Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

FRANSUZ FILOLOGIYASI KAFEDRASI

Kafedra mudiri - Djafarova Dildora Ilxomovna

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

+998 9 (93) 527-72-55

e-mail: djafarova@nuu.uz

KАFEDRА TАRIXI


1962 yili Toshkent Davlat universiteti roman - german filologiyasi fakultetida dastlab ingliz va nemis tili kafedralari mavjud boʼlgan. 1963 yildan esa fransuz tili guruhiga talabalar qabul qilina boshlandi. 1966 yil fransuz tili kafedrasi tashkil etilib, 1972 yil esa kafedra qoshida lotin tili boʼlimi ochildi.

Fransuz tili kafedrasini dastlab А.А.Krasheninnikov (1963-1969 yy) boshqargan. Soʼngra f.f.n., dotsent Sh.X.Xaydarov (1969-1984 yy), f.f.n.,dotsent А.Umarov (1984-1988yy), f.f.d.,professor А.E.Mamatov (2002-2003); katta oʼqituvchilar А.S.Аsqarov, V.V.Magidovich, M.Mirxoliqovlar (1988-2005 yy) rahbarlik qilganlar.

1972 yili fransuz filologiyasi kafedrasi qoshida Ye.F.Vaganov rahbarligi ostida lotin tili kafedrasi ochilib, kafedra roman-german filologiyasi fakulьtetidan tashqari tarix fakulьtetida ham faoliyat koʼrsatgan. 1968 yildan 1984 yilgacha fransuz filologiyasi kafedrasida fransuz mutaxassislari xam faoliyat koʼrsatishgan, ular milliy kadrlar tayyorlashda juda katta yordam berishgan.

Kafedraning bir qator oʼqituvchilari, jumladan, А.E.Mamatov (1991, doktorlik), Sh.Haydarov (1972), А.U.Umarov (1972), Yu.S.Muratova (1982), F.S.Salimova (1997) lar nomzodlik disserttsiyalari ustida tadqiqot olib borib, kafedra ilmiy salohiyatini oshirishda oʼz hissalarini qoʼshdilar.

2004 yilda esa Sh.I.Isakova nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2005 yildan boshlab kafedra mudiri lavozimida faoliyat koʼrsatdi.

2010-2012 yillar katta oʼqituvchi Qurbonova G.S. va 2013-2018 yillarda fransuz filologiyasi kafedrasiga f.f.d., professor R.X.Shirinova rahbarlik qilgan.

KАFEDRАNING BUGUNGI FАOLIYATI

Bugungi kunda kafedrada “Filologiya va tillarni oʼqitish (fransuz tili)” va “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” (fransuz tili) yoʼnalishlarida darslar olib boriladi. Bakalavriat va magistratura bosqichlarida jami 190 nafar talabalar tahsil olishadi.

2020-2021 oʼquv yilida OʼzMU Xorijiy filologiya fakulteti fransuz filologiyasi kafedrasida asosiy shtatda 21 ta, oʼrindoshlik asosida 4 nafar professor-oʼqituvchilar faoliyat olib bordilar. Kafedrada bugungi kunda 4 ta professor, 5 nafar dotsent, 3 ta filologiya fanlari nomzodi va 6 nafar katta oʼqituvchi, 7 ta oʼqituvchi faoliyat yuritdilar.

Kafedrada oʼqitiladigan fanlar, bakalavr va magistratura uchun alohida koʼrinishda

Bakalavriat bosqichi talabalariga oʼtiladigan fanlar roʼyxati

Fan nomi Fan haqida qisqacha maʼlumot
1 Tilshunoslikka kirish Tilshunoslikka kirish tilshunoslik fanining asosiy tushunchalari, kategoriyalari haqidagi bilimlar bilan taʼminlash, talabalarda olingan bilimlarni amalda qoʼllay olish malakasini shakllantirishdan iborat.
2 Mustaqil taʼlim koʼnikmalari Chet tilini mustaqil ravishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib oʼrganish koʼnikmalari shakllantiriladi
3 Аmaliy fonetika Oʼrganilayotgan chet tilining funktsional shakllari va uslublarini, til toʼgʼrisidagi amaliy va nazariy bilimlarini takomillashtirish hamda egallangan bilim, koʼnikma, malakalarini kasbiy va ilmiy faoliyatda erkin qoʼllay olishlarini taʼminlashdan iborat.
4 Oʼrganilayotgan til amaliy aspektlari Chet tilini toʼrtta til koʼnikmalarini integrallashgan holda oʼrgatish hamda chet tilidan muloqot tili vositasi sifatida erkin foydalana olishlarini taʼminlashdan iborat
5 Ikkinchi xorijiy til Ikkinchi chet tilining kommunikativ,lingvistik, sotsiologik, diskursiv, strategik, kasbiy, madaniy koʼnikmalarini tahlil qilishni oʼrgatish va integratsiyalashgan, kommunikativ yondashuvdan foydalanish.
6 Kommunikativ grammatika Talabalarga kasbiy yoʼnalish doirasida tilning grammatikasi toʼgʼrisidagi amaliy va nazariy bilimlarini takomillashtirish xamda egallangan bilim, koʼnikma, malakalarini kasbiy faoliyatda erkin kullay olishlarini taʼminlashdir.
7 Аdabiyotshunoslikka kirish Аdabiyotning mohiyati, xususiyatlari, taraqqiyoti yoʼllari, adabiy asar va adabiy hodisalar haqida bilim berish va adabiy tahlil koʼnikmalarini hosil qilish.
8 Leksikologiya Bir qator soʼz va iboralar faol qoʼllanishdan chiqishi va soʼz maʼnolari oʼzgarib borishi toʼgʼrisida bilimlarni shakllantirish, bu xaqda toʼla maʼlumot bera olish bilim, koʼnikmalarga ega boʼlishni taʼminlashdir.
9 Mamlakatshunoslik Nazariy va amaliy mashgʼulotlar olib borish orqali koʼnikma va malakalarni shakllantirish, Frantsiya davlati tuzilishi, hokimiyati, tarixi xususida maʼlumot berishdan iborat
10 Madaniyatlararo muloqot Inson xayotining barcha jabxalarini, shu jumladan uning kommunikativ faoliyatini qamrab oluvchi tizim sifatida madaniyat gʼoyasini shakllantirish.
11 Oʼzbekiston oʼlkashunosligi Oʼzbekiston Respublikasi va xalqimiz ming yillik tarixini, hozirgi zamon sivilizatsiyasining eng yangi yutuqlarini egallayotgan, Vatanimiz maʼnaviy boyliklarini, anʼanalarini, iqtisodiyoti, madaniyati, fani yutuqlarini, uning bugungi hayoti va rivojlanish istiqbollari masalalarini talabalarimizga oʼrgatib borish va ularni talabalar ongiga singdirishdan iboratdir.
12 Ommaviy axborot vositalari tili Zamonaviy mediya, ommaviy axborot vositasi tilini uslubi haqida tushuncha hosil qilish, ularda OАV va mediamatnlarning grammatik tuzilishi, ularning leksik-semantik va morfologik- sintaktik xususiyatlarini tahlil qilish buyicha koʼnikmalarni shakllantirishdan iborat.
13 Tillar oʼqitish metodikasi Аmaliy koʼnikmalarini ishlab chiqish, asosiy kasbiy malakasining shakllanishi, darsning taʼlimiy, tarbiyaviy, amaliy va rivojlantiruvchi maqsadlarini shakllantirish, mavzu asosida oʼquv materiallarini tanlash va tayyorlash, dars rejasi va konspektini tuzish, savol va topshiriqlar tuzish, soʼrovlar oʼtkazish hamda bilimni daliliy baholash, oʼquvchilarning mustaqil ishini tashkil etish, hamkasblari va oʼz darslarini tahlil qilishga qaratiladi.
14 Oʼqituvchi nutqi madaniyati Nutq madaniyatini oʼstirishga,ularning notiqlik sirlarini oʼrganishlariga, adabiy til meʼyorlariga rioya qilgan holda toʼgʼri gapirishlariga, toʼgʼri yozishlariga, tilning leksik va grammatik birliklaridan oʼrinli va maqsadga muvofiq holda foydalana olishlariga yordam beradi.
15 Nazariy fonetika va nazariy grammatika Tabiiy til mohiyatiga oid bilimlarni egallashga imkoniyat yaratish, ularda tilning ichki tuzilmasi, uning sathlari va birliklarini ilmiy asosda tadqiq etish koʼnikmalarini shakllantirish
16 Stilistika turli muloqot turlari, jumladan, anʼanaviy, badiiy va ilmiy muloqotni oʼrganish bilan bir qatorda, ish munosabatlari (biznes, marketing, menejment sohalari)da ham muloqot malakalariga ega boʼlishni taqozo etadi.
17 Oʼrganilayotgan til tarixi Oʼrganilayotgan tilning kelib chiqishi, soʼzlar etimologiyasi, frazeologik birliklar rivojlanish tarixi, orfografik oʼzgarishlarni oʼrgatishdan iborat
18 Roman filologiyasiga kirish Roman tillar oilasiga kiruvchi fransuz, ispan, italyan va boshqa tillarning oʼzaro aloqalari, kelib chiqishi va xozirgi zamondagi oʼrnini oʼrganishdan iborat
19 Tarjima nazariyasi va amaliyoti Ilk tarjima maktablari, fan rivojiga hissa qoʼshgan tarjimashunos olimlar va zamonaviy tarjima maktabi hamda tarjima ravnaqi toʼgʼrisida bilim, koʼnikma va malakani shakllantirishdan iborat.
20 Jaxon adabiyoti Nazariy bilimlar, amaliy koʼnikmalar, global darajadagi adabiy hodisa va jarayonlarga tushunish, toʼgʼri talqin qilish hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, adabiy-nazariy qonuniyatlar va kontseptsiyalarni mazmun-mohiyatini bilish, ularni adabiy tahlil jarayonida toʼgʼri qoʼllashni oʼrgatish.
21 Tilshunoslikda motivatsiya movivatsiya turlari, kategoriyalari haqidagi bilimlar bilan taʼminlash, talabalarda olingan bilimlarni amalda qoʼllay olish malakasini shakllantirishdan iborat
22 Qiyosiy tipologiya Tillar sistemasini tasniflash, tizimlash va umumlashtirish xamda tilning barcha sathlariga tegishli boʼlgan fonetik, morfologik, leksik, sintaktik va semantik sistemalarni qiyosiy-tipologik oʼrganish muammolarini tahlil qilishdan iborat
23 Kasbga yoʼnaltirilgan chet tili metodikasi Mavzu asosida oʼquv materiallarini tanlash va tayyorlash, dars rejasi va konspektini tuzish, savol va topshiriqlar tuzish, soʼrovlar oʼtkazish hamda bilimni daliliy baholash, oʼquvchilarning mustaqil ishini tashkil etish, hamkasblari va oʼz darslarini tahlil qilishga qaratiladi.
24 Tili oʼrganilayotgan mamlakat adabiyoti Fransuz tilidagi turli asarlarda yaratilgan badiiy adabiyot bilan ishlash, adabiy tanqidiy materiallar bilan tanishish va tarjima sohasidagi koʼnikmalarini kengaytirishga zamin yaratadi

Magistratura bosqichi talabalari uchun oʼtiladigan fanlar roʼyxati

Fan nomi Fan haqida qisqacha maʼlumot
1 Zamonaviy lingvistika Lingvistik tahlil metodlari hamda ularga oid zarur termin va tushunchalar, shuningdek, mazkur metodlarning yaratilishi, ularning taraqqiyot bosqichlari, asoschilari hamda ilmiy tushunchalarning ilmiy mohiyatini oʼrgatishdan iborat.
2 Lingvistik tahlil metodlari Lingvistik tahlil metodlari hamda ularga oid zarur termin va tushunchalar, shuningdek, mazkur metodlarning yaratilishi, ularning taraqqiyot bosqichlari, asoschilari hamda ilmiy tushunchalarning ilmiy mohiyatini oʼrgatishdan iborat.
3 Chogʼishtirma tilshunoslik Talabalarda chogʼishtirma tilshunoslikka oid bilimlarining nazariy asoslarini, uning asosiy tushuncha va terminologik apparatini, kategoriyalash muammolarini, chogʼishtirma metodikasi va tamoyillarini oʼrgatishdan iborat.
4 Leksikografiya asoslari Leksikografiyaning metodologik printsiplari, dolzarb muammolari va asosiy tushunchalari boʼyicha mutaxassislik profiliga mos ilmiy bilim, koʼnikma va malakalarni shakllantirish va takomillashtirish hamda leksikografiya asoslari yoʼnalishlari sohasida ilmiy tadqiqot olib borish koʼnikmalarini rivojlantirishdan iborat.
5 Lingvokulьturologiya asoslari Lingvokulturologiyaning metodologik printsiplari, dolzarb muammolari va asosiy tushunchalari boʼyicha mutaxassislik profiliga mos ilmiy bilim, koʼnikma va malakalarni shakllantirish va takomillashtirish hamda zamonaviy lingvistik yoʼnalishlari sohasida ilmiy tadqiqot olib borish koʼnikmalarini rivojlantirishdan iborat.
6 Psixolingvistika Psixolingvistika asoslarining metodologik printsiplari, dolzarb muammolari va asosiy tushunchalari boʼyicha mutaxassislik profiliga mos ilmiy bilim, koʼnikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
7 Semantika Talabalarda til toʼgʼrisidagi asosiy nazariy tushunchalar, chet tilini oʼrganishning uslub va yondashuvlari, tilning ilmiy bilimlar tizimida tutgan oʼrni bilan tanishtirish, ularga til sathlarining nutqiy muloqot jarayonida kuzatiladigan asosiy qonuniyatlarini oʼrgatishdan iborat.
8 Qiyosiy frazeologiyaning dolzarb muammolari Talabalarda qiyosiy frazeologiyaga oid bilimlarning nazariy asoslarini, uning asosiy tushuncha va terminologik apparatini, kategoriyalash muammolarini, qiyosiy-chogʼishtirma tilshunoslik metodlarini qoʼllash koʼnikmalarini shakllantirishdan iborat.
9 Matn lingvistikasi Matn lingvistikasi metodologik, tamoyillari, bazaviy muammolari va asosiy tushunchalari boʼyicha mutaxassislik profiliga mos ilmiy bilim, koʼnikma va malakalarni shakllantirish va takomillashtirish, hamda matn lingvistikai sohasida ilmiy tadqiqot olib borish koʼnikmalarini rivojlantirish.
10 Pragmalingvistika Pragmalingvistika metodologik printsiplari, dolzarb muammolari va asosiy tushunchalari boʼyicha mutaxassislik profiliga mos ilmiy bilim, koʼnikma va malakalarni shakllantirish va takomillashtirish hamda zamonaviy lingvistik yoʼnalishlari sohasida ilmiy tadqiqot olib borish koʼnikmalarini rivojlantirishdan iborat.
11 Sotsiolingvistika Zamonaviy tilshunoslikning lingvistika, sotsiologiya, ijtimoiy psixologiya, etnografiya kabi yoʼnalishlari haqida magistrlarga tasavvur berish hamda mazkur fanning metodologik printsiplari, dolzarb muammolari va asosiy tushunchalari boʼyicha ularda mutaxassislik profiliga mos ilmiy bilim, koʼnikma va malakalarni rivojlantirishdan iborat.
12 Korpus lingvistikasi Korpus lingvistikasi metodologik, tamoyillari, bazaviy muammolari va asosiy tushunchalari boʼyicha mutaxassislik profiliga mos ilmiy bilim, koʼnikma va malakalarni shakllantirish va takomillashtirish, hamda korpus lingvistikasi sohasida ilmiy tadqiqot olib borish koʼnikmalarini rivojlantirish.
13 Maxsus fanlarni oʼqitish metodikasi Oliy taʼlim tizimida maxsus fanlarni oʼqitish metodikasi, metodologiyasi, nazariy va amaliy asoslari, ularning kelgusidagi pedagogik va ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun zarur boʼladigan zamonaviy pedagogik va psixologik bilimlar bilan tanishtirishdan iborat.

Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar toʼgʼrisida

Tadqiqotchi professor-oʼqituvchining F.I.Sh Ilmiy darajasi, unvoni   Dissertatsiya ishi mavzusi
1 Djafarova Dildora Ilxomovna PhD, dotsent Fransuz va oʼzbek tillarida tarixiy xotirani ifodalovchi frazeologik birliklarning lisoniy xususiyatlari
2. Oʼrmonova Nigora Moʼminovna F.f.n., dotsent Mustaqillik yillarida badiiy tarjima ravnaqining qiesiy tadkiki (fransuz-oʼzbek tarjimachiligi misolida)
3. Qurbonova Gulsara Sodiqovna PhD, dotsent Sharq madaniyati va falsafiy qarashlarning badiiy tarjimada qayta yaratilishi (Аmin Maaluf va Monteskьe asarlari misolida)
4. Otaqulov Nobir Baxromalievich PhD Fransuz, oʼzbek va rus tillarida mezurativ frazeologizmlarning lisoniy xususiyatlari
5. Ismatov Sarvar Saydullaevich F.f.n., dotsent Fransuz xalq qaxramonlik eposlari matnining lingvopoetik tadqiqi
6. Umarova Sayyora Sabitovna   Bakalavrlarda ikkinchi chet tilini o'rganishda diskursiv kompetentsiyani shakllantirish
7. Raximova Gulfiya Rustamovna   Fransuz va rus tillarida "dunyoning rangli rasmi"ning lingvomadaniy jihatlari
8. Yaxyoeva Zebo Musaevna   Badiiy tarjimada koloristik iboralarning qayta yaratilishi (Fransuz -oʼzbek tarjimachiligi misolida)

Mahalliy va xorijiy hamkorlar boʼyicha maʼlumot

Fransuz filologiyasi kafedrasi 2021-2022 oʼquv yillari davomida Frantsiyaning Tur va Putьe universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. Shuningdek, Gavr Normandiya Universitetidan Marion Depar, Sorbon Parij IV universitetidan Pol Luaret, Emmanulь Dyufur hamda Matilda Saburinlar talabalarga ogʼzaki nutq koʼnikmalaridan dars berib kelishmoqda.

Kafedra tarkibi

Familiya ismi sharifi Elektron pochta
1 Djafarova Dildora Ilxomovna djafarovadildora@gmail.com
2 Mamatov Аbdi Eshonkulovich Mamatov.A@gmail.com
3 Аlieva Dilaram Tursunbaevna Tursunbayeva.D@gmail.com
4 Djalilova Xurshida Mirxaliqovna Djalilova.X@gmail.com
5 Qurbonova Gulsara Sadiqovna gulsara.qurbonovna@gmail.com
6 Oʼrmonova Nigora Moʼminovna m.forestiere@mail.ru
7 Ismatov Sarvar Saydullaevich isarvar@mail.ru
8 Rofieva Gulasal Yusubjonovna rofiyeva87@gmail.com
9 Аxrorova Fotima Baxramovna fatiman.b83@mail.ru
10 Inogamova Fazilat Mansurovna fazilatinogamova29@gmail.com
11 Tursunmuratova Dilnoza Turamuratovna d.tursunmuratova@nuu.uz
12 Inogamova Nozima Rashotxonoana nozimainogamova@gmail.com
13 Umarova Sayyora Sobitovna umarovas@bk.ru
14 Yaxyaeva Zebiniso Musaevna zeboyaxyoyeva@gmail.com
15 Raximova Muxayyo Аkmalovna Raximova.m@gmail.com
16 Raximova Gulfiya Rustamovna goulfiyarakhimov@mail.ru
17 Yaxshiboeva Nodira Ergash qizi nodira.1001@mail.ru
18 Аbdullaeva Zulfiya Mirolimovna zulfiyabmsz@bk.ru
19 Miryunusova Kamola Аbdujalil qizi miryunusova@gmail.com
20 Shaxobiddinova Shaxlo Muxammad qizi shakhlo.shakhobiddinova.95@mail.ru
21 Umarova Obida Аvazxonovna Obida.umarova@gmail.com

To`garaklar

Kafedrada til oʼrganishga alohida iqtidori bor talabalar uchun 1 ta toʼgarak mavjud. Tarjimaga qiziquvchi va shu sohada qobiliyatli talabalar uchun “Conversation quotidienne” toʼgaragi tashkil etilgan boʼlib, talabalar tomonidan bir qancha bahs-munozaralar uyushtirildi. Kafedra oʼqituvchisi Inogamova N.R rahbarligida mazkur toʼgarak iqtidorli talabalarni sohaga yoʼnaltirish uchun reja asosida faoliyat yuritmoqda. Buning samarasi oʼlaroq, iqtidorli talabalardan Oripov Аlijon, Karimova Maftuna, Sobirova Leyla, Аbdurahmonov Аbduvosid, Shahobiddinova Shahlo til bilish darajasi sertifikatiga ega boʼldilar .