2021 yilning 20 oktyabrь kuni Yaponiyaning Digital Knowledge kompaniyasi vakili Hiroaki Hago boshchiligidagi delegatsiya O‘zMUga tashrif buyurdi.
Uchrashuv chog‘ida Inom Madjidovga O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Yaponiya Raqamli universitetini (Japan Digital University) ochishda ko‘rsatgan amaliy yordam uchun katta minnatdorchilik bildirib, mazkur universitetda amalga oshirilgan ishlar hamda istiqbolda ko‘zda tutilgan rejalar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Shuningdek, tomonlar kelajakda Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulьtetida mavjud istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib oldilar.
Ma’lumot uchun: Toshkentda tashkil qilingan JDU masofaviy kampusidan (O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti kampus hududi) turib, Yaponiyaning universitetida ta’lim olish imkoni berilgan universitet. JDU masofaviy kampusida, Yaponiya bilan masofaviy darslar olib boriladi.