Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI GEOGRAFIYA VA GEOAXBOROT TIZIMLARI FAKULTETI KARTOGRAFIYA KAFEDRASI

GEOGRAFIK TADQIQOTLARDA ZAMONAVIY GEOINFORMATSION
KARTOGRAFIYA, MASOFADAN ZONDLASH METODLARI VA
TEXNOLOGIYALARINING ROLI
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
AXBOROT XATI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 18- yanvardagi 16-son buyrug‘iga asosan, O’zbekiston Milliy universiteti Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti Kartografiya kafedrasi 2024-yil 24-26-aprel kunlari o‘tkaziladigan “Geografik tadqiqotlarda zamonaviy geoinformatsion kartografiya, masofadan zondlash metodlari va texnologiyalarining roli” mavzusidagi xalqaro ilmiy- amaliy konferensiyaga taklif etadi.

Konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari:

  •  kartografiya sohasida zamonaviy GAT, masofadan zondlash va web texnologiyalarni qo‘llash masalalari;
  • geodeziya sohasini rivojlantirishda zamonaviy texnika va texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati;
  • davlat kadastrlarini yuritish va qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanishda masofadan zondlash va GAT texnologiyalari;
  • tabiiy geografiya va geoekologiyada GAT texnologiyalari;
  • iqtisodiy-ijtimoiy geografik tadqiqotlarda geoinformatsion kartografiyaning roli;
  • gidrologiya, meteorologiya va iqlimshunoslikda GAT texnologiyalaridan foydalanish;
  • geografiya ta‘limida GAT texnologiyalaridan foydalanish va kadrlar tayyorlash masalalari.

Konferensiyaning rasmiy tili: o‘zbek, rus, ingliz
Maqolalarni qabul qilish muddati: 01.04.2024 yilgacha.

Maqolalarni rasmiylashtirish talablari:

1. Maqolaning hajmi – 5-7 betgacha.
2. Matn formati: Sahifa formati: A4 (210×297 mm). O‘ng, chap, yuqori va pastki tomonlaridan 2,5 smdan joy qoldiriladi. Matn faqat Times New Roman garniturasida, 14 kegl, 1,5 interval bilan teriladi.
3. Maqola matni quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi (1-ilova):
– muallif (hammualiflar)ning familiyasi, ismi, sharifi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) (14 kegl);
– davlat, shahar, tashkilot nomi;
– maqolaning katta harflar bilan 14 keglda yozilgan nomi sahifaning o‘rta qismiga joylashtiriladi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida);
– maqolaning annotatsiyasi (12 kegl, kursiv; o‘zbek, rus va ingliz tillarida) kenglik bo‘yicha tekislanadi;
– kalit so‘zlar (7-10 ta, 12 kegl, kursiv, o‘zbek, rus va ingliz tillarida) kenglik bo‘yicha tekislanadi;
– maqola matni (14 kegl);
– rasm va jadval nomlari arab raqamlari bilan raqamlanishi (1-rasm, 1-jadval va h.k.) shart, maqola matnida ularga havola etish lozim; jadvallar ichidagi yozuvlar 11 kegldan kichik bo‘lmasligi kerak;
– foydalanilgan bibliografik manbalar “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati” sarlavhasi ostida raqamlangan ro‘yxat tarzida maqolaning oxirida keltiriladi (12 kegl); raqamlanish – alifbo tarzida; matn ichida bibliografik havolalar faqat kvadrat qavslar ([1]) ko‘rinishida bo‘lishi lozim;

Konferensiyada ishtirok etish uchun talabnoma (1-ilova), maqolani taqdim qilish va badalini to‘lash muddati – 2024-yil 1 aprelgacha. Maqolalar to‘plamining nashr harajatlarini qoplash maqsadida mualliflar har bir maqola uchun 100 ming so‘mdan badal to‘lashi lozim.

Konferensiya materiallari to‘plamida chop ettirish uchun maqolalarni, yuqorida ko‘rsatilgan talablarga moslashtirib, puxta tahrir qilingan holda, yo‘nalish (seksiya) ko‘rsatilgan holda quyidagi elektron manzilga yuborishingizni so‘raymiz:
conferencecartography2024@gmail.com

Shuningdek, maqolani quyidagi telegram manzili orqali jo‘natish mumkin:
+99894 688-83-13
https://t.me/Konferensiya2024Kartografiya

Fayl nomlanishida birinchi muallifning familiyasi qo‘yiladi.
Tashkiliy qo‘mita yuqoridagi talablarga mos kelmagan maqolalarni konferensiya materiallari to‘plamiga kiritmaslik huquqini o‘z zimmasida qoldiradi. To‘plamga kiritiladigan maqolalarning mazmuni, ulardagi ma’lumotlar va me’yoriy hujjatlarning to‘g‘riligi hamda keltirilgan fikr-mulohazalarga muallif(lar) mas’ul hisoblandi.
Konferensiya o‘tkaziladigan joy: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 100174, Universitet ko‘chasi, 4-uy, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Ma’lumot uchun telefonlar: (+99890) 728-37-62 (Kuatbay Bekanov), (+99894) 688- 83-13 (Nuriddin Mirjalalov), (+99890) 652-84-82 (Nuratdinov Alisher).

 

MAQOLANI RASMIYLASHTIRISH NAMUNASI

Bekanov Kuatbay Koshkarbayevich
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti,
Kartografiya kafedrasi mudiri, g.f.f.d (PhD).
E-mail: quwatbay1989@gmail.com

GAT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA YIRIK MASSHTABLI QISHLOQ
XO‘JALIGI WEB-KARTALARINI TUZISH MASALALARI

Annotatsiya: annotatsiya maqolaning mazmuni va mohiyatini yoritib berishi kerak.
Kalit so‘zlar: GAT, karta, ArcGIS, QGIS, NEXT GIS, web-каrtalar.

ВОПРОСЫ СОЗДАНИЯ КРУПНОМАСШТАБНЫХ
СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫХ WEB-КАРТ НА ОСНОВЕ ГИС-ТЕХНОЛОГИЙ

Аннотация: аннотация должна раскрывать суть и содержание статьи.
Ключевые слова: ГИС, карта, ArcGIS, QGIS, NEXT GIS, web-карты.

ISSUES OF CREATING LARGE-SCALE AGRICULTURAL WEB MAPS
BASED ON GIS TECHNOLOGIES

Abstract: the abstract should reveal the yessence and content of the article.
Keywords: GIS, map, ArcGIS, QGIS, NEXT GIS, web maps.

Maqola matni (kirish, tadqiqot mavzusining dolzarbligi, maqsad va vazifalari, natijalar va ularning muhokamasi, xulosa).

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Беканов К.К., Очилов Ш.Ш., Йўлдошев Ж. Wеb-кaртогрaфиядa геопортaл вa кaртогрaфик хизмaтлaрнинг нaзaрий мaсaлaлaри // ЎзМУ хабарлари, 3/1/1 сон. –Тошкент, 2023. – 215-218 б.
2. Берлянт А.М. и др. Картоведение: Учебник для вузов. – М.: Аспект-Пресс, 2003, 447 с. – (серия “Классический университетский учебник”).
3. Сафаров Э.Ю., Пренов Ш.М. Табиий карталарни лойиҳалаш ва тузиш. – Тошкент: Университет, 2011. – 158 б.
4. Egamberdiyev A., Mo’minov A.A., Uvrayimov S.T. Ijtimoiy-iqtisodiy kartografiya. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2021. – 192 b.