Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Audit xizmati

Audit xizmati boshlig'i

SAITKULOV SUXROB SHAVKATOVICH

  • 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
  • Dushanba-Juma, 14:00 – 17:00
  • saitkulov@nuu.uz

Audit xizmati vazifalari

  • Audit hizmati maqsadidan kelib chiqib faoliyatni muvofiqlashtirish va takomillashtirish;
  • Byudjet hisobining yuritilishi hamda moliyaviy hisobotlar shakllantirilishini o‘rganish orqali universitetda byudjet intizomini mustahkamlash;
  • Universitetda byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlarini oldini olish va profilaktika qilish;
  • Byudjet xarajatlarining samaradorligi va natijadorligini baholash hamda ichki audit faoliyati sohasidagi hujjatlar ijrosini ta’minlash;
  • Qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini tahlil qilish va baholash;
  • Masofaviy auditni qo‘llagan holda, byudjet mablag‘laridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish xavflarini aniqlash, minimallashtirish, ularni sodir etishga imkoniyat yaratuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
  • Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilish holatlari profilaktikasini amalga oshirish;
  • Rivojlantirish dasturlarining samaradorligi natijalarini tahlil qilish va baholash;
  • Universitetning mavjud resurslaridan oqilona foydalanish orqali byudjet xarajatlarining samaradorligi va natijadorligini oshirish;
  • Universitetning moliyalashtirish jarayoniga axborot texnologiyalari tatbiq etilishini baholash orqali ulardan foydalanish samaradorligini o‘rganish va rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va Bosh auditorga taqdim qilish;
  • Hizmat faoliyati va amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha muntazam ravishda Bosh auditorga o‘rnatilgan tartibda ma’lumot va hisobot berib borish;
  • Ish beruvchining qonuniy buyruq va farmoyishlarini bajarish;
  • Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish;
  • Lavozim (vazifa) yo‘riqnomasiga rioya qilish.