MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI TAEKVONDO VA SPORT FAOLIYATI FAKULTETI

AXBOROT XATI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, “Taekvondo va sport faoliyati fakulteti”da 2024 yil 1-2 noyabr kunlari “Sport sohasida ta’lim, tarbiya va innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish: muammo va yechimlar” mavzusida Xalqaro miqiyosdagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan Siz rahbarlik qilayotgan ta’lim muassasasi professoror- qituvchilari, ilmiy xodim va mustaqil izlanuvchilari, doktorantlar, magistrantlar, talabalar hamda soha mutaxassislarini anjumanda ishtirok etishga taklif etamiz.
Ilmiy-amaliy anjumanning maqsadi: Jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish istiqbollari hamda axolining barcha qatlamlarida jismoniy rivojlantirish muammolarini hal etishning yangi yo‘llarini izlash, yosh avlodning jismoniy tayyorgarligi hamda jismoniy rivojlanishi jarayonini takomillashtirish qonuniyatlari, metodologik va uslubiy jihatlarini o‘rganish. Jismoniy tarbiya va sportning o‘quvchilar, talabalar va oila hayotidagi ahamiyatiga оid izlanishlar, tajribalar va ularning natijalari bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni muhokamasi.

Anjumanda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sho‘balar tashkil qilinadi:

1-sho‘ba: Jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish va qayta tayyorlash muammo va yechimlari.
2-sho‘ba: Ommaviy sport-sog‘lomlashirishtirish faoliyatini tizimli asosda modellashtirish va маzкur jarayonni boshqarish.
3-sho‘ba: Yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda tibbiy-biologik va ijtimoiy- psixologik masalalari.
4-sho‘ba: Ommaviy sport asosida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish va o‘quvchi yoshlarning motivatsiyasini rivojlantirish.
5-sho‘ba: Sport klublari yashash joylarda va ta’lim muhitida ommaviy sportni rivojlantirish vositasi sifatida.

Mualliflar uchun ma’lumot:

Anjumanda ma’ruza qilingan mavzularning matni ilmiy to‘plamda maqola shaklida chop etiladi. Maqola matnida keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga mualliflar javobgardirlar.
– Matnlar hajmi A4 formatda, Microsoft Word matn muharriri yordamida, Times New Roman 14 o‘lchamli shriftda, 1,5 interval oraliqda, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm va o‘ngdan 1,5 sm;
– birinchi qatorda sahifaning o‘rtasida bosh va qalin harflarda maqola yoki tezisning nomi, ikkinchi qatorda muallifning ismi-sharifi, ilmiy darajasi, unvoni, ish joyi, lavozimi, telefon raqami va elektron manzili ko‘rsatiladi;
– anjuman materiallari o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi;
– maqola yoki tezislarda o‘zbek, rus va inglis tillarida qisqa annotatsiya, kalit (tayanch iboralar) so‘zlar ko‘rsatiladi;
– maqola yoki tezislar 1 (bir) nusxada tahrir qilingan holda qog‘oz va elektron shaklda tashkiliy qo‘mitaga taqdim etiladi;
– maqola yoki tezislarning hajmi 3 betdan kam bo‘lmagan hamda 7 betdan oshmagan holda bo‘lishi talab etiladi;
– maqola yoki tezis oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati beriladi, barcha havola (snoska)lar tik qavs ichida ko‘rsatiladi [1];
– mualliflar bayon etgan ma’lumotlarning ilmiy-nazariy asoslanganligi va metodologik jihatlari uchun mas’ul;
– taqdim etilgan materiallarda mavzuning dolzarbligi, o‘rganilganligi, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, tadqiqot uslublari, natijalar tahlili va xulosalari ifodalanishi shart. Maqola va tezislar “Antiplagiat” dasturi orqali tekshiriladi, matnning haqiqiyligi 65% dan kam bo‘lmasligi kerak.
– talablarga javob bermaydigan holda rasmiylashtirilgan va belgilangan muddatdan kechikib yuborilgan materiallar qabul qilinmaydi hamda chop etilmaydi;
To‘plamga UDK, BBK, kutubxona indekslari kitob raqami beriladi.
Ishtirokchilar konferensiyaning yalpi majlisida “Eng yaxshi maqola”, “Eng yaxshi ma’ruza” va bir qancha shu kabi nominatsiyalar sertifikat bilan taqdirlanadilar. To‘plam mualliflar hisobidan chop ettiriladi. Har bir maqola yoki tezis uchun badal puli 10 (o‘n) AQSh dollari yoki 100 000 (yuz ming) so‘m qilib belgilangan.
Bir muallif yakka mualliflikda ikkita maqola yoki tezis bilan ishtirok etsa 15 % chegirma, ikkita yakka mualliflikda hamda bitta hammualliflikda bo‘lsa ushbu muallifga 20 % chegirma, ikkita yakka mualliflikda hamda ikkitta hammualliflikda bo‘lsa ushbu muallifga 25 % chegirmalar joriy etiladi. Badal puli naqd to‘lov shaklida yoki pul o‘tkazmalari (click, payme dasturlari orqali yoki hisob raqamiga) orqali qabul qilinadi.

L/S 400110860262807094100079001 INN-200845944
(NUUz) OPERU Kaznacheystva MF Ruz
Bank: RKS GU sB g.Tashkent
R/S 23402000300100001010
INN: 201122919 (MF), MFO-00014 OKONX: 92110

Klik orqali to‘lovlarni amalga oshirish uchun:

+99890 325-27-48 raqamiga murojaat etishingiz mumkin.
Eslatma: Hisob raqamga pul o‘tkazmalari amalga oshirilganda “anjuman uchun, to‘lovchining F.I.Sh.” deb belgilanishi lozim bo‘ladi.
Materiallar 2024 yilning 26 oktabrga qadar qabul qilinadi.
Tashkiliy qo‘mita: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi, Universitet ko‘chasi 4-uy.
Ma’sul: S.S.Shukurova tel: +998 90 325 27 48 ,телеgrамм: +998 97 738 82 77
e-mail: ilmiy.amaliy.konferensiya@gmail.com