Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Magistratura

Magistratura bo’lim boshlig’i

MAJIDOV NURALI MAXMUDOVICH

  • 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
  • Dushanba-Juma, 14:00-17:00
  • +998 71 227-17-23
  • nmajidov70@mail.ru

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetida magistratura ta`limi 1999-yildan yo`lga qo`yilgan bo`lib, dastlab Magistratura markazi sifatida faoliyat yuritgan, keyinchalik Magistratura bo`limiga aylantirilgan. Bugungi kunda Magistratura bo`limi ikki shtat birligida (bo`lim boshlig`i va uslubchi) faoliyat yuritmoqda.
       Magistratura bo`limi universitetda magistrlarni tayyorlashni muvofiqlashtiradi, u kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda quyidagilarni:

  • Magistrlar tayyorlash bo`yicha o`quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga, ularga taqdim etilayotgan ta`lim va o`qitish sifatini nazorat qilishga ko`maklashishni;
  • O`quv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini;
  • Barcha fakultetlarning magistrlar tayyorlash bo`yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni;
  • Magistrlarni o`qitish va ularning kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirishni, magistrlar tayyorlash masalalarini tahlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlashni ta`minlaydi.

Magistraturada ta`lim jarayoni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta`limning davlat ta`lim standartlarini tasdiqlash to`g`risida» 2001 yil 16 avgustdagi 343-son qarori, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura to`g`risida Nizom”, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan magistratura mutaxassisliklari o`quv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkil etilib kelinmoqda.O`zbekiston Milliy universiteti magistrantlariga yuqori malakali professor-o`qituvchilar: akademiklar, fan doktori va fan nomzodi ilmiy darajasiga, professor va dotsent ilmiy unvonlariga ega bo`lgan olimlar, shuningdek, davlat va jamiyatni modernizatsiya qilish, bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, ishlab chiqarishni axborotlashtirish sharoitlarida boy ish tajribaga ega bo`lgan amaliyotchi mutaxassislar jalb etilgan. O`zbekiston Milliy universiteti magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalari mavzulari banki O`zMUning etakchi professor-o`qituvchilari, O`zFAning ilmiy-tadqiqot institutlari hamda soha ilmiy-tadqiqot institutlari, tashkilotlar va ishlab chiqarish korxonalari tavsiyasi asosida yaratilgan bo`lib, zamonaviy ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirish muammolariga bag`ishlangan dolzarb mavzulardir. Magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovka o`tash O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`limi vazirining 30.11.2015 yil № 9-2015 sonli “Oliy ta`lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o`tash tartibi to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash to`g`risida”gi buyrug`i asosida tashkil etilmoqda. O`qitishning zamonaviy texnik vositalarga muvofiqligi va ilmiy adabiyotlar bilan ta`minlashni yo`lga qo`yish, fan va texnologiyalarning yangi yutuqlarini o`quv jarayoniga tezkorlik bilan joriy etish, ta`lim, fan va ishlab chiqarishni samarali integratsiyalash, buyurtmachilarning magistrlar tayyorlash jarayonidagi amaliy ulushini oshirish maqsadida magistrlik dissertatsiya ishlari himoyalarini aksariyat qismini O`zFA va buyurtmachi tashkilotlarda o`tkazish rejalashtirilgan.