Strategik rivojlantirish va ta’lim infratuzilmasini transformatsiya bo’limi boshlig'i
NARZIYEV NODIR BAXSHILLOYEVICH
- 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
- Dushanba-Juma, 09:00-17:00
- +998 94 605-34-83
- nuu_transformation@nuu.uz

Strategik rivojlantirish va ta’lim infratuzilmasini transformatsiya bo‘limi
1. Bo‘limning asosiy maqsadi
Bo‘limning asosiy maqsadi- universitetning uzoq muddatli strategik rivojlanishini ta’minlash, ta’lim infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida transformatsiya qilish, ta’lim yo‘nalishlari dasturlari hamda mutaxassisliklarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish hamda investitsiyalarni jalb etish faoliyatini muvofiqlashtirishdan iborat.
2. Bo‘limning vazifalari
Universitetning o‘rta va uzoq muddatli strategik rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirilishini monitoring qilish; ta’lim infratuzilmasini modernizatsiya qilish, raqamli transformatsiya va innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash, xalqaro akkreditatsiya jarayonlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim (dual degree, double degree, joint degree) dasturlarini ishlab chiqish va yo‘lga qo‘yishdan iborat.