MUXTOR АUEZOV NOMIDАGI JАNUBIY QOZOGʼISTON UNIVERSITETI

XABARNOMA

Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini maqsadli yo‘naltirish, ijtimoiy-gumanitar sohasida ilmiy va ilmiy uslubiy ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish, tadqiqotlar, ilmiy maqolalarda ilgari surilgan yangi qarashlar, g‘oyalar va nazariyalar bilan yaqindan tanishish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Etika va estetika kafedrasi
M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti bilan hamkorlikda 2024 yil 24 aprelda “Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari va zamonaviy tendensiyalari” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazishni va konferensiya materiallari bo‘yicha elektron ilmiy to‘plam shakllantirilishini rejalashtirmoqda. Elektron ilmiy to‘plam maqolalarni chop etishning zamonaviy standartlari bo‘yicha GoogleScholar (Google Akademiya) илмий қидирув тизимида индексация бўлади ва мақолага DOI рақам берилади.

Konferensiya va ilmiy to‘plamga ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari, shu sohadagi biror mavzu, ilmiy muammo bo‘yicha maqola taqdim etish mumkin. Materiallar elektron ilmiy to‘plam shaklida 2024 yil aprel oyida shakllantiriladi. Maqolani o‘zbek va rus tillarida 2024 yil 15 aprelgacha taqdim etish mumkin. Barcha materiallar Google Scholar, Cyberleninka bazalarida indekslanadi hamda maqolaga DOI raqam beriladi. Ilmiy to‘plam shakllantirish, tahririyatdan o‘tkazish va GoogleScholar (Google Akademiya) ilmiy qidiruv tizimida indeksatsiya qilish bilan bog‘liq harajatlar maqola mualliflarining badal pullari hisobidan amalga oshiriladi (Har maqola uchun 150.000 ming so‘m).

Maqolalar quyidagi talablarga javob berishi shart:

1.Matn hajmi 5 betdan kam bo‘lmasligi kerak;
2.Word matn redaktorida 14 pt o‘lchamli Times New Roman shrifti bilan 1,5 intervalda, qog‘oz o‘lchovi A 4 210 x 197 mm; Matn maydoni yuqoridan va pastdan 2 sm, o‘ngdan 1,5 sm, chapdan 3 sm.
3.Maqola mavzusi bosh harflarda va qoraytirilgan holda yozilishi, keyingi qatordan muallifning ismi, sharifi, ish joyi, ilmiy darajasi va unvoni, lavozimi, o‘quv yurti nomi, telefon raqami, elektron manzili ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur.
4.Maqola annotatsiyasi (maqolaning muxtasar mazmuni) 3 tilda (o‘zbek, rus, ingliz) berilishi shart.
5.Maqola bo‘yicha kalit so‘zlar (kamida 7ta) ham 3 tilda (o‘zbek, rus, ingliz) bo‘lishi shart.
6.Foydalanilgan adabiyotlar kamida 3-4 ta nomdagi adabiyotni tashkil etishi zarur.
7. Maqolaga havola(snoska)lar [1,2,…] ko‘rinishida va maqola so‘ngida “Foydalanilgan adabiyotlar” bandiga adabiyot sifatida ketma-ketlikda, tartib bilan havola raqami ko‘rsatilishi kerak
8. Maqoladagi ma’lumot va dalillarning aniqligi, to‘g‘riligi va ko‘chirmakashlikka yo‘l qo‘yilmaganligiga muallif javobgardir.
9. Mavzuga tegishli bo‘lmagan, tahrir qilinmagan hamda imlo xatolari bilan taqdim etilgan maqolalar Ilmiy to‘plamga kiritilmaydi.

Eslatma: Maqola uchun badal to‘lovi 150.000 ming so‘m tashkil etadi. Ilmiy maqolalarni 2024 yilning 15 aprelga qadar qabul qilinadi.

Koordinator: dots. Tangirov Nizom (моб) +99893-306-63-94, доц. Туляев Авазбек (моб) +99890-934-68-86

Ilmiy maqolalar qo‘yidagi manzilda qabul qilinadi:
1. Telegram: +99890-934-68-86;
2. O‘zMU, Ijtimoiy fanlar fakulteti, 5-qavat 514 – xona “Etika va estetika” kafedrasi.