“Fizikada fundamental va amaliy tadqiqotlar” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi

O‘zbekiston Milliy universiteti Fizika fakultetida “Fizikada fundamental va amaliy tadqiqotlar” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiyaning ochilishida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Yoqub Ergashоv, O‘zbekiston Fiziklar Kengashi Raisi akademik Qodir Gulamov so‘zga chiqdi.

Yalpi majlisda akademik Musahanov M.M. “QCD vacuum and hadron properties”, akademik Abdullaev F.Kh. “Faraday waves in the Bose-Einstein condensate”, Belorussiya davlat universiteti Ilmiy laboratoriyasi mudiri Ksenevich V.K. “Electrical properties of amorphous SnOx films”, Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti (JINR, Rossiya) professori A.Nasirov “A new dynamical mechanism of incomplete fusion of atomic nuclei”, O‘zMU huzuridagi Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi laboratoriya mudiri  Sh.U.Yuldashev “Topological insulators for spintronics applications” mavzusida ma’ruza qildilar.

Yalpi majlis, sho‘balarga bo‘linib ishlashdan tashqari, konferensiya mehmonlari Fizika fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari ilmiy-ijodiy ishlari ko‘rgazmasini ham tomosha qilishdi.

Shuningdek, Xalqaro anjumanda Janubiy Koreya, Rossiya, Belorussiya, Latviya, Pokiston, Hindiston, Indoneziya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston singari mamlakatlardan 21 nafar xorijiy, 124 nafar mahalliy fizik olimlarning barcha sohalarida olib borilayotgan eksperiment va ilmiy tadqiqot natijalari tinglandi.

O‘zMU Axborot xizmati