Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Fizika fanining rivojida iste’dodli yoshlarning o‘rni

O‘zbekiston Milliy universiteti Fizika fakultetida “Fizika fanining rivojida iste’dodli yoshlarning o‘rni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyaga bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada fizikaning dolzarb masalalari, oldimizda turgan muammo va vazifalar, ularni hal etish yo‘llari hamda bunda yosh tadqiqotchilarning o‘rni muhokama qilindi. Unda O‘zbekiston Milliy universiteti va boshqa dargohlarda ishlayotgan hamda tahsil olayotgan olimlar, yosh mutaxassislar, magistrantlar va talabalar ishtirok etdi.

Yalpi majlisda Rossiya fanlar akademiyasi Sibir bo‘limi Fizika instituti bosh ilmiy xodimi, professor Andrey Kolovsky (“Quantum Chaos in the Bose-Hubbard model”), Fizika fakulteti professori Shavkat Yuldashev (“Memristors as basic elements for neuromorphic computing”), Fizika fakulteti professori Ulug‘bek Shaislomov (“Metall oksid yarimo‘tkazgich nanostrukturalar asosidagi fotokatalizatorlar: sintezi va qo‘llanishi”) ma’ruza qildilar.

Anjumanning yalpi majlisidan keyin  5 ta sho‘ba ish olib borib, unda jami 190 dan ortiq ma’ruzalar tinglandi. Unda doktorantlar, magistrlar va yosh iqtidorli talaba-yoshlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari muhokama qilindi. Sho‘ba majlislarida eng yaxshi ma’ruza tanlovi o‘tkazilib, har bir sho‘badan g‘olib deb topilgan 3 ta ish  “Oʻzbek zamonaviy fizika jurnali” da chop qilishga tavsiya qilindi.