O‘zbekiston Milliy universitetida oʻqishni koʻchirish boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan talabalarning arizalarini koʻrib chiqish maqsadida alohida komissiya tashkil etildi.
Oʻqishni koʻchirish, qayta tiklash masalalari boʻyicha fuqarolarni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish va ularning tegishli hujjatlaridan (akademik maʼlumotnoma, transkript) nusxa olishlariga zarur shart-sharoit yaratish maqsadida universitet komissiyasi aʼzosi, Registrator ofisi menejeri Akbarali Ismatov ajratildi.
Quyidagi telefon raqamga bog‘lanib, tegishli savollarga javob olish imkoniyati mavjud: +998 71 246 54 64