Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

MTRKda Jurnalistika kafedrasi filiali tashkil etildi

 

 

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hamda “Yoshlar” ijodiy birlashmasi” aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida hamkorlik shartnomasi tuzildi.

Unga ko‘ra, “Yoshlar” ijodiy birlashmasi” aksiyadorlik jamiyati teleradiokanallari huzurida O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti Jurnalistika kafedrasi filiali tashkil etildi.

Yangi tashkil etilgan kafedra filiali bilan hamkorlikda “ustoz-shogird” an’analari asosida talabalarning amaliyotini bevosita ishlab chiqarish jarayonlariga bog‘liq holda tashkil etiladi.

O‘zMU professor-o‘qituvchilari tegishli teleradiodasturlarga jalb qilinadi. Universitet talabalari, magistrantlari va yosh izlanuvchilarining jurnalistika sohasiga oid yaratgan ilmiy, ijodiy ishlari va erishgan muvaffaqiyatlari targ‘ib qilinadi.

Ijodiy birlashma mutaxassislari bilan O‘zMU professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida tegishli faoliyat sohasiga oid yangiliklar, ularni rivojlantirish istiqbollari, ta’lim mazmunini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish va kelgusidagi vazifalarni belgilab olish yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazib boriladi.

Shuningdek, ijodiy birlashmani malakali kadrlar bilan ta’minlash, media sohasida ta’lim jarayonlarini ijodiy-ishlab chiqarish faoliyatiga integratsiyasini chuqurlashtirish, universitet talabalarini ijodiy birlashma tarkibidagi teleradiokanallarda olib boradigan amaliyotlarini samarali o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik qilinadi.

O‘zMU Axborot xizmati