Endi universitetimiz bitiruvchilarining biznes, tadbirkorlik, start-up g‘oyalarini amalga oshirish uchun imtiyozli kredit ajratiladi hamda yuqori kurs talabalarining amaliyot o‘tash davrida mablag‘ to‘lab beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi 61-son Qarori bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “O‘zmilliybank” AJ oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashishga ixtisoslashgan «Kelajakka qadam» dasturini amalga oshirish belgilangan.
Mazkur dasturda belgilangan vazifalarni ijrosi bo‘yicha “O‘zmilliybank” AJ huzurida «Kelajakka qadam» Markazi tashkil etilgan. Ushbu Markaz bilan O‘zMU o‘rtasida Hamkorlik kelishuvi imzolandi. Kelishuvga muvofiq universitetda «Kelajakka qadam» Markazining filiali tashkil qilindi. Universitetda joylashgan ushbu filialda “O‘zmilliybank”ning mutaxassislari kelib bevosita ish olib borishadi.
«Kelajakka qadam» Markazi ikki yo‘nalishda mablag‘ ajratishi belgilangan:
- Bitiruvchilarning biznes, tadbirkorlik, start-up g‘oyalarini amalga oshirishlari uchun imtiyozli kreditlar ajratish (bakalavriat, kunduzgi, 4-kurslar uchun);
- Yuqori kurs talabalariga amaliyot o‘tash davri uchun BHMning 4 barobari miqdorida mablag‘ to‘lab berish (bakalavriat, kunduzgi, 3-4-kurslar uchun).
Sizda biznes, tadbirkorlik, start-up g‘oyalarini amalga oshirish istagi bo‘lsa yoki amaliyot o‘tash davringiz uchun haq to‘lanishini xohlasangiz bizga murojaat qiling.
Murojaat uchun tel.:
95-040-54-98 (O‘zMU «Kelajakka qadam» markazi)