Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Ilmiy jurnallar va tahririyat bo‘limi

Ilmiy jurnallar va tahririyat bo‘limi boshlig’i

PARDAYEV ZOKIR ABDIMAJITOVICH

  • 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
  • Dushanba-Juma, 09:00-17:00
  • +998 71 227-10-35
  • uzmu.xabarlari@gmail.com

Bo‘lim universitet muassisligida tashkil etilgan ilmiy jurnallar hamda “O‘zMU xabarlari” ilmiy jurnali faoliyatini tashkil etish bilan shug‘ullanadi.
Bo‘limning tarkibi:
 
1 nafar bo‘lim boshlig‘i va 4 nafar xodimlardan iborat.
Bo‘limning funksional vazifalari:

  • Universitet muassisiligida tashkil etilgan jurnallar faoliyati ustidan nazorat olib borish;
  • “O‘zMU xabarlari” ilmiy jurnali faoliyatini tashkil etish;
  • Maqolalar tahriri bilan shug‘ullanish;
  • Maqolalarni dizaynini qilish;
  • Maqolalarni jurnal talablari asosida sahifalash uchun tayyorlash;
  • Jurnal maketini tayyorlash;
  • Maqolalarni originalligini tekshirish, orfografiya va stilistik xato va kamchiliklarini tuzatish;
  • Belgilangan tartibda bo‘lim faoliyatini takomillashtirib borish bilan shug‘ullanadi.