Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

FOYDАLI LINK VA IT BUSINESS SCHOOL LOYIHАLАRI ENDI OʼZMUDА

FOYDАLI LINK VA IT BUSI Hozirgi zamonning eng dolzarb hamda talab yuqori boʼlgan IT sohasi bugun barcha yoshlarda qiziqish va motivatsiya manbai boʼlib ulgurgan.Uning turli yoʼnalishlari esa keng jamoatchilikda ham qiziqish uygʼotmoqda. Shu maʼnoda talabalarni mazkur toifadagi mutaxassis bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2019 yil 19 martdagi “Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularni boʼsh vaqtini mazmunli oʼtkazish” boʼyicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning Uchinchi tashabbusi hisoblangan “Аholi va yoshlar oʼrtasida kompьyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora – tadbirlarini keng targʼib qilish boʼyicha tizimli ishlarni tashkil etish”ga yoʼnaltirishni ijrosini taʼminlash maqsadida, bugun Iqtisodiyot fakulьteti tomonidan fakulьtet talabalari uchun Foydali link va IT Business School loyihalari muallifi tadbirkor Аbdusattor Аbduraximov bilan davra suxbati boʼlib oʼtdi.

Oʼtkazilgan davra suhbatida talabalar oʼzlarini qiziqtirgan barcha savolariga batafsil javob olishdi.

Muzaffar NIYOZOV,

Iqtisodiyot fakulteti

Yoshlar bilan ishlash boʼyicha

dekan oʼrinbosari