

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

V.I.Kvint-ilmiy maslahatchi

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

“Davlat va korporativ strategiyalar” kafedrasining ilmiy maslahatchisi akademik Vladimir Lvovich Kvint – M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Moskva iqtisodiyot maktabi “Iqtisodiy va moliyaviy strategiyalar” kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Rossiya fanlar akademiyasi xorijiy a’zosi.
V. Kvint tomonidan 98 ta kitob, 345 ta maqola, 88 ta konferensiya maruzalari va tezislari chop etilgan. RINS tarkibda chop etilgan maqolalarga iqtiboslar soni 3568 ta.
Akademik V. Kvint Rossiya Federatsiyasining Aleksandr Nevskiy, Hurmat, Do’stlik ordenlari, O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan.

Kafedraning tashkil etilishi

“Davlat va korporativ strategiyalari” kafedrasi O’zbekiston Milliy universiteti rektori, professor I. U. Madjidovning 2023-yil 3-oktyabrdagi 01-348-sonli buyrug’i bilan tashkil etilgan.

Kafedrani tashkil etishning asosiy maqsadi respublikamiz davlat boshqaruv organlari hamda kompaniyalarga “davlat va koorporativ strategiyalari” mutaxasislagi bo‘yicha ekonomist-strateg kadrlar tayyorlashdan iborat. Mutaxassislik o‘quv rejasi Moskva davlat universiteti Moskva iqtisodiyot maktabi o‘quv rejasi asosida tuzildi.
 2023 yil 30 oktabr-3 noyabr kunlari iqtisodiyot fakulteti dekani A. Umarov, «Davlat va korporativ strategiyalari» kafedrasi mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi A. Sodiqov hamda kafedra dotsenti L. sxay tomonidan yangi tashkil qilingan kafedra  faoliyatini tashkil qilish, magistratura yo‘nalishi bo‘yicha iqtisodchi-strateglar tayyorlash bo‘yicha  M.Yu Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti Moskva oliy iqtisodiyot maktabi “Iqtisodiy va moliyaviy strategiyalari» kafedrasi faoliyati chuqur o‘rganildi.
Akadamik V.L. Kvint 2024 yil 3 may kuni O‘zbekiston Milliy universiteti professor-o‘qituvchilariga  “Strategiyalashnining nazariy va metodologik asoslari  mavzusida ma’ruza o‘qidi.

Kafedrada o‘qitilayotgan va o‘qitilishi rejalashtirilayotgan fanlar:

1Barqaror rivojlanishni strategiyalashBarqaror rivojlanish sohasidagi turli mamlakatlarning tajribasi juda katta farq qilganligi sababli, 2030 yil kun tartibining barcha maqsadlari va tegishli vazifalari umumiy, universal shaklda shakllantirilgan va qoida tariqasida aniq miqdoriy maqsadlar mavjud emas. Har bir mamlakat BRMni lokalizatsiya qilishi, yaʼni 2030 yilga moʼljallangan kun tartibidagi 169 ta vazifadan oʼzining rivojlanish ustuvorligi va moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, milliy rivojlanish maqsadlarini ishlab chiqishi belgilangan.
2O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishini prognozlashtirishIqtisodiyotga ta’sir qilayotgan asosiy omillardan quyidagilar ta’kidlangan: jahon iqtisodiyotida va mamlakat tashqi savdo hamkorlarida iqtisodiy faollikning keskin susayishi, xomashyo narxlarining tushib ketishi va moliya bozorlardagi beqarorlik fonida iqtisodiy pasayish tendensiyalarning kuzatilishi.
3Mintaqaviy iqtisodiyotTurli tabiiy-iqlim sharoitlari, iqtisodiy salohiyatlarini, bozor islohotlarini amalga oshirish avvalo xududiy darajada namoyon bo‘lishini, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni xal etishda xududiy boshqaruv organlari ma’suliyati va ularning vakolatlarini kengayishi hamda muhim iqtisodiy masalalar tarmoq, umumrespublika miqyosidan xududiy darajaga o‘tkazilishini amalda qanday borayotganini o‘rgatish
4Iqtisodiyotni strategiyalash asoslari  Talabalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarida yuzaga keladigan asosiy muammolar, ularning yechimlari, O‘zbekiston Respublikasini jadal rivojlantirish strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari bilan tanishtirish hamda ularning ushbu masaladagi fikrlash doirasini kengaytirishdan iborat.
5Korporativ strategiyalarBu kompaniyani boshqarish rejasi bo’lib, unda korxonaning biznes tamoyillari, missiyasi va maqsadlari, shuningdek, maqsadlarga erishish vositalari va usullari ko’rsatilgan.
6Strategik boshqaruv “Strategik boshqarish” fani iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida turli mulkchilikka asoslangan korxonalarning xo’jalik yuritish faoliyatini boshqarish, ularning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish yo’llarini o’rganadi.

O‘qitilishi rejalashtirilayotgan fanlar:

7.Iqtisodiyotni strategiyalash asoslari

8.Mikroiqtisodiyot 3 (strategik jihatlari)

9.Makroiqtisodiyot 3 (strategik jihatlari)

10.Ekonometrika 3 (strategiyalashda qo‘llash)

11.Strategiyalash nazariyasi va uslubiyati

12.Global iqtisodiy rivojlanish (strategik jihatlari)

13.Strategik moliyaviy menejment

14.Hududiy strategiyalash asoslari

15.Tarmoqlarni strategiyalash asoslari

16.Strategik boshqaruv

17.Strategik liderlik

18.Hududiy strategiyalash asoslari

19.Tarmoq strategiyalash asoslari

20.Inson salohiyatini boshqarish strategiyasi

Kafedra xodimlari

T.r.FISHIlmiy darajasi va unvoni Lavozimi Shtat birligi
1Sodiqov Avazbek Madaminovich I.f.d.professorprofessor1
2Zokirov Saidfozil SayidakbarovichI.f.d.professorprofessor1
3Tsxay Lana Aleksandrovna (PhD) dotsent dotsent1
4Musayeva Dilnoza Dilshodovna PhD Katta o’qituvchi 1
5Begimova Dilshoda Dilshodovna PhDKatta o’qituvchi1
6Aliqulov Aziz Haydarjonovich O’qituvchiO’qituvchi0.5