Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi

Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi boshlig’i

XAYRULLAYEV JO‘RABEK BOTIR O‘G‘LI

  • 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
  • Dushanba-Juma, 14:00 – 17:00
  • xayrullayev@nuu.uz

Bo‘lim Universitetda kunduzgi ta’lim shaklida taxsil olib ijara xonadonlarida ijara shartnomasi asosida yashayotgan  talabalarga  doir hujjatlar hisobini yuritish orqali shaxsiy yig‘ma jildlarini shakllantirish, tegishli buyruqlarni rasmiylashtirish va ijrosini nazorat qilish, Talabalardan kelib tushayotgan arizalarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil  24-sentyabrdagi 605-sonli Qarori ilovasida keltirilgan nizom  talablari asosida ijtimoiy mezonlarga mosligini o‘rganish va ro‘yxatga olish, arizalari qanoatlantirilgan talabalar to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlar va ularning ro‘yxatini to‘lovlarni amalga oshirish uchun buxgalteriyaga taqdim etish, oylik ijara to‘lovining bir qismini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilgan ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taxlil qilish, ijtimoiy mezonlar asosida  fakultetlar kesimida statistik ma’lumotlarni umumlashtirish va hisobot tayyorlash faoliyatini amalga oshiradi.       

Bo‘limning tarkibi: 1 nafar bo‘lim boshlig‘i va 3 nafar bosh mutaxassisdan iborat.