Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan, Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Inom Urishevich Madjidov “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi.
Ushbu yuksak unvon bilan Inom Urishevichni ko‘p ming sonli O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi nomidan samimiy tabriklab, ularga sihat-salomatlik, kuch-quvvat, mas’uliyatli va sharafli faoliyatlariga cheksiz muvaffaqiyat tilaymiz.
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish, sohada islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga etkazish, farzandlarimizni Vatanga mehr va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi katta xizmatlari, ibratli faoliyatlarini yuksak qadrlaymiz.
Hurmat bilan,
O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi