Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Xotin-qizlar qo‘mitasi

Xotin-qizlar masalalari maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi

RUSTAMOVA RANO PARPIYEVNA

  • 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
  • Dushanba-Shanba, 14:00-17:00
  • +998 93 171-70-10
  • ranorustamova2022@gmail.com
     Unversitetdagi 15 ta fakultetlarda xotin – qizlar kengashlari raislari faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Universitet ilmiy kengashining qaroriga muvofiq Universitet xotin-qizlar qo‘mitasi raisiga hamda barcha fakultetlar xotin-qizlar kengashi raislariga ichki imkoniyatdan kelib chiqib, qo‘shimcha haq to‘lanadi. Universitet xotin-qizlar kengashi raisiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining  2020yil 17 iyun № 326 buyrug‘iga asosan  xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, fakultetlar xotin-qizlar kengashi raislariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining  2021yil 13 dekabr № 518 buyrug‘iga asosan xotin-qizlar masalalari  bo‘yicha dekan maslahatchisi maqomi berilgan.
    Bugungi kunda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasida 1023 ga yaqin ayollar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Ulardan:  501  ta professor o‘qituvchilar bo‘lib, 522 xodimlar va tasi  ayollarni tashkil etadi.
Talaba  qizlarimiz soni 11714 tani shundan 2150 tasi  oilali qizlarni tashkil  qiladi. Universitet xotin-qizlar kengashining nizomi mavjud bo‘lib, ushbu nizom bo‘yicha faoliyat olib boradi. 
    Xotin-qizlar kengashi jamoat tashkiloti sifatida o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida” gi  Qonuni va nodavlat notijorat tashkilotlarni tartibga soluvchi boshqa qonunlariga  muvofiq olib boradi. Universitet xotin-qizlar kengashi  professor – o‘qituvchi, xodimlar hamda talaba qizlarning jamiyatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalaridagi vazifalarni hal qilishdagi faolligini kuchaytirish, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish va ta’minlash, kasbiy mahoratini oshirish, milliy va ma’naviy qadriyatlarimizga asoslangan holda oila munosabatlarini mustahkamlash, yoshlarni ma’naviy barkamol, g‘oyaviy kurashchan, millat va davlatning barqarorligi va taraqqiyoti yo‘lida o‘z kuchini ayamaydigan barkamol insonlar qilib tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida ish olib boradi. Oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, salbiy illatlardan yiroq bo‘lish, professor – o‘qituvchi, xodimlar hamda talaba qizlarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ularni madaniyat va sportga bo‘lgan qiziqish hamda ehtiyojini, munosib ravishda ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni  unversitet  “Sog‘lom avlod” markazi hamda “Ibn Sino” markazi bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
    Davlatimiz tomonidan xotin-qizlarning jamiyatdagi, oiladagi axvolini tubdan o‘zgartirish, ularning mehnati va turmushini  to‘g‘ri tashkil qilish, xotin-qizlar uchun qulay bo‘lgan mehnat turlarini barpo etish, salomatligini mustahkamlash, ularni mehnat qilishlari uchun uy ro‘zg‘or ishlarini ijtimoiy ishlab chiqarishda faol qatnashish bilan oqilona olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish asosiy vazifalarimizdan biriga aylandi. Shu o‘rinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning quyidagi so‘zlariga e’tiborni qarataman:“O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ular uchun munosib mehnat va turmush sharoitini yaratib berish, qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalasi mamlakatda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi”. Darhaqiqat, mamlakatimizda xotin-qizlar masalalari davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi, jamiyat hayotining barcha sohalarida ularning faol ishtirok etishiga keng imkoniyat yaratildi. Bugungi kunda ayollar yurtimizda bo‘layotgan demokratik o‘zgarishlarda faol kuchlardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqdalar.
    Xotin-qizlar jamiyatimiz fuqarolarining yarmidan ko‘pini tashkil qilibgina qolmasdan, ijtimoiy hayotning hamma sohalarida ular ko‘pchilikni  tashkil etadilar. Bugungi zamonaviy texnologiyalar, kompyuterlarning sirlarini bilish, jahon tillarini egallash, tarjimonlik, ish yuritish, hisob-kitob sohalarida ham ayollarning ishtiroki salmoqli.


Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Xarakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishda universitet Xotin-qizlar kengashi ham quyidagilarni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib belgilab oldi:

  • xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning universitet ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish;
  • universitetdagi xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarning manzilli ro‘yhatini tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish;
  • universitetdagi xotin-qizlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarni, ayniqsa, talabalar turar joyida va xususiy xonadonlarda yashayotgan qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli to‘garaklarga, kasb-hunar o‘rganish ishlariga  keng jalb etish masalalarida ularni har tomonlama manzilli qo‘llab-quvvatlash;
  • universitetdagi xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqbuzarlikka moyilligi bo‘lganlar bilan yakka tartibda ish olib borish.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Xotin-kizlar masalalari buyicha Kengash nizomi