XАLQАRO MIGRАTSIYANING IQTISODIY VА HUQUQIY JIHАTLАRI

АXBOROT XАTI

Bugungi kunda zamonaviy dunyo nafaqat har bir davlat iqtisodiyoti, shu bilan birga jahon xoʼjaligining samarali faoliyat yuritishini taʼminlaydigan global migratsiya jarayonlari bilan tavsiflanadi. Migratsiya oqimlari xalqaro munosabatlar, demografik vaziyat, mehnat bozori shakllanishi va ularning segmentatsiyasiga taʼsir qiladi.

Ushbu mavzuning dolzarbligini inobatga olgan holda Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti Janubiy Koreyaning KONKUK universiteti bilan hamkorlikda 2024 yil 25 iyun kuni «Xalqaro migratsiyaning iqtisodiy va huquqiy jihatlari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya oʼtkazish rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan barchani ushbu xalqaro anjumanda ishtirok yetishga taklif
qilamiz.

Konferentsiya doirasida quyidagi muammoli masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan:

1. Xalqaro migratsiyani tartibga solishning huquqiy, iqtisodiy va institutsional asoslari;
2. Xalqaro migratsiya aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishning muhim omili sifatida;
3. O‘zbekistonda mehnat migrantlari harakatining rivojlanish bosqichlari: retrospektiv tahlil;
4. Mamlakat milliy va iqtisodiy xavfsizligiga xalqaro migratsiyaning ta’siri;
5. O‘zbekiston iqtisodiyotida real va moliyaviy sektorning rivojlanishi hamda unda tashqi migratsiyaning o‘rni va roli;
6. O‘zbekiston mehnat migrantlari geografiyasining o‘zgarish tendensiyalari;
7. Respublika mintaqalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda mehnat migrantlarining o‘rni va roli;
8. Makroiqtisodiy jarayonlar, va unga ishchi kuchi migratsiyasining ta’siri;
9. Mamlakatda ijtimoiy soha rivojlanishi va unda ishchi kuchi resurslaridan samarali foydalanish yo‘llari;
10. Davlatning fiskal va monetar siyosati hamda unga migratsiya jarayonlarining ta’siri;

Konferensiya materiallari elektron shaklda chiqariladi. Shu munosabat bilan konferensiyaning barcha ishtirokchilaridan tezislarni 2024 yil 15 iyunga qadar tatyana.kim2229@gmail.com elektron manzili yoki o‘zbek tilidagi makolalar (+99899) 039-62-49, rus va ingliz tilidagi makolalarni (+99897) 462-30-73 va (+99890) 933-28-05 telegramm raqamlariga yuborishlaringizni so‘raymiz.

Tezislarni chiqarishga qo‘yiladigan talablar:

1. Tezislar konferensiya yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida amaliy tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim.
2. Tezislar hajmi – 5 betgacha.
3. Matn formati: MS Word, Times New Roman shrifti, 14 kegel kattalikda bo‘lishi kerak. Satrlar oralig‘i 1,5 interval. Chegara o‘lchovlari: yuqori va quyi – 2 sm, chap tomon – 2 sm, o‘ng tomon – 2 sm. Matn boshlanishida 1 sm abzas tashlanadi, satr kengligi bo‘yicha formatlanadi.
4. Rasm va jadvallar nomlanishi arab raqamlari bilan belgilanishi (1-rasm, 1- jadval va h.k.), maqola matnida ularga havola etish lozim; jadvallar ichidagi yozuvlar 12 kegl bo‘lishi kerak. Foydalanilgan adabiyotlarga matnda havola beriladi.
5. Maqola matni quyidagi tartibda rasmiylashtiriladi: – muallif (hammualiflar)ning familiyasi, ismi-sharifi (ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, ish joyi, lavozimi, telefon raqami, ye-mail) konferensiya yo‘nalishi raqami; – maqola nomi katta harflar bilan 14 keglda va o‘rta qismiga joylashtiriladi.

Yuqorida ko‘rsatilgan rasmiylashtirish talablariga javob bermaydigan, konferensiya mavzusiga aloqador bo‘lmagan maqola va tezislar qabul qilinmaydi.
• Maqola/tezislar ilgari nashr etilmagan bo‘lishi shart. Barcha maqolalar ko‘rib chiqiladi va antiplagiat dasturi orqali tekshiriladi hamda ijobiy o‘tgan ishlar nashrga tavsiya etiladi.
• Har bir muallif bir vaqtning o‘zida yakka va hammualliflikda tezis bilan qatnashishi mumkin.

KONFЕRЕNSIYAGA TAQDIM QILINGAN MAQOLALAR UCHUN TO‘LOV QILINMAYDI
Mas’ul shaxslar:
1. Eshmirzayev F.I- (+99899) 039-62-49;
2. Razakova B.S.- (+99897) 462-30-73;
3. Kim T.V.- (+99890) 933-28-05