Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Farobiy tavalludining 1155 yilligiga munosabati bilan Xalqaro forum bo‘lib o‘tdi

Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universitetida o‘tkazilgan xalqaro forumda O‘zbekiston Milliy universitetidan Ijtimoiy fanlar fakulteti Falsafa kafedrasi pofessori, falsafa fanlari doktori Niginaxon Shermuxamedova, Huquqiy fanlar kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari doktori (DSc) Jaloliddin Yusupov hamda tayanch doktorant O‘lmasbek Sharopovlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad al-Farobiyning boy merosi orqali zamonaviy jamiyat taraqqiyotining ma’naviy, tarixiy va falsafiy asoslarini tushuntirish, mutafakkir merosini o‘rganayotgan mamlakatimiz va xorijiy olimlarni birlashtirish, jahonning yetakchi olimlari o‘rtasida yangi muloqot va hamkorlik platformasini yaratishdan iborat.

Forumda uzoq va yaqin xorij davlatlari O‘zbekiston, AQSh, Rossiya, Italiya, Qirg‘iziston, Turkiya, Ozarbayjon, Suriya, Misr, Erondan 100 dan ortiq universitet olimlari ishtirok etmoqda.

Tadbir “Al-Farobiy merosi insoniyat tarixida” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bilan boshlandi. Uni boshqaruv raisi o‘rinbosari –QozMU birinchi prorektori Erkin Duysenov ochdi. Mamlakatimiz olimlarining fundamental izlanishlari tufayli Abu Nasr Farobiy nomi madaniy timsolga, uning turkiy madaniyat va ma’naviyatga asoslangan merosi qozoq madaniyati va milliy g‘ururimiz manbaiga aylandi, – dedi birinchi prorektor.

Konferensiya ochilishida faxriy mehmonlar ham so‘zga chiqdilar: Turkiya Respublikasining Olmota shahridagi Bosh konsulligining ta’lim bo‘yicha maslahatchisi Ayxan Korkmaz, Saudiya Arabistonining Qozog‘iston Respublikasidagi elchisi o‘rinbosari Solih Albedah, Eron Islom Respublikasining Olmota shahridagi Madaniy vakolatxonasi direktori Husayn Agazoda, Suriyaning Qozog‘istondagi faxriy konsuli Derek Sami va boshqalar.

Yalpi majlis doirasida taniqli olimlar – Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti falsafa kafedrasi professori, falsafa fanlari doktori, Al-Farobiy markazi ilmiy maslahatchisi Jakipbek Altayev, Rudniy universiteti gumanitar va ijtimoiy fanlar fakulteti falsafa tarixi kafedrasi mudiri, falsafa fanlari doktori, professor, arab-musulmon falsafasi bo‘yicha mutaxassis, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Nur Karibayev (Rossiya), Qozog‘iston Milliy Fanlar akademiyasi muxbir a’zosi, falsafa fanlari doktori, professor, Qozog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Falsafa, siyosatshunoslik va dinshunoslik instituti bosh ilmiy xodimi Natalya Seytaxmetova (Qozog‘iston) va boshqalar zamonaviy forobiyshunoslikning dolzarb mavzulari bo‘yicha ma’ruzalar qildi. Konferensiya ishi sho‘ba majlislarida davom ettirildi.

Xalqaro forumda O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Falsafa kafedrasi pofessori Niginaxon Shermuxamedova “Al Farobiy” nomidagi oltin medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, “Huquqiy fanlar” kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari doktori (DSc) Jaloliddin Yusubov va tayanch doktorant O‘lmasbek Sharopov universitet tayanch doktorantlari, magistrlari va talabalariga dars mashg‘uloti olib bordilar va maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.

Forum doirasida Turkiy xalqlar falsafa jamiyati Qozog‘iston qo‘mitasining II yig‘ilishi, kitoblar taqdimoti, “Tarjimonlik sivilizatsiyasi fenomeni: al-Farobiy va turkiy olimlar merosi asosida” xalqaro ilmiy konferensiyasi, “Falsafiy terminologiyaning shakllanishida al-Forobiyning o‘rni: falsafa tili” mavzusidagi munozara maydoni va boshqa tadbirlar o‘tkazildi.