Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

«Eng yaxshi innovatsion o’quv metodik qo’llanma» tanlovi tashkil etildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 - yil 14 - yanvardagi "Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora - tadbirlari to'g'risida" gi PQ - 4954 - sonli qarori bilan tasdiqlangan "Shaxmatni 2025 - yilgacha rivojlantirish davlat dasturining 2021 - yilda amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" da belgilangan vazifa ijrosini ta'minlash maqsadida pedagog xodimlar o'rtasida shaxmat bo'yicha "Eng yaxshi innovatsion o'quv metodik qo'llanma" tanlovi tashkil etildi .

Tanlovning yakuniy natijalariga ko'ra, O'zbekiston Xalqaro shaxmat akademiyasi o'qituvchilari B.Xolmirzayev, A.Asralxodjayev, C.Nazarov, A.Razzoqovlar tomonidan ishlab chiqilgan "Shaxmat" nomli o'quv-metodik qo'llanmasi 1-o'rin, Urganch davlat universiteti o'qituvchisi D.Yaqubovaning "Shaxmatning boshlang'ich asoslari" nomli o'quv - metodik qo'llanmasi 2 - o'rin hamda Termiz davlat universiteti o'qituvchisi N.Norboyevning "Shaxmat nazariyasi va metodikasi" nomli o'quv - metodik qo'llanmasi 3 - o'rin g'olibi deb topildi.