Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Falsafa va mantiq kafedrasi

Madayeva Shahnoza- Kafedra mudiri

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

+998 71 246-52-44

 sh.madaeva@nuu.uz


Kafedra tarixi va asosiy faoliyati

Kafedraning ilmiy salohiyati 2018-2019 o‘quv yilida 93%ni va 2019-2020 o‘quv yilida asosiy shtat birligida 16 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib borgan. Shundan, 3 nafar fan doktori (DSc), 11 nafar fan nomzodi (PhD), yosh mutaxassislarni ishga qabul qilish hisobiga ilmiy salohiyat 88%ni tashkil etgan, 2021 yilda ilmiy salohiyat 93,3%ni tashkil etmoqda.

Kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan o‘quv metodik ishlanmalarga oxirgi ikki yilda patent olingan. Jumladan:

kafedra dos.v.b. X.Toshov, dos.v.b.T.Hojiev tomonidan “Inglizcha – o‘zbekcha lug‘at” (brayl bo‘yicha)” jamlangan asariga O‘zbekiston respublikasi  Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi “Intellektual mulk konsultativ markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan №001664 Guvoxnoma  (mualliflik huquqini himoya qilish (patent) mualliflik huquqi) berilgan.

kafedra Prof.v.b.D.Fayzixo‘jaeva, dos.v.b.X.Toshev, dos.v.b.T.Hojiev “mantiq” elektron o‘quv qo‘llanmasi uchun O‘zbekiston respublikasi  Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi “Intellektual mulk konsultativ markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan № DGU 08749 Guvoxnoma (mualliflik huquqini himoya qilish (patent) mualliflik huquqi) berilgan.

Kafedrada 2015-2017 yillar davomida prof. G.M.Ro‘zmatova rahbarligida “ITD-1.Jamiyatni ma’naviy-axloqiy va madaniy rivojlanishi, ma’naviy qadriyatlar, milliy g‘oya, madaniy meros, o‘zbek xalqi va davlatchilik tarixini hamda ta’limning uzviylik va uzluksizligini, barkamol avlod tarbiyasini tadqiq etish” mavzusidagi davlat dasturi buyurtmasiga binoan, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazida “A-1-133+(A-1-132) Falsafa tarixini o‘rganish asosida yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mexanizmini tadqiq etish” amaliy loyihasi (2015-2017 yillar) buyicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan.

Kafedrada ITD dasturlari bilan ishlash 2021-2022 yillarda ham davom etmoqda. “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlarining elektron transditsiplinar platformasini yaratish” mavzuidagi loyiha “Olima”granti doirasida 2021-2022 yillar uchun moliyalashtirilgan.

Kafedra 2021-2022 yillar davomida Erazmus Mundusning KA dasturi bo‘yicha Yevropaning bir qator universitetlari bilan hamkorlikda falsafa sohasida mutaxassislar almashinuvi bo‘yicha halqaro dasturda ishtirok etmoqda. 

Oxirgi uch yilda kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan mahalliy jurnallarda 30ta, xalqaro ilmiy jurnalda 4ta, impakt-faktorli jurnallarda 6ta, Scopus nashrlarida  17ta maqolalar nashr etilgan.

2019 yil 28-31 yanvar kunlari O‘zR BIMM va British Counsil tomondan hamkorlikda xalqaro ekspertlar ishtirokida tashkil etilgan “Oliy ta’lim va akademik institutlar rahbar ayollari treningi”  da malaka oshirdi.

2020-yil 20-yanvardan 20-fevralgacha kafedra mudiri, professor Sh.O.Madaeva O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan Ispaniyaning Madrid shahrida malaka oshirib qaytdi.

2019 yil deekabr oyida Kafedra dos.v.b. X.Toshov Yoshlar Ittifoqining ilm-fan yo‘nalishi bo‘yicha birinchi darajali mukofotini oldi.


Kafedrada o‘qitiladigan fanlar, bakalavr va magistratura uchun alohida ko‘rinishda

Fan nomiFan haqida qisqacha ma’lumot
Bakalavriat
 Falsafa tarixitalabalarga falsafiy fikrning paydo bo‘lishi va rivojlanish tendensiyalari, falsafiy oqimlar va maktablarning ijtimoiy hayotdagi o‘rni, dunyoqarashning falsafiy–tarixiy asoslari bilan tanishtirishdan hamda shu orqali ularning ongiga falsafiy qadriyatlar va milliy g‘oya mazmunini singdirishga qaratilgan
 Mantik tarixi va nazariyasitalabalarga mantiq ilmining zaruriy ma’lumotlari majmuasi bilan, shuningdek mantiqiy ta’limotlarning mohiyati, tadqiqot ob’ektlari, usullari bilan tanishtirish va ularga mantiq ilmining rivojlanish qonuniyatlari haqida  nazariy va amaliy bilimlarni o‘rgatish, hamda ularni amaliyotga tatbiq qilish, argumentlashning shaxs ishonch-e’tiqodini shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyati, argumentlashga turli yondashuvlarning mohiyati va argumentlash nazariyasining zamonaviy konsepsiyalarini  o‘rgatish orqali  talabalarning intellektual potensialini oshirish, kasbiy tayyorgarligini kuchaytirish, muloqot qilish malakasini takomillashtirishga qaratilgan
 Sharq tili (arab, fors tili): Shundan:  (Arab tili)talabalarga tarixiy manbalarning asl nusxalari, xususan, o‘rta asrlarda yaratilgan falsafiy, tarixiy, tabiiy fanlarga  oid qo‘lyozma asarlarni o‘qishni va ular ustida ilmiy tadqiqotlar olib borishga o‘rgatish
 Falsafiy antropologiyatalabalarda, jamiyatda inson egallagan o‘rni, uning moxiyati va kelib chiqishi, madaniyat va sivilizatsiyaning  shakllanishiga va rivojlanishiga doir  bilim, kunikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
 Ijtimoiy falsafatalabalarga  jamiyat, inson, ijtimoiy taraqqiyot tamoyillari, ijtimoiy qadriyatlarning ustuvorligi, ijtimoiy barqarorlik, ijtimoiy normalar va ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy integratsiya jarayonlarining mintaqaviy xususiyatlari, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati barpo etishning o‘ziga xos xususiyatlari, imkoniyat va istiqbollari to‘g‘risidagi ilmiy, nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishga qaratilgan
 Falsafani o‘qitish metodikasitalabalarda falsafadan ma’ruzalar o‘qish, seminar mashg‘ulotlar o‘tkazish, ularning kelajakda mustaqil falsafiy amaliyot va ilmiy ijod bilan shug‘ullana olishlari uchun chuqur bilim berish va ulardan foydalanish madaniyatini shakllantirishdan iborat
 Sharq falsafasi fenemenologiyasifalsafiy dunyoqarashini boyitish, xususan ularga milliy va umuminsoniy falsafiy qadriyatlarni o‘zlashtirishga yordam berish va jamiyat hayotida talabaning o‘rnini, o‘zligini anglatishdan iborat.
 Markaziy Osiyo xalklari falsafasiMazkur fanning o‘qitilishidan maqsad talabalarga Markaziy Osiyo xalqlari falsafasining butun jahon falsafiy fikrlar taraqqiyotidagi o‘rni va rolini anglatish, rivojlanish va shakllanish qonuniyatlarini tushuntirish, ushbu soha bo‘yicha ilmiy qarishlari tizimini hosil qilishdir. Ushbu maqsadni amalga oshirilishida talabalarda  birinchi manbalardan foydalanish, ilg‘or olimlar tadqiqotlari va mazkur fan manbalarini o‘rganish bo‘yicha shakllangan maktablarning ilmiy materiallarini mafkura, madaniyat va fan taraqqiyoti nuqtai nazaridan tahlil eta olish malakasi hosil qilinadi.
 Texnika va texnologiyalar tarakkiyoti falsafasijamiyat taraqqiyotida axborot, axborotlashuv va axborot texnologiyalarining o‘rni, axborotlashuvning ijtimoiy taraqqiyot mexanizmi sifatidagi tahlili, bu sohadagi mavjud muammolar va istiqboldagi vazifalari haqida bilim egallashdan iborat.
 Madaniy antrapologiyaMadaniy antropologiya fani doirasida talabalarga insonni madaniyat va jamiyatdagi yaratuvchanlik rolini o‘rganish, madaniy taraqqiyot, madaniy xilma-xillik  omillarini tahlil qilish.
 Qadriyatlar  falsafasitalabalarda umuminsoniy va milliy qadriyatlarini hamda O‘zbekistonda shakllanayotgan demokratik jamiyatning negizini tashkil etadigan moddiy va ma’naviy qadriyatlarni his etish, ular haqida chuqur bilimga ega bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish
 Tabiatshunoslikning zamonaviy konsepsiyalaritalabalarda o‘zlari yashayotgan dunyoning ontologik mazmunini o‘rganish va bilish, tabiat rivojining ilmiy dalillari asosida dunyoning yangi ilmiy manzarasi haqida yaxlit bilim egallashga yo‘naltirilgan.
Magistratura
 Zamonaviy falsafaning ontologik muammolarimagistrlarda zamonaviy ontologiyaning asosiy muammolari, olamni ontologizatsiyalash bo‘yicha yondashuvlarni, zamonaviy ontologiyaning tushunchalar va ta’limotlar, falsafa tarixida borliq muammosini, ontologiyaning yangi modellarini, borliqqa nisbatan sinergetik yondashuvlarni va qadriyatlar ontologiyasini o‘rgatish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.
 Islom ilohiyotshunosligi tarixi va falsafasiMarkaziy Osiyodagi tasavvuf tariqatlarining ijtimoiy-falsafiy fikr rivojidagi o‘rni va  ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatini o‘rganish, falsafa sohasidagi vorisiylikni o‘rganish, mutasavvif olimlarning asarlarini birinchi manba sifatida o‘rganish orqali magistrlarda falsafiy tafakkurlash, analitik fikr yuritish qobiliyatini yuksaltirish, ularda olingan bilimlariga asoslanib, ilmiy-ijodiy fikrlash, maqolalar yozish  malakasini xosil qilish.
 Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari  ijtimoiy-falsafiy fikrlari  (VIII-XVIII asrlar)tasavvuf falsafasidagi ontologik, gnoseologik va ahloqiy g‘oyalarning mohiyatini taxlil qilish, yo‘nalishlarini ko‘rsatish va uning Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari ijtimoiy-falsafiy fikrlarida insonparvarlik g‘oyalarining namoyon bo‘lishiga ta’sirini o‘rganish orqali magistratura talabalarining falsafiy bilimlarini mukammallashtirishdir
 Qadimgi va antik falsafa ontologiyasitalabalarning Qadimgi dunyo falsafasida borliq masalalarini chuqur o‘rganishiga va shu asosda falsafa tarixining shakllanishi xamda rivojining ilk davrlari to‘g‘risida mukammal ilmga ega bo‘lishiga erishish
 Falsafa tarixi metodologiyasi“Falsafa tarixi metodologiyasi”  fanini magistratura yo‘nalishlariga o‘tishdan maqsad Fanning dolzarbligi talabalarda falsafiy-tarixiy tadqiqotlarni olib borishning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, falsafiy matnlarni o‘rganish, tahlil qilish va germenevtik talqin qilish hamda tushunish metodologiyasini qo‘llash bo‘yicha qobiliyatlarni rivojlantirish zarurligi bilan belgilanadi.
 Zamonaviy g‘arb falsafasining dolzarb muammolaritalaba-yoshlar tafakkurida hozirgi zamon G‘arb falsafasi mutafakkirlari fikrlarini o‘rganib, ularga nisbatan tanqidiy munosabatni shakllantirish, falsafa tarixini bilish shaxs dunyoqarashida tutgan o‘rnini ilmiy nuqtai nazardan tushuntirish va hozirgi zamon G‘arb falsafasining umuminsoniylik, tarixiylik va mantiqiylik xususiyatlarini tahlil etish va ma’naviyat tizimidagi ahamiyatini tushuntirishdan iborat.
 Falsafiy komparativistika“Falsafiy komparativistika” kursida ko‘riladigan masalalarning bugungi kunimiz uchun ahamiyatga egaligini, falsafiy tafakkur madaniyatini o‘stirish, hozirgi zamon ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash bilan belgilanadi.
 Argumentlash va kommunikatsiyaNutqni argumentativ taxlil qilishning asoiy prinsiplari va normalari bilan tanishtirish orqali ularni dialogning barcha ko‘rinishlarini samarali olib borishga, suhbatdoshining nuqtai nazarini o‘zgartirish vositalarini unumli qo‘llashga o‘rgatish. Nutqni argumentativ taxlil qilishning asoiy prinsiplari va normalari bilan tanishtirish orqali ularni dialogning barcha ko‘rinishlarini samarali olib borishga, suhbatdoshining nuqtai nazarini o‘zgartirish vositalarini unumli qo‘llashga o‘rgatish.
 Tizimli tahlil“Tizimli tahlil” fanini magistratura yo‘nalishlariga o‘tishdan maqsad bugungi kadrlarga qo‘yilayotgan kompetensiya talablari va mezonlarining kengayishi (o‘zgarishi), shuningdek ish beruvchining talabalariga adekvat javob beroladigan  mutaxasislarni tayyorlash zaruriyati bilan chambarchas bog‘liq. Ayniqsa, hozirgi murakkab davrda, ya’ni noaniq, xaotik, axborot oqimining jadallashuvi, beqarorlik, nochiziqli sharoitlarda  ijtimoiy hayotdagi tizimli muammolarni tizimli yechishda fanlararo sohasidagi o‘zaro kesimida vujudga kelayotgan dolzarb muammolarni tushunish, yoshlarni ilmiy-metodologik bilimlar bilan qurollantirish zarurligi bilan belgilanadi.
 Evroosiyo falsafasi“Evroosiyo falsafasi” fani talaba yoshlarning falsafiy dunyoqarashini boyitish, xususan ularga milliy va umuminsoniy falsafiy qadriyatlarni o‘zlashtirishga yordam beradi hamda fanning nazariy xulosalaridan jamiyatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish yo‘lida olib borilayotgan ishlarda foydalanishga xizmat qiladi. Ushbu kursning asosiy maqsadi  jaxon falsafasi tarixida Yovroosiyo falsafasining o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatish, yoshlarni ilmiy-metodologik bilimlar bilan qurollantirish zarurligi bilan belgilanadi.
 Uyg‘onish va yangi davr gumanizm falsafasi transformatsiyasi“Uyg‘onish va Yangi davr gumanizm falsafasining transformatsiyasi” fanining dolzarb muammolari va hozirgi zamonda falsafa tarixiga munosabat haqida chuqur bilim olishdan iborat. Xristianlikni va gumanizmni shakllanishi va uning Uyg‘onish va Yangi davri G‘arb falsafasi an’analariga ta’siri, undagi antik davr falsafasini qayta tiklash masalalari, skeptitsizmga qaytish va bu ta’limotlarning keyingi taraqqiyotga ko‘rsatgan ta’sirini yoritishdan iborat.

Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida

  Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.ShIlmiy darajasi, unvoni  Dissertatsiya ishi mavzusi
1.09.00.03 – Falsafa tarixi ixtisosligi bo‘yicha 2-bosqich tayanch doktoranturada (PhD) Xujaev DavronYo‘q“Alisher Navoiy ta’limotida adolat tushunchasining ijtimoiy-falsafiy tamoyillari”
2.09.00.03 – Falsafa tarixi ixtisosligi bo‘yicha 2-bosqich tayanch doktoranturada (PhD) Saidmurodov JobirYo‘q“Gegel falsafasida taraqqiyot konsepsiyasi”
3.09.00.03 – Falsafa tarixi ixtisosligi bo‘yicha 1-bosqich tayanch doktoranturada (PhD) Raximdjanova DilnavozYo‘q“Antik davrdagi erkinlik fenomenining transformatsiyasi”
4.09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya, mantiq ixtisosligi bo‘yicha           3-bosqich tayanch doktoranturada (PhD) Juraeva NigoraYo‘q“Filosofsko-istoricheskiy analiz teorii paradigmы sivilizatsiy i yee primenenie k sovremennomu Uzbekistanu”
5.09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya, mantiq ixtisosligi bo‘yicha           1-bosqich tayanch doktoranturada (PhD) Shukurov AkmalYo‘q“Jamiyat hayoti virtuallashuvida milliy strategik yondashuv metodologiyasi”

Mahalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot

O‘zMU qoshidagi Falsafa ilmiy tadqiqot markazi, Respublika ma’naviyat – ma’rifat markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi, O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi, Sharqshunoslik ilmiy tadqiqot markazi, Toshkent Axborot texnologiyalar universiteti, Toshkent Temir yo‘llar instituti, Berdaq nomidagi Nukus Davlat universiteti, Toshkent Davlat Agrar universiteti Surxondaryo filiali, (Ijtimoiy – gumanitar kafedralari) bilan hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan va talab ehtiyojlari asosida faoliyat olib borilmoqda.


Kafedra tarkibi

Familiya ismi sharifiElektron pochta
 Madaeva Shaxnoza Omonullaevnash.madaeva@nuu.uz
 To‘xtaev Xakim Primovichh.tuhtaev@nuu.uz
 Karimov Raxmat Raxmatovichr_karimov@nuu.uz
 Kobulniyazova Gulchexra Toshpulatovnag.qobulniyozova@nuu.uz
 Fayzixo‘jaeva Dilbar Ergashevnad.fayzixodjayeva@nuu.uz
 Ro‘zimatova Gulnoza Miraxrarovnag.ruzmatova@nuu.uz
 Yokubova  Mavluda Iskandarovnam.yoqubova@nuu.uz
 Tulyaganova Muxayyo Kutumbekovnam.tulaganova@nuu.uz
 Toshov Xurshid Ilxomovichx.toshov@nuu.uz
 Majidova Oysafar Umarovnao.majidova@nuu.uz
 Odinaeva Zebiniso Ibroximovnaz.odinayeva@nuu.uz
 Amirov Azamat Odil o‘g‘lia.amirov@nuu.uz
 Bekbaev Rauf Rustamovichr.bekbayev@nuu.uz
 Stepanova Olga Ivanovnao.stepanova@nuu.uz
 Maxmudova Guli Tilavovnag.maxmudova@nuu.uz
 Shukurov Akmal Sharofovicha_shukurov@nuu.uz
 Djuraeva Nigora Avazovnad.xujayev@nuu.uz
 Xo‘jaev Davron Nuritdinovichn.djurayeva@nuu.uz
 Foziliya Mahliyo O‘roqboy qizim_fozilova@nuu.uz
 Tursunalieva Muslimabonu Abduvosit qizim.tursunaliyeva@nuu.uz

To‘garaklar

Kafedrada muntazam ravishda metodologik seminar va “Epistema” hamda “Maevtika” ilmiy to‘garagi ko‘p yillardan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.